Farg'onada noyob xotiraga ega 3 yoshli qiz 183 ta davlatning poytaxtini biladi 

2 180

 
Afifaga davlatlar nomi va ularning poytaxtini buvisi o'rgatgan. Ularning joyini ham globusdan ko'rsatib bergan.

Farg'onaning Shohimardon qishlog'ida noyob qobiliyatga ega 3 yoshli qizaloq yashaydi. Afifa ismli qizaloq dunyoning 183 ta mamlakatini xaritadan xatosiz topadi. Bundan tashqari, bu davlatlarning poytaxtlarini ham biladi.
 
Afifaning onasi Mahliyo Qo'shoqovaning aytishicha, qizining tili chiqayotgan vaqtida uning xotirasi kuchli ekanini payqagan. Afifaga qanday kitob o'qilmasin, u butun matnni bolalarga xos tilda qayta hikoya qilib bergan. Davlatlar nomi va ularning poytaxtini esa Afifaga buvisi o'rgatgan. Ularning joyini ham globusdan ko'rsatib bergan, Afifa esa mamlakatlar nomi, poytaxtini bexato aytib, xaritadagi joyini ham ko'rsatgan.
 
Farg'ona tumani Shohimardon qishlog'iga tashrif uyushtirgan O'zbekiston Milliy axborot agentligi xabarida "Qiziqishimiz ortib, biz ham qit'a va davlatlar nomini ataylab chalkashtirib aytdik. U hech adashmay "er shari”dan o'sha qit'a yoki davlatni topdi va poytaxti falon shahar deb, jajji barmoqlari bilan ko'rsatdi. Umuman, dunyo xaritasidan 183 davlatni hech qanday xatosiz ko'rsatib berdi”, deyiladi.
Durdona Rasulova
Manba: qalampir.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.