,,Kasallik nimaligini bilmaydigan xalq” yoki qorinsiz kishilar mamlakati. 

6 093

…Politsiyasiz, pulsiz, avtomobilsiz, mehmonxonasiz, kasalxonasiz, gazeta va radiosiz,turmasiz  bu mamlakat hozirgi dunyoning shovqin-suronidan va tashvishlaridan holi, 2500 metr balanddagi bu mamlakatni 7000 metrlik baland tog`lar himoya qilib turadi. Vodiyning uzunligi 150 km, eni esa 5km dan oshmaydi. Vodiyda 32 mingga yaqin xunza xalqi  yashaydi.
 Xunzaliklar juda uzoq 120 yil umr ko`rishi ma`lum bo`ldi. Bu yerda  90 yashar  chollar juda bardam, sog`lom va baquvvat,  ular yoshlar qatori mehnat qiladi. Hatto   93 yoshli  Rahmat  Ali ismli inson o`g`il ko`rgan. 130-140 yashar   bardam chollar ham  tez-tez  uchrab  turadi. Yuz yashar qariyalarning 10 km yo`lni "yengilgina"  sayr  qilganini aytmaysizmi!
 Bu yerdagi xotin qizlar g`oyat go`zal va qaddi-qomati juda kelishgan bo`ladi, ular 50-60 yoshida ham go`zalligini  deyarli yo`qotmaydi. Ammo  ularning urf-odati  sur`atga tushishni  man etadi, shu  sababli ular  hech qachon suratga tushmaydi!
 Shotlandiyalik shifokor Makkarrison Qoraqurum tog`larida o`n besh yilga yaqin yashagan, Makkarrison  o`zi ish olib borgan  jamoaga  tez-tez  tibbiy yordam  ko`rsatgan, ammo  xunzaliklarning hech qachon shifokorga ishi tushmagan. Bu shubhasiz ulardan hech kim, hech qachon kasal bo`lmaganligidan dalolat beradi.
  Makkarison fikricha, xunzaliklarning sog`lom bo`lishi va uzoq umr ko`rishiga sabab, turmush kechirish usullarining  batartibligi va ovqatlanish rejimiga qattiq rioya qilishidir. Bu rejim va parhez go`shtsiz, sabzavotlarni asosan xomligicha iste`mol qilish, tog` suvi ichish, alkagolli ichimliklar, kofe, tamakini esa mutlaqo iste`mol qilmaslikdan iborat.
 Vodiyning odamlari uyqudan soat 4:00 da  quyosh bilan  birga  turishadi. Ular soat 6:00 da  nonushta  qilib,  soat 15:00 gacha  dalada ishlashardi. Soat 17:00 gacha  dam olishar va yana  ishlashar ekan, kechki soat 21:00 da uyquga ketishadi.
 Xunzalar qishlog`i odatda toshdan qurilgan 5-6 ta uydan  iborat bo`ladi. Ular faqat  qishda, yog`ingarchilik  vaqtidagina  uyda  yashaydi. Yilning qolgan  vaqtini   butun  oila, hatto keksalar  va bolalar  ham hovlida yoki ayvonda  o`tkazadi. Xunzalar qishda -10` sovuqda  ham muzni teshib  cho`miladilar, ular sovuqqa juda chidamlidir. Pechlarni  isinish  uchun  emas,  faqat  ovqat tayyorlash  uchun yoqadilar. Xunzalar mamlakatida semiz erkak yoki ayolni uchratmaysiz, qo`shni xalqlar ularni ,,qorinsiz  kishilar”  deb  atashadi.
  Bu xalqni o`rgangan  tadqiqotchilar, xunzalarning  o`zlarigagina ma`lum  bo`lgan  qandaydir  sirli taomlarni  iste`mol qilishi ham  ularning  uzoq yashashiga sabab bo`lmoqda, deb taxmin qilishmoqda. Masalan, ular "tog` asali" ni sirini bilar ekan. X unzalar pishloq va sutga  qo`shadigan achchiq mazali  bu  narsa  tog` tepasida  o`sadigan   qandaydir  o`tdan tayyorlanadi.  Vodiy aholisi ,,tog` asali” ning  sirini hech kimga aytmaydi. Olimlar, bu sirli ozuqa xunzalarni kasalliklardan  saqlovchi qandaydir antiseptik  xususiyatlarga ega bo`lsa kerak, degan fikrda.
Shaxnoza Umarova 
Navoiy davlat pedagogika instituti
Tabiatshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.