Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha 

20 986

Ma’lumki,  geografiya eng qadimgi  fanlardan  biri  bo‘lib,  o‘rganadigan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, Tabiiy geografiyaning boshlang`ich kursida Siz geografiyaga  "Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan”  deb  berilgan  ta’rif  bilan  tanishgansiz. Keyinchalik  geografiya  fanining  o‘rganish obyekti geografik qobiq ekanligini ham bilib oldingiz.

Geografik  qobiq  sayyoramizdagi  eng  yirik  geotizim,  ya’ni  Yerning  qattiq  (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot  (biosfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan  va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan geografik  qobiq  insoniyatning  yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, tabiiy  resurslarning asosiy manbayi hisoblanadi.

Geografik  qobiq, o‘z navbatida,  bir-biri  bilan  bog‘langan  ko‘plab  katta-kichik  tabiiy  geografik  birliklarga,  ya’ni  quruqlik  va  suvlik,  materiklar  va  okeanlar, tabiiy geografik o‘lkalar,  tabiat zonalari,  provinsiyalar, tabiiy  geografik okruglar va hokazolarga bo‘linadi hamda  bularning barchasi  geograf  ya  fani  tomonidan  har  tomonlama  tadqiq etiladi.  Shuningdek, geografiya jamiyatning tarixiy rivojlanishi mobaynida paydo  bo‘lgan  hududiy  tuzilmalar  –  mamlakatlar,  viloyatlar,  shahar  va  qishloqlarni ham o‘rganadi.

Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea-hodisalarni boshqa fanlar ham o‘rganadi, lekin aynan geografiya bu obyekt va jarayonlarni o‘zaro bog‘liqlikda,  ma’lum  hudud  chegaralarida  bir  butunligicha  tadqiq  etib, hududlar va  butun Yer yuzi  haqida yaxlit kompleks ilmiy tasavvurni  shakllantiradi.  Geografiya  fan  sohasi sifatida  tarkib  topgandan  buyon,  ayniqsa,  hozirgi  davrda,  uning  uchun  tabiat  va  jamiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  masalalari  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Demak,  zamonaviy  sharoitda  geografiya – geografik  qobiq  ichidagi  tabiiy  hamda  ijtimoiy  jara  yon, hodisa va obyektlarni o‘zaro aloqadorlikda va bir butunlikda,  ma’lum makon va zamonda o‘rganadigan fan bo‘lib rivojlanib kelmoqda.

Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga  bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq, uning  komponentlari  va  Yer  yuzidagi  geotizimlarni  tadqiq etsa, ikkinchisi dunyo, uning  mintaqa  va  mamlakatlari,  shahar  va  qishloqlari  miqyosida  aholi, uning  yashash tarzi  va  madaniyati,  ishlab  chiqarish  sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi.

Geografik bilimlar qamrovi  va  hajmining  kengayishi,  fanning  ilmiy-amaliy ahamiyatining chuqurlashuvi natijasida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy  geografiya  tarkibida  bir  nechta  mohiyatan  torroq  fan  va  ilmiy-tadqiqot  yo‘nalishlari shakllandi. Jumladan, tabiiy geograf ya doirasida alohida tabiat  komponentlarini  atroflicha  o‘rganadigan  fanlar  shakllanib, mustaqil fan sifatida rivojlanmoqda: geomorfologiya (Yer yuzi relyefni o‘rganadi),  iqlimshunoslik (iqlim xususiyatlarini o‘rganadi), gidrologiya (gidrosferani  o‘rganadi, okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi),  glyatsiologiya (qor va muzliklarni tadqiq etadi), geokriologiya (ko‘p yillik muzloq  yerlarni o‘rganadi), tuproqlar  geografi yasi  (tuproqlarning  tarqalishini  o‘rganadi) va biogeografi ya (tirik organizmlarning Yer yuzida tarqalishini  o‘rganadi, geobotanika va zoogeografi yaga bo‘linadi). Sayyoraviy ahamiyatga  ega  tabiiy  geografik  jarayonlarni  va  geografik  qobiqni  bir  butun  yaxlit tizim sifatida umumiy tabiiy geografi ya o‘rganadi. Kichik hududlar  tabiatining  tuzilishi  va  xususiyatlarini  tadqiq  qiluvchi  landshaftshunoslik  fani ham  tabiiy geografik fanlar  qatorida alohida ajralib turadi. Tabiatga  inson  xo‘jalik  faoliyati  ta’sirining  kuchayishi  munosabati  bilan  vujudga  kelgan  geoekologiya  fani atrof  tabiiy muhitda ro‘y berayotgan  o‘zgarish  va ekologik muammolarni geotizimlar doirasida tadqiq etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya doirasida  ham shunga o‘xshash tarmoqlanish  jarayoni  rivojlanib  bormoqda.  Buning natijasida, aholi geografiyasi,  shaharlar geografiyasi  (geourbanistika), siyosiy geografiya (jahon siyosiy xaritasi, davlat chegaralari, siyosiy munosabat va jarayonlarni o‘rganuvchi fan), sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jaligi  geografiyasi, transport geografiyasi, turizm  geografiyasi, xizmat  ko‘rsatish sohasi  geografiyasi, etnogeografiya  (xalqlar  geograf yasi), din  geografiyasi  va  boshqa  geografik fanlar  vujudga  kelgan.  Shu  bilan  birga,  ijtimoiy-iqtisodiy  geografik fanlar ichida jahon iqtisodiyoti va xalqaro mehnat taqsimotini  o‘rganuvchi  jahon  xo‘jaligi  geografiyasi hamda dunyo mamlakatlarini har tomonlama tadqiq etadigan mamlakatshunoslik kabi keng  qamrovli fanlar ham rivojlanmoqda.

Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geograf ya hozirgi  davrda  maqsad  va  vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta  fanlardan  iborat  bo‘lgan fanlar tizimiga  aylandi. Bu fanlar tizimi  tarkibida  tabiiy  geografik va ijtimoiy (ya’ni, jamiyatni o‘rganuvchi) geografik fan guruhlari ajralib  turadi.  Shuningdek, jamiyat va tabiatning o‘zaro  munosabatlarini o‘rganish  chog‘ida  qator  umumgeografik mazmun-mohiyatga ega  fanlar ham tarkib topgan,  masalan,  tabiiy  resurslar va tabiatdan foydalanish geografiyasi, tibbiy geografiya  (turli  hududlarda  yashovchi  aholining salomatligi va kasallanishi, unga ta’sir  etuvchi  tabiiy va  ijtimoiy  omillarni o‘rganadi). Geografik fanlar tizimida  geografik  xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni o‘rganadigan kartografi ya fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega.

Geografik fanlar  turkumiga  kiruvchi  barcha  fanlar  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lib, umumiy  ilmiy va amaliy maqsadlarni ko‘zlagan holda  rivojlanmoqda. Turli geografik fanlar uyg‘unligida Yer yuzi va alohida hududlar  haqida  yaxlit  tasavvur  shakllanadi,  mamlakat va hududlar rivojlanishining  muammo  va  istiqbollari  aniqlanadi,  tabiatni  muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush  darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Geograf yani  o‘rgana  boshlagan  paytda  bu  fanning  nomi  qadimgi yunon  tilida  "Yerning tasviri”  degan  lug‘aviy  ma’no  berishini  bilib  olgansiz.  Lekin  hozirgi  davr  geograflari  turli  joylar  tabiati,  aholisi va xo‘jaligini  tasvirlash  va  tavsifl ash  bilan  cheklanib  qolmasdan, turli  tabiiy va ijtimoiy hodisalarning  vujudga  kelish  va  hududiy  tarqalish  qo nuniyatlarini  o‘rganadilar, tabiat va jamiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabat va ziddiyatlarni  atroflicha tahlil qiladilar,  dolzarb  ahamiyatli  ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar. Zamonaviy geograf ya an’anaviy tasvirlovchi mohiyatdagi "Nima? Qayerda? Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan  "Nima? Qayerda? Qancha? Nima sababdan? Qanday foydalanish kerak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?” degan savollarga  javob  topuvchi  keng  qamrovli  nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan  fanlar tizimiga aylandi.

Geografiyani o‘rgana boshlagan paytda bu fanning nomi qadimgi yunon  tilida  "Yerning tasviri” degan lug‘aviy  ma’no berishini bilib olgansiz. Lekin  hozirgi davr geograflari turli joylar  tabiati,  aholisi va xo‘jaligini  tasvirlash va tavsiflash bilan cheklanib qolmasdan, turli  tabiiy  va  ijtimoiy hodisalarning  vujudga kelish va hududiy tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat  va  ziddiyatlarni atroflicha tahlil qiladilar, dolzarb  ahamiyatli  ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar. Zamonaviy geograf ya an’anaviy tasvirlovchi mohi- yatdagi "Nima? Qayerda? Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan  "Nima? Qayerda? Qancha?  Nima sababdan? Qanday foydalanish kerak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?”  degan  savollarga  javob  topuvchi  keng  qamrovli  nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan  fanlar tizimiga aylandi.
 
Geografiya  fanining  vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi bilan o‘zgarib  bordi.  Bugungi  kunda  zamonaviy geografiyaning  oldiga qo‘ygan vazifalari  bir qancha  bo‘lib, eng asosiy vazifasi tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishdir.

Geografiya fanlarida turli ilmiy-amaliy  masalalarni  o‘rganish  jarayonida  qator tadqiqot usullaridan  foydalaniladi.  Bulardan  eng  muhimlari – ekspeditsiya, tasviriy, kartografiya, statistik, qiyosiy geografik, ra yonlashtirish  usullari. Shuningdek, borgan  sari  geografik tadqiqotlarda  matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy va geofizik kabi zamonaviy tadqiqot  usullarining  ahamiyati  hamda  qo‘llanilish qamrovi kengayib bormoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.