Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha
Ma’lumki, geografiya eng qadimgi
fanlardan biri bo‘lib,
o‘rganadigan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, Tabiiy
geografiyaning boshlang`ich kursida Siz geografiyaga "Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik
faoliyatini o‘rganuvchi fan” deb berilgan
ta’rif bilan tanishgansiz. Keyinchalik geografiya fanining
o‘rganish obyekti geografik qobiq ekanligini ham bilib oldingiz.
Geografik qobiq
sayyoramizdagi eng yirik
geotizim, ya’ni Yerning
qattiq (litosfera), suv (gidrosfera),
havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera)
qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit
tabiiy tizimdir. Aynan geografik
qobiq insoniyatning yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti,
tabiiy resurslarning asosiy manbayi
hisoblanadi.
Geografik qobiq, o‘z navbatida, bir-biri
bilan bog‘langan ko‘plab
katta-kichik tabiiy geografik
birliklarga, ya’ni quruqlik
va suvlik, materiklar
va okeanlar, tabiiy geografik o‘lkalar, tabiat zonalari, provinsiyalar, tabiiy geografik okruglar va hokazolarga bo‘linadi
hamda bularning barchasi geograf
ya fani tomonidan
har tomonlama tadqiq etiladi. Shuningdek, geografiya jamiyatning tarixiy
rivojlanishi mobaynida paydo
bo‘lgan hududiy tuzilmalar
– mamlakatlar, viloyatlar,
shahar va qishloqlarni ham o‘rganadi.
Geografik
qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea-hodisalarni boshqa fanlar ham
o‘rganadi, lekin aynan geografiya bu
obyekt va jarayonlarni o‘zaro bog‘liqlikda,
ma’lum hudud chegaralarida
bir butunligicha tadqiq
etib, hududlar va butun Yer yuzi haqida yaxlit kompleks ilmiy tasavvurni shakllantiradi. Geografiya
fan sohasi sifatida tarkib
topgandan buyon, ayniqsa,
hozirgi davrda, uning
uchun tabiat va
jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik masalalari katta
ahamiyat kasb etadi.
Demak, zamonaviy sharoitda
geografiya – geografik
qobiq ichidagi tabiiy
hamda ijtimoiy jara
yon, hodisa va obyektlarni o‘zaro aloqadorlikda va bir butunlikda, ma’lum makon va zamonda o‘rganadigan fan
bo‘lib rivojlanib kelmoqda.
Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga
bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq, uning komponentlari
va Yer yuzidagi
geotizimlarni tadqiq etsa, ikkinchisi dunyo, uning
mintaqa va mamlakatlari,
shahar va qishloqlari
miqyosida aholi, uning
yashash tarzi va
madaniyati, ishlab chiqarish
sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi.
Geografik bilimlar qamrovi va hajmining
kengayishi, fanning ilmiy-amaliy ahamiyatining chuqurlashuvi
natijasida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
geografiya tarkibida bir
nechta mohiyatan torroq
fan va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari shakllandi. Jumladan, tabiiy
geograf ya doirasida alohida tabiat
komponentlarini atroflicha o‘rganadigan
fanlar shakllanib, mustaqil fan sifatida rivojlanmoqda: geomorfologiya (Yer yuzi relyefni
o‘rganadi), iqlimshunoslik (iqlim xususiyatlarini
o‘rganadi), gidrologiya (gidrosferani
o‘rganadi, okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi), glyatsiologiya (qor
va muzliklarni tadqiq etadi), geokriologiya (ko‘p yillik muzloq yerlarni o‘rganadi), tuproqlar geografi yasi
(tuproqlarning tarqalishini o‘rganadi) va biogeografi ya (tirik
organizmlarning Yer yuzida tarqalishini
o‘rganadi, geobotanika va zoogeografi yaga bo‘linadi). Sayyoraviy ahamiyatga ega
tabiiy geografik jarayonlarni
va geografik qobiqni
bir butun yaxlit tizim sifatida umumiy tabiiy geografi
ya o‘rganadi. Kichik hududlar
tabiatining tuzilishi va
xususiyatlarini tadqiq qiluvchi
landshaftshunoslik fani ham tabiiy geografik fanlar qatorida alohida ajralib turadi.
Tabiatga inson xo‘jalik
faoliyati ta’sirining kuchayishi
munosabati bilan vujudga
kelgan geoekologiya fani atrof
tabiiy muhitda ro‘y berayotgan
o‘zgarish va ekologik muammolarni
geotizimlar doirasida tadqiq etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
geografiya doirasida ham shunga o‘xshash
tarmoqlanish jarayoni rivojlanib
bormoqda. Buning natijasida, aholi geografiyasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), siyosiy geografiya
(jahon siyosiy xaritasi, davlat chegaralari, siyosiy munosabat va jarayonlarni o‘rganuvchi fan), sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jaligi
geografiyasi, transport geografiyasi, turizm geografiyasi, xizmat
ko‘rsatish sohasi geografiyasi, etnogeografiya (xalqlar geograf yasi), din geografiyasi
va boshqa geografik fanlar vujudga
kelgan. Shu bilan
birga, ijtimoiy-iqtisodiy geografik fanlar ichida jahon iqtisodiyoti va
xalqaro mehnat taqsimotini
o‘rganuvchi jahon xo‘jaligi
geografiyasi hamda dunyo mamlakatlarini har tomonlama tadqiq etadigan mamlakatshunoslik kabi
keng qamrovli fanlar ham rivojlanmoqda.
Yuqoridagilardan
xulosa chiqarib aytish mumkinki, geograf
ya hozirgi davrda maqsad
va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan
iborat bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida
tabiiy geografik va ijtimoiy (ya’ni, jamiyatni o‘rganuvchi) geografik fan guruhlari ajralib turadi.
Shuningdek, jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish
chog‘ida qator umumgeografik mazmun-mohiyatga ega fanlar ham tarkib topgan,
masalan, tabiiy resurslar va tabiatdan foydalanish geografiyasi, tibbiy geografiya
(turli hududlarda yashovchi
aholining salomatligi va kasallanishi, unga ta’sir etuvchi tabiiy va
ijtimoiy omillarni
o‘rganadi). Geografik fanlar
tizimida geografik xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni
o‘rganadigan kartografi ya fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega.
Geografik fanlar
turkumiga kiruvchi barcha
fanlar o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, umumiy ilmiy va amaliy maqsadlarni ko‘zlagan holda rivojlanmoqda. Turli geografik fanlar
uyg‘unligida Yer yuzi va alohida hududlar
haqida yaxlit tasavvur
shakllanadi, mamlakat va hududlar rivojlanishining muammo
va istiqbollari aniqlanadi,
tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi
turmush darajasini yuksaltirishga xizmat
qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Geograf
yani o‘rgana boshlagan
paytda bu fanning
nomi qadimgi yunon tilida
"Yerning tasviri” degan lug‘aviy
ma’no berishini bilib
olgansiz. Lekin hozirgi
davr geograflari turli
joylar tabiati, aholisi va xo‘jaligini tasvirlash
va tavsifl ash bilan
cheklanib qolmasdan, turli tabiiy va ijtimoiy hodisalarning
vujudga kelish va
hududiy tarqalish qo nuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat
o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ziddiyatlarni atroflicha tahlil qiladilar, dolzarb
ahamiyatli ekologik,
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga xos sharoit va
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
Zamonaviy geograf ya an’anaviy tasvirlovchi mohiyatdagi "Nima? Qayerda?
Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan
"Nima? Qayerda? Qancha? Nima sababdan? Qanday foydalanish kerak?
Yaxshilash uchun nima qilish kerak?” degan savollarga javob
topuvchi keng qamrovli
nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
fanlar tizimiga aylandi.
Geografiyani o‘rgana boshlagan paytda bu fanning nomi qadimgi yunon
tilida "Yerning tasviri” degan lug‘aviy ma’no berishini bilib olgansiz. Lekin
hozirgi davr geograflari turli joylar tabiati,
aholisi va xo‘jaligini
tasvirlash va tavsiflash bilan cheklanib qolmasdan, turli tabiiy
va ijtimoiy hodisalarning
vujudga kelish va hududiy tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
va ziddiyatlarni atroflicha tahlil qiladilar, dolzarb
ahamiyatli ekologik,
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga xos sharoit va
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
Zamonaviy geograf ya an’anaviy tasvirlovchi mohi- yatdagi "Nima? Qayerda?
Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan
"Nima? Qayerda? Qancha? Nima
sababdan? Qanday foydalanish kerak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?” degan
savollarga javob topuvchi
keng qamrovli nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi.
Geografiya fanining
vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi bilan o‘zgarib bordi. Bugungi
kunda zamonaviy geografiyaning oldiga qo‘ygan vazifalari bir qancha
bo‘lib, eng asosiy vazifasi tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini
uyg‘unlashtirishdir.
Geografiya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni
o‘rganish jarayonida qator tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bulardan
eng muhimlari – ekspeditsiya, tasviriy,
kartografiya, statistik, qiyosiy geografik, ra yonlashtirish usullari. Shuningdek, borgan sari
geografik tadqiqotlarda matematik va kompyuter modellashtirish,
aerokosmik, geokimyoviy va geofizik kabi zamonaviy tadqiqot
usullarining ahamiyati hamda
qo‘llanilish qamrovi kengayib bormoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.