Pigmeylar 

3 982

Qadim zamonlardan  beri  Nil daryosining  boshlanish  joylaridagi o‘rmonlarda allaqanday baquvvat mitti xalq — pakana  qopa tanlilar istiqomat  qilishi  haqida Yevropada  har xil ertaklar to‘qilgan. Gomer ham uzoq shimoldan uchib keluvchi  turnalar bilan jang qiluvchi qandaydir mard, mitti xalqlar haqida yozib qoldirgan.  Nil daryosi boshlanadigan joyda yashaydigan mitti xalqlarni Aristotel ham tilga  olgan.

XIX asrning oxirlaridagina bu mitti xalqlarni ko‘rishga va ular haqida aniq ma’lumot olishga muyassar bo‘lindi. 0‘tib bo‘lmaydigan Ekvatorial o‘rmonni tasavvur qiling. Bahaybat daraxtlar qadimiy qo‘rg‘onlardek qad ko‘tarib turibdi. Yo‘g‘on  kabellami eslatuvchi  chirmoviqlar uchi osmonga cho‘zilib ketgan  ana  shu baland  daraxtlarni  o‘ra bo`lib  bir-biriga chalkashtirib yuborgan. Rang-barang tekin xo‘r o‘simliklar daraxtlarning shoxlariga chirmashib ketgan. Quyosh nuri deyarli tushmaydigan, nam va inson uchun xavfli yovvoyi hayvonlar izg‘ib yurgan shunday o‘rmonda  kishilar yashashi mumkinmi? Ha, shunday o‘rmonlarda yashaydigan odamlar bor. Bular - pigmeylardir. Pigmeylar insonlarning  eng past bo‘yli toifasidir. Ular haddan tashqari  chaqqon, epchil, jur’atli, olijanob, bola-lardek ishonuvchan xalqdir. «Pigmeyos» yunoncha so‘z bo‘lib,  «tirsak balandligiday  odamlar» degan  ma’noni bildiradi.

Pigmey  qabilalari Afrika  ekvatorial  o‘rmonlarida Kongo,  Ogava  va  Ituri  daryolari yaqinida  yashaydilar.  Pigmeylarning soni  taxminan  80 ming  nafar  bo‘lib, yarmisi  Albert  ko‘lining g‘arb  tomonidagi  I turi daryosi  qirg‘oqlarida,  o‘zga insonlarning  qadami yetmagan  o‘rmonlarda yashaydi.

Pigmeylarning  bo‘yi 140-150 santimetr  atrofida bo‘ladi. Badanining rangi boshqa afrikalilarnikidan ochroq, oltinsimon  qoramtir  jigarrangdir. Ularning  o‘z  «milliy kiyimlari»  bor:  erkaklar beliga charm yoki mo‘yna belbog‘ bog‘laydi. Belbog‘ning old tomoniga daraxt po‘stlog‘idan tayyorlangan dag‘al mato, orqa tomoniga  esa bir  bog‘lam  barg osib  qo‘yiladi.  Ayollar esa  faqat  old tomonni  bekitadigan  lungi bilan  kifoyalanadi.

Pigmeylar  o‘z qadrini  tushirmaydi,  ammo juda tortinchoq  bo‘ladi.  Er -  oila  boshlig‘idir. Ular  qishloqlarini  yalanglikda va daraxtlardan tozalangan joylarga quradi,  kulbalari novdalardan to‘qilgan,  tomlari  barglar bilan  yopilgan  bo‘ladi. Kulba qurish, ularni keragicha tuzatib turishishlari bilan ayollar shug‘ullanadi, turmushga chiqmagan qizlar  bunday  ishlarga yaqin yo‘latilmaydi. Erkaklar quriladigan kulba o‘rnini belgilab beradi, shu bilan ularning qurilishdagi ishi nihoyasiga yetadi, qolgan ishlarning hammasini ayollar bajaradi. Pigmeylar kulbalarining tomini ko‘pincha banan yaproqlari bilan yopadilar. Kulba  ichida to‘kilgan bambuk poyalari karavot, ko‘rpacha yoki ko‘rpa vazifasini  bajaradi.  Bambuk barglarining bog`lari yostiq o‘rnida ishlatiladi.

Ularning  asosiy quroli kamon, o‘q-yoy, nayzadan  iborat. Kamon ipi chirmovuqdan qilinadi,  o‘qning uchiga temir nayza  qadaladi, nayza uchiga o‘simlikdan tayyorlangan zahar surtiladi. 0`q uchiga qadaladigan temir nayza va sopol idishlami ular  qo‘shni  qabilalardan boshqa  narsalargaalmashlab  oladilar.

Pigmeylar  oziq-ovqat g‘amlamaydi. Ovlangan hayvonning go‘shtini shu kuniyoq yeb tugatadilar, buzilmasligini  bilsalar ertagi  kungacha qoldiradilar.

Ko‘pchilik  erkak va  ayollar  har  kuni  barvaqt ovga  chiqib  ketadi. Qishloqda  qolganlar  esa qishloq  aholisiga  «kiyim» tikish  uchun daraxt  po‘stlog‘idan  mato to‘qiydi.  Mato  uchun kerakli tola maxsus daraxt (masalan, fizo daraxti) po‘stlog‘idan olinadi. Tolani va undan «to‘qilgan» matoni chiroyli qilib xilma-xil rangga  bo‘yashadi. Pigmeylar olovni o‘chirmay saqlaydi. Chaqmoq toshdan olov chiqarish qiyin bo`lganligidan ular boshqa  joyga  ko‘chganlarida  yonib turgan  olovni  ham o‘zlari  bilan  olib ketadilar.

Pigmeylar - o‘rmon ko‘chmanchilaridir. Ular bir joyda yarim yil yoki bir yilcha istiqomat qiladi, tevarak-atrofdagi  yovvoyi  qushlar, ovlanadigan  hayvonlar  tugagandan keyin  omonat  uy-joylarini ko‘tarib boshqa  joyga— ovlash  uchun hayvonlar,  qushlar  ko‘proq joyga,  ba’zan yuzlab  kilometr yoi  yurib boradilar.

Pigmeylar urf-odatiga ko‘ra, biror pigmey vafot etsa, o‘rmon ularni yoqtirmagan hisoblanadi, demak, bu joydan darhol  ko‘tarilish  kerak. Shuning uchun qishloqda biror kishi vafot etsa, marhumni o‘z kulbasi  ichiga dafn etib, shu kuni kechasi bilan maxsus  raqslarni bajarib marhumning ma’rakasini o‘tkazadilar,  ertasiga boshqa joyga ko‘chib ketadilar.

0`rmon  hamma vaqt  zax, havosi juda  nam  bo`lganligidan  pigmeylartunda,  ayrim  vaqtlarda kunduzi  ham  gulxanda isinadilar. Gulxan pigmeylami vahshiy hayvonlardan, o'rmondagi  chumolilardan ham himoyalaydi. Pigmeylar organizmi  ayni o‘rmon sharoitida  yashashga moslangan. Qizig‘i  shundaki, quyosh nuri ularga salbiy ta`sir ko‘rsatadi, oftobda ko‘proq tursalar ulami oftob uradi  va  pigmeylar kasal bo‘lib qolishadi.

Kechqurun  ovdan boy  o‘lja:  to‘ng‘iz, kiyik  yoki  boshqa hayvonni  ko‘tarib  kelayotgan ovchilami  qishloq  aholisi katta xursandchilik va qiyqiriqlar bilan kutib oladi. Ammo ov ham­ma vaqt  ham  o‘ngidan kelavermaydi.  Shunday  hollarda pig­meylar motamsaro bo`lib yuradi.

Erkaklarni  ovga uzatuvchi  ayollar bolalarini  yonboshlariga boylab,  boshlariga  chirmovuqdan to‘qilgan  savat  ko‘tarib, savatga yo‘l-yo‘lakay xo‘raki o‘simlik barglari va mevalarini teradilar; ular yo‘lda to‘xtamay va yurishini  sekinlatmay,  mevadan tashqari, yo`lida uchragan qo‘ziqorin, hasharot,  hatto  ilonlarni ham savatga yig‘ib boradi,  yowoyi asalarilarning asali  uchrab qolgudek bo‘lsa,  chaqqonlik bilan  barglarga  o‘rabuni  ham savatga joylashadi.
Oija qat’iy belgilangan tartib-qoida bo‘yicha taqsimlanadi. Hayvonning terisi  shilibolinadi,  go‘shti  nimtalanadiva  taq­ simlanadi. Go'sht taqsimlash paytida ovchi aralashmay chetda  o‘tiradi. Go‘shtning dastlabki, eng yaxshi qismi hayvonni ovlagan kishiga, undan keyin qurol yoki it egasiga beriladi, qolganiesa boshqalarga taqsimlanadi. Ovga katta hissa  qo‘shgan kishining ulushi  ham katta bo‘ladi.

Ayollar go'sht bo‘laklarini novdalarga  tortib o'tda  pishiradilar. Pishgan  go‘shtni  yaproq ustigaqo'yib  iste’mol  qiladilar.
Pigmeylar  usta ovchi  va  mohir mergan  bo‘ladi.  Dehqonchilik  qilishni ular bilmaydi.

Fil ovlash pigmeylar  hayotida  alohidaahamiyatga  ega. Barchapigmeylar ham fil ovlash sharaflga  muyassar bo‘lavermaydi. Sovuqqon, jasur va chaqqon pigmeygina fil ovlashga layoqatli ovchi hisoblanadi. Fil ovlovchining yoshi ulg‘ayib, chaqqonligi kamaya boshlagach, u muayyan  yoshdan keyin kiyik, to‘ng‘iz yoki boshqamayda  hayvonlar ovlash bilangina cheklanadi.

Har bir pigmey qishlog‘ida fil ovlaydigan «komanda» bo`ladi. Binobarin, deyarli  har bir oila a’zolaridan biri bu bahaybat hayvon bilan olishuv chog‘ida qurbon bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Fil ovlash uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Ovchilar ilohiy kuchlarga ibodat qilishi, yovuz kuchlardan rahm-shafqat so‘rashi, butun qishloq xalqidan ruhiy madad olishi,  bundan  tashqari, hal  qiluvchi onlarda kishini tetiklashtiruvchi ichimlik ichishi lozim.

Fil oviga chiqiladigan kuni ertalab pigmeylar kola sharbati ichadilar va tezgina nonushta qilib o‘rmonga jo‘naydilar  (bu  sharbat kola  o‘simligi  urug‘idan tayyorlanadi).  Ovchilar ko‘pincha 3-5 kishi bo‘lib yurishadi.

Ovchilar o‘rmonda fillarni axtara boshlaydilar. Odatda tush paytigacha fillar uchrab qoladi, yakka filga hujum qilish osonroq, albatta.  Lekin fillar poda-poda bo‘lib yuradi. Pigmeylar ovqilishga  mo‘ljallangan  filni kuzatish  bilan  birga boshqalarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydilar. Ular podani kuzatib borib, ov qilinadigan qulay joyni  belgilaydilar. Odatda, tishi uzun fil ovlanadi, chunki uzun tishga ko‘p va qimmatbaho mollar almashish  mumkin. Qat’iy bir fikrga kelgach, ovchi­lar yuz metrlar chamasi chetga o‘tib, kuch-g‘ayrat to‘plab olish  uchun chekadilar,  shundan  keyin o‘zlarini jangga  tayyor  deb biladilar. Ovchilar tush paytidagi issiqda  mudrab turuvchi fillar orasiga kirib yashirinadilar, ovlanishi lozim bo‘lgan filning yoniga sekin-asta  yaqinlashaveradilar.  Fillar odamlar  hidini  sezib qolmasligi uchun  ovchilar badanlariga fil  tezagini  surtib, ularga shamolga teskari tomondan yaqinlashadilar.  Shunda fil­lar  ovchilar hidini  sezmay  qoladi.

Ovchilar  juda past  bo‘yli  bo‘lganligidan  bahaybat fillar  yonida  ko‘zga uncha  chalinmaydi,  shunga ko‘ra  fillar  ularga deyarli  e’tibor bermaydi.  Pigmeylarni chetdan kuzatgan  kishiga, yer sharidagi bu mitti xalq bahaybat fillarga hujum qiladi, desa u ishonmaydi,  albatta. Aslida, pigmeylar filga hujum qilib uni o‘ldiradi. Ovchilar  filning  ostiga kirib  qoniini  yorib tashlaydilar,  ko‘pincha orqa  oyoqlari  payiga nayza sanchadilar.  Payiga nayza  qadalgan  fil yurolmay  podadan  qolib ketadi.  0`tirib  qolgan filning  xartumini  chopib tashlaydilar,  shundan  so‘ng fil holdan toyib,  halok bo‘ladi. 
Fil  ovlanganda pigmeylar bir  necha kun bazm  qiladilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.