24-oktabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni 

3 256

1947-yil 31-oktabrda BMT bosh asambleyasi dunyo jamiyatini BMT maqsadlari va yutuqlari bilan tanishtirish hamda o’z faoliyatida qo’llab -quvvatlashga erishish uchun 168-rezolyutsiyada 24-oktabr sanasini BMT kuni deb e'lon qildi. BMT dastlabki xujjatlaridan biri 1948-yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy dekloratsiyasi bo’ldi. 1971-yil 6-dekabrda BMT Bosh assambleyasi navbatdagi rezolyutsiyasida (№ 2782) BMT kunini xalqaro bayram bo’lishi kerakligini va BMTga a'zo mamlakatlarda dam olish kuni etib nishonlanishini taklif qildi. Hozirgi kunda BMTga a'zo davlatlar soni 193 tani tashkil etadi, ularning har-biri BMT Bosh assambleyasi a'zosi.

BMT kuni 20-dan 26-oktyabrgacha o’tkaziladigan BMT haftaligiga  kiradi. Bosh kotib so’zlariga ko’ra, BMT dunyoning har bir burchagida "Umidning tirik timsoli” hisoblanadi. BMT har bir inson qalbida va ongida zo’ravonlikka nuqta qo’yuvchi  va sabr bardoshliylikka asos soluvchi, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot sifatida yashaydi. BMT shu kabi inson ehtiyojlarini bajarishga yordam beradi.

BMT kunining bayram tadbirlari uchrashuvlar, yig’ilishlar, ko’rgazmalarni o’z ichiga oladi. Odatda bu kunda Bosh assambeliya zalida xalqaro konsert o’tkaziladi. Ba'zida maxsus tadbirlar o’tkaziladi, ularda BMT a'zolari elektron kommunikatsiya vositalari asosida turli shaharlar bilan bog’lanib teleko’prik o’tkazishadi.
Qo`shimcha ma`lumotlar:  1 2 3 4 5

24-oktabr Rivojlanish va taraqqiyot maqsadlarida jahon axborot kuni
1972-yil 19-dekabrda Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 24-oktyabr Butunjahon taraqqiyoti haqidagi axborot kuni deb ta'sis etildi.  Ushbu kunni o’tkazishdan maqsad, Jahon jamiyat fikrini xalqaro munosabatlarni takomillashtirishni va ularni hal qilishdagi muammolarni bartaraf etishni rivojlantirishga qaratilgan. Bosh Assambleya sanani belgilashda BMT ning tashkil topgan sanasi bilan bir kunda nishonlanishi lozimligini  ta'kidladi.  Butunjahon taraqqiyot haqidagi axborot kuni keyinchalik BMT ikkinchi o’n yillik rivojlanishi uchun xalqaro rivojlanish strategiyasining qabul qilish sanasi qilib belgilandi. Assambleya ayniqsa yoshlar o’rtasida axborot tarqalishini yaxshilash, jamiyat fikrini jalb qilish, rivojlanish muammolarini tushunib yetishda muxim omil bo’lib hizmat qilib, shu asnoda rivojlanish maqsadlarida xalqaro hamkorlik sohasida say-harakatlarning o’sishiga ishonch bildirdi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.