Astana shahri aholisi million kishiga yetdi
Qozog`iston poytaxti Astana shahridagi 1-perinatal markazda
shahar aholisi soni bo’yicha millioninchi qizalog`i
dunyoga keldi. Bu haqda
Telegraf.uz sayti xabar berdi.
Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev
ushbu voqelik bilan qozoq xalqini tabrikladi. Qizaloq tug`ilgan oilaga kvartira
sovg`a qilindi.
— Bugun (2016-yil 4-iyul) Astanada millioninchi qizaloq tug`ilganini katta mamnuniyat bilan e’lon qilaman. Endi Astana bir
million aholisi bor shaharga aylandi. Barchani tabriklayman! — dedi prezident.
