Ostona shahri rasman Nursulton deb yuritiladi
Qozog`iston Respublikasi Parlamenti palatalari qo`shma majlisida Qozog`iston poytaxtiga mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevning nomini berish to`g`risidagi qaror qabul qilindi. ”Biz hozirgina ushbu qaror loyihasini bir ovozdan tasdiqladik. Hech qanday e`tirozlar bo`lmadi. Sizdan ham uni tasdiqlashingizni so`rab qolaman... Qaror qabul qilindi”, – deya qayd etgan Parlament Majlisi raisi Nurlan Nigmatulin.
Kasim-Jomart Tokaev topshirig`iga binoan, poytaxt nomini o`zgartirish referendum o`tkazmasdan amalga oshirilgan. Endilikda Ostona shahri rasman Nursulton deya yuritiladi.
