Joy nomlarini o`rganamiz! 

8 010

  O`qituvchi ta`lim jarayonida albatta, geografik joy nomlarini maktabda o`rganishda o`quvchilarning nomlarini to`g`ri yozilishlari va to`g`ri talaffuz qilishlariga erishishi lozim, chunki geografik nomlarni to`g`ri talaffuz qilish orqali nutq madaniyati o`stiriladi. Joy nomlarini darsdan tashqari qo`shimcha mashg`ulotlar, geografik kechalar, o`yinlar, viktorinalar, krossvordlar, rebuslar va qiziqarli savol-javoblar tariqasida o`rganish mumkin.
  Quyida bularga misollar keltiramiz:
1. Ranglar nomi bilan ataladigan dengizlarni ayting? 2. Toshbaqa orollari - Ayiq ko`li, Kenguru oroli, Ilon kechigi, Kirkiy orollari, It orollari, Echki oroli, Buqa tog`lari qayerda joylashgan?
3. "Yangi shahar” ma’nosini anglatuvchi shaharlardan 5 ta ayting? 
4. Osiyoning eng chekkashimoliy va sharqiy nuqtalari  kimlarning  nomlari bilan ataladi? 
5. O’lik dengiz, O’lim (Ajal) vodiysi qayerda va nima uchun shunday atalgan? 
6. Nima uchun Shimoliy va Janubiy Amerika oralig`idagi orollar Vest-Indiya deb ataladi? 
7. "Uch ming orol mamlakati” qaysi? 
8. Bosh kiyim nomi bilan atalgan davlatni bilasizmi? 
9. Yarim orollar nomi bilan ataladigan dengizlarni toping? 
10. Orol nomi bilan ataladigan dengizlarni ayting? 
11. Jasur sayyohlar, dengizchilar, kashfiyotchilar nomi bilan atalgan qanday dengizlarni bilasiz? 
12. Kishilarning ism-shariflari bilan bog`liq orollarni bilasizmi? 
13. Ufq (gorizont) tomonlarini ko’rsatuvchi toponimlarni bilasizmi? 
14. Davlatlar nomi bilan atalgan dengizlarni bilasizmi? 
15. Daryo nomlari bilan atalgan mamlakatlarni ayting? 
16. Qaysi shaharlar kishi ismlari bilan bog`liq? 
17. Qaysi yarim orol o’zining katta-kichigligidan "so’zlaydi”? 
18. Qaysi orol o’zining "sport kiyimi” ekanligidan "so’zlaydi”? 
19. O’simliklar bilan bog`liq nomlarni bilasizmi? 
20. Qaysi nomlar foydali qazilmalar bilan bog`liq? 
21. Xalq, urug`-qabiladar bilan bog`liq qanday joylarni bilasiz? 
22. Dunyodagi qaysi cho’qqilar mashhur shaxslar nomiga qo’yilgan?          
 Yuqoridagi savol–javoblardan tashqari shaharlarning nomlarini o’rganish uchun "shaharlar zanjiri” o’yinini o’tkazish mumkin. 
  Bu o’yin muayyan sinfda ma’lum bir hududdagi (davlatdagi) shaharlarga, dunyo shaharlariga bag`ishlangan bo’lishi mumkin. Bu o’yinni o’tkazish tartibi quyidagicha: birinchi partada o’tirgan o’quvchi bir shahar nomini aytadi, ikkinchi o’quvchi birinchi o’quvchi aytgan shaharning oxirgi harfidan boshlanadigan shahar nomini aytadi, so’ngra uchinchi o’quvchi ... va h.k shu tartibda davom etadi. Masalan: Toshkent –Tibilisi – Irkutsk – Kishinyov – Vilnyus – Santyago - Oslo – Ottava – Andijon.................. 
Esongul Nazaraliyeva
Respublika Ta`lim markazi 
Geografiya fani bosh metodisti.
Mirali Mirakmalov
Geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.