Shamolli va shamolsiz orollar 

2 846

Shamolli orollar, Karib orollari — Karib dengizidagi marjon va vulkan orollari guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining Trinidad va Virginiya orollari oralig’idagi sharqiy qismi. Yirik orollari: Gvadelupa, Dominika, Martinika, Grenada, SentVinsent, SentLyusiya, Antigua va boshqalar. Umumiy maydoni 6 ming km.kv. Relyefi, asosan, tog’li, eng baland joyi 1447 m (Dominika orolida). Harakatdagi vulkanlar bor. Iklimi tropik passat, yillik yog’in 1500—2000 mm, asosan, yozda yog’adi. Tabiiy o’simliklari (doim yashil o’rmonlar va butazorlar) kam saklangan. Shakarqamish, sitrus mevalar, kofe, kakao, banan plantasiyalari bor. Yirik shaharlari: FordeFrans, PuentaPitr, BasTer, Kastri va boshqalar.
 
 
Shamolli orollarga yevropaliklardan ilk bor X.Kolumb 1493-1502 yillarda borgan. Orollar shim.sharqiy passat oqimiga nisbatan ro’para joylashganligi sababli Shamolli orollar deb nomlangan.
 
Ispaniyadagi eng kuchli shamolli orol

Shamolsiz orollar, Janubiy Antil orollari — Karib dengizidagi vulkan va marjon orollar guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining janubiy qismi. Tarkibida Aruba, Kyurasao, Bonayre, Aves va boshqa orollar bor. Maydoni 1,2 ming km.kv. Aholi, asosan, Kyurasao va Aruba orollarida yashaydi. Yirik orollar relyefi tog’li, maydalari — pasttekislik. Iqlimi tropik, yillik yog’in 500-600 mm. Doim yashil qattiq bargli o’rmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Milliy bog’lar tashkil etilgan. Sorgo, banan, batat plantasiyalari bor. Qo’y va echki boqiladi. Neft konlari topilgan.
Yirik shaharlari: Villemstad va Oranyestad. Orollarga dastlab 1499 yillarda yevropalik dengizchi sayyoxlardan A.Oxeda va A.Vespuchchi borgan. Orollar (Shamolli orollarga nisbatan) shimoliy sharqiy passat oqimiga nisbatan ters joylashganligi sababli Shamolsiz orollar deb nomlangan.
Manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.