Yuklanmoqda...

Pigmeylar - katta o‘rmonning mitti hokimlari


Qadim zamonlardan beri Nil daryosining boshlanish joylaridagi o‘rmonlarda allaqanday baquvvat mitti xalq — pakana qora tanlilar istiqomat qilishi haqida Yevropada har xil ertaklar to‘qilgan. Gomer ham uzoq shimoldan uchib keluvchi turnalar bilan jang qiluvchi qandaydir mard mitti xalqlar haqida yozib qoldirgan. Nil daryosi boshlanadigan joyda yashaydigan mitti xalqlarni Aristotel ham tilga olgan.

XIX asrning oxirlaridagina bu mitti xalqlarni ko‘rishga va ular haqida aniq ma’lumot olishga muyassar bo‘lindi. 0‘tib bo‘lmaydigan ekvatorial o‘rmonni tasavvur qiling. Bahaybat daraxtlar qadimiy qo‘rg‘onlardek qad ko‘tarib turibdi. Yo‘g‘on kabellarni eslatuvchi chirmoviqlar uchi osmonga cho‘zilib ket­gan ana shu baland daraxtlami o‘rab olib bir-biriga chalkashtirib yuborgan. Rang-barang tekinxo‘r o‘simliklar daraxt­laming shoxlariga chirmashib ketgan. Quyosh nuri deyarli tushmaydigan, nam va inson uchun xavfli yowoyi hayvonlar izg‘ib yurgan shunday o‘rmonda kishilar yashashi mumkinmi? Ha, shunday o‘rmonlarda yashaydigan odamlar bor. Bular — pigmeylardir. Pigmeylar insonlaming eng past bo‘yli toifasidir. Ular haddan tashqari chaqqon, epchil, jur’atli, olijanob, bolalardek ishonuvchan xalqdir. «Pigmeyos» yunoncha so‘z bo‘lib, «tirsak balandligiday odamlar» degan ma’noni bildiradi.

Pigmey qabilalari Afrika ekvatorial o‘rmonlarida Kongo, Ogava va Ituri daryolari yaqinida yashaydilar. Pigmeylarning soni taxminan 80 ming nafar bo‘lib, yarmisi Albert ko‘lining g‘arb tomonidagi Ituri daryosi qirg‘oqlarida, o‘zga insonlarning qadami yetmagan o‘rmonlarda yashaydi.

Pigmeylarning bo‘yi 140-150 santimetr atrofida bo‘ladi. Badanining rangi boshqa afrikaliklamikidan ochroq, oltinsi- mon qoramtir jigarrangdir. Ularning o‘z «milliy kiyimlari» bor: erkaklar beliga charm yoki mo‘yna belbog‘ bog‘laydi. Belbog‘- ning old tomoniga daraxt po‘stlog‘idan tayyorlangan dag‘al mato, orqa tomoniga esa bir bog‘lam barg osib qo‘yiladi. Ayollar esa faqat old tomonni bekitadigan lungi bilan kifoyalanadi.

Pigmeylar o‘z qadrini tushirmaydi, ammo juda tortinchoq bo‘ladi. Er-oila boshlig‘i. Ular qishloqlarini yalanglikda va daraxtlardan tozalangan joylarga quradi, kulbalari novdalardan to‘qilgan, tomlari barglar bilan yopilgan bo‘ladi. Kulba qurish, ularni keragicha tuzatib turish ishlari bilan ayollar shug‘ullana- di, turmushga chiqmagan qizlar bunday ishlarga yaqin yo‘latil- maydi. Erkaklar quriladigan kulba o‘mini belgilab beradi. Shu bilan ularning qurilishdagi ishi nihoyasiga yetadi, qolgan ish- laming hammasini ayollar bajaradi. Pigmeylar kulbalarining tomini ko‘pincha banan yaproqlari bilan yopadilar. Kulba ichida to‘kilgan bambuk poyalari karavot, ko‘rpacha yoki ko‘rpa vazifasini bajaradi. Bambuk barglarining bog‘lami yostiq o‘mida ishlatiladi.

Ularning asosiy quroli kamon, o‘q-yoy, nayzadan iborat. Kamon ipi chirmovuqdan qilinadi, o‘qning uchiga temir nayza qadaladi, nayza uchiga o‘simlikdan tayyorlangan zahar surtiladi. Olq uchiga qadaladigan temir nayza va sopol idishlami ular qo‘shni qabilalardan boshqa narsalarga almashlab oladilar.

Pigmeylar oziq-ovqat g‘amlamaydi. Ovlangan hayvonning go‘shtini shu kuniyoq yeb tugatadilar, buzilmasligini bilsalar, ertagi kungacha qoldiradilar.

Ko‘pchilik erkak va ayollar har kuni barvaqt ovga chiqib ketadi. Qishloqda qolganlar esa qishloq aholisiga «kiyim» tikish uchun daraxt po‘stlog‘idan mato to‘qiydi. Mato uchun kerakli tola maxsus daraxt (masalan, fizo daraxti) po‘stlog‘idan olinadi. Tolani va undan «to‘qilgan» matoni chiroyli qilib xilma-xil rangda bo‘yashadi. Pigmeylar olovni o‘chirmay saqlaydi. Chaqmoqtoshdan olov chiqarish qiyin bo‘lganligidan ular boshqa joyga ko‘chganlarida yonib turgan olovni ham o‘zlari bilan olib ketadilar.

Pigmeylar — o‘rmon ko‘chmanchilaridir. Ular bir joyda yarim yil yoki bir yilcha istiqomat qiladi, tevarak-atrofdagi yovvoyi qushlar, ovlanadigan hayvonlar tugagandan keyin omonat uy-joylarini ko‘tarib boshqa joyga — ovlash uchun hayvonlar, qushlar ko‘proq joyga ba’zan yuzlab kilometr yo‘l yurib boradilar.

Pigmeylar urf-odatiga ko‘ra biror pigmey vafot etsa, o‘rmon ularni yoqtirmagan hisoblanadi. Demak, bu joydan darhol ketish kerak. Shuning uchun qishloqda biror kishi vafot etsa, marhumni o‘z kulbasi ichiga dafn etib, shu kuni kechasi bilan maxsus raqslarni bajarib marhumning ma’rakasini o‘tkazadilar, ertasiga boshqa joyga ko‘chib ketadilar.

0‘rmon hamma vaqt zax, havosi juda nam bo‘lganligidan pigmeylar tunda, ayrim vaqtlarda kunduzi ham gulxanda isinadilar. Gulxan pigmeylami vahshiy hayvonlardan, o‘rmondagi chumolilardan ham himoyalaydi. Pigmeylar organizmi ayni o‘rmon sharoitida yashashga moslashgan. Qizig‘i shundaki, quyosh nuri ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, oftobda ko‘proq tursalar, ularni oftob uradi va pigmeylar kasal bo‘lib qolishadi.

Kechqurun ovdan boy o‘lja: to‘ng‘iz, kiyik yoki boshqa hayvonni ko‘tarib kelayotgan ovchilarni qishloq aholisi katta xursandchilik va qiyqiriqlar bilan kutib oladi. Ammo ov ham­ma vaqt ham o‘ngidan kelavermaydi. Shunday hollarda pig­meylar motamsaro bo‘lib yuradi.

Erkaklami ovga kuzatuvchi ayollar bolalarini yonboshlariga boylab, boshlariga chirmovuqdan to‘qilgan savat ko‘tarib, savatga yo‘l-yo‘lakay xo‘raki o‘simlik barglari va mevalarini teradilar; ular yo‘lda to‘xtamay va yurishini sekinlatmay, mevadan tashqari yo‘lida uchragan qo‘ziqorin, hasharot, hatto ilonlami ham savatga yig‘ib boradi, yovvoyi asalarilarning asali uchrab qolgudek bo‘lsa, chaqqonlik bilan barglarga o‘rab, uni ham savatga joylashadi.

0‘lja qat’iy belgilangan tartib-qoida bo‘yicha taqsimlanadi. Hayvonning terisi shilib olinadi, go‘shti nimtalanadi va taq­simlanadi. Go‘sht taqsimlash paytida ovchi aralashmay chetda o‘tiradi. Go'shtning dastlabki, eng yaxshi qismi hayvonni ovlagan kishiga, undan keyin qurol yoki it egasiga beriladi, qolgani esa boshqalarga taqsimlanadi. Ovga katta hissa qo'shgan kishi­ning ulushi ham katta bo‘ladi.

Ayollar go‘sht bo‘laklarini novdalarga tortib o‘tda pishiradilar. Pishgan go‘shtni yaproq ustiga qo‘yib iste’mol qiladi­lar.

Pigmeylar usta ovchi va mohir mergan bo'ladi. Dehqonchilik qilishni ular bilmaydi.

Fil ovlash pigmeylar hayotida alohida ahamiyatga ega. Barcha pigmeylar ham fil ovlash sharafiga muyassar bo‘laver- maydi. Sovuqqon, jasur va chaqqon pigmeygina fil ovlashga layoqatli ovchi hisoblanadi. Fil ovlovchining yoshi ulg‘ayib, chaqqonligi kamaya boshlagach, u muayyan yoshdan keyin kiyik, to‘ng‘iz yoki boshqa mayda hayvonlar ovlash bilangina cheklanadi.

Har bir pigmey qishlog‘ida fil ovlaydigan «guruh» bo‘ladi. Binobarin, deyarli har bir oila a’zolaridan biri bu bahaybat hayvon bilan olishuv chog‘ida qurbon bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Fil ovlash uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Ovchilar ilohiy kuchlarga ibodat qilishi, yovuz kuchlardan rahm-shafqat so‘rashi, butun qishloq xalqidan ruhiy madad olishi, bundan tashqari hal qiluvchi onlarda kishini tetiklashtiruvchi ichimlik ichishi lozim.

Fil oviga chiqiladigan kuni ertalab pigmeylar kola sharbati ichadilar va tezgina nonushta qilib o‘rmonga jo'naydilar (bu sharbat kola o‘simligi urug‘idan tayyorlanadi). Ovchilar ko‘pincha 3-5 kishi bo‘lib yurishadi.

Ovchilar o‘rmonda fillarni axtara boshlaydilar. Odatda, tush paytigacha fillar uchrab qoladi. Yakka filga hujum qilish osonroq, albatta. Lekin fillar poda-poda bo‘lib yuradi. Pigmeylar ov qilishga mo‘ljallangan filni kuzatish bilan birga boshqalarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydilar. Ular podani kuzatib borib, ov qilinadigan qulay joyni belgilaydilar. Odatda, tishi uzun fil ovlanadi, chunki uzun tishga ko‘p va qimmatbaho mollar almashish mumkin. Qat’iy bir fikrga kelingach, ovchilar yuz metrlar chamasi chetga o‘tib, kuch- g‘ayrat to‘plab olish uchun chekadilar. Shundan keyin o‘zlarini jangga tayyor deb biladilar. Ovchilar tush paytidagi issiqda mudrab turuvchi fillar orasiga kirib yashirinadilar, ovlanishi lozim bo‘lgan filning yoniga sekin-asta yaqinlashaveradilar. Fillar odamlar hidini sezib qolmasligi uchun ovchilar badanlariga fil tezagini surtib, ularga shamolga teskari tomondan yaqinlashadilar. Shunda fillar ovchilar hidini sezmay qoladi.

Ovchilar juda past bo‘yli bo‘lganligidan bahaybat fillar yonida ko‘zga uncha chalinmaydi, shunga ko‘ra fillar ularga deyarli e’tibor bermaydi. Pigmeylami chetdan kuzatgan kishiga, yer sharidagi bu mitti xalq bahaybat fillarga hujum qiladi, desa u ishonmaydi, albatta. Aslida pigmeylar filga hujum qilib, uni o‘ldiradi. Ovchilar filning ostiga kirib qomini yorib tashlaydilar, ko‘pincha orqa oyoqlari payiga nayza sanchadilar. Payiga nayza qadalgan fil yurolmay, podadan qolib ketadi. 0‘tirib qolgan filning xartumini chopib tashlaydilar, shundan so‘ng fil holdan toyib, halok bo‘ladi.

Fil ovlanganda pigmeylar bir necha kun bazm qiladilar.

Pigmeylar yashaydigan nam va diqqinafas o‘rmonlami tark etib bir kun yurilsa, Afrika Shveysariyasiga yetib kelinadi. Bu yeming havosi toza, beg‘ubor, quruq. Kunduzlari ortiqcha issiq emas, tunlari salqin boiib, kishiga orom bag‘ishlaydi. Ana shunday joyda manda qabilalaridan biri - vatusslar yashaydi.

Erkak vatussning bo‘yi 2-2,5 metr keladi. Odatda, daroz odam qo‘polroq va beso‘naqay bo‘ladi; vatusslar bunday emas. Bu bahaybat odamlaming kelishgan qaddi-qomati, mardona- vor, salobatli ko‘rinishi, yengil qadam tashlab yurishi kishini hayratda qoldiradi.

Vatusslar bayram kunlari kumush va tilla rangda tovlanib turadigan yoki keng qizil yo‘lli oq gazlamadan tikilgan uzun kiyim kiyadi. Bu kiyimlar o‘zlariga juda yarashib turadi. Vatusslar orasida to‘la erkak yoki ayolni uchratmaysiz, ammo bolalarining hammasi lo'ppi, do‘ndiq boiadi. Bolalarga yoshligidan yangi sog‘ilgan sut yoki qatiq ko‘p ichiriladi.

Bolalar katta bolganlarida ham sutli mahsulotlar ular ovqatining asosiy qismini tashkil etadi. Sutli ovqatlarga banan, sabzavot, ba’zan go‘sht qo‘shiladi. To‘yimli ovqat yeganligidan bolalar tez o‘sib rivojlanadi.

Vatusslar - tug‘ma chorvador; shunga ko‘ra ularning hayotida mollar birinchi darajali ahamiyatga ega. Ular o‘zlarining shoxli mollari - zebularga haddan tashqari mehribon. Bayramlarda «Mollar namoyishi» o‘tkaziladi. Egalari o‘z mollarining barcha fazilatlarini baland ovoz bilan aytib, ko‘riklar o‘tkazadilar.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar