Jahondagi Xalqaro va regional tashkilotlar 

25 031

 Xalqaro va regional tashkilotlar, ittifoqlar va assotsatsiyalar nomi Abbrevnaturasi   Tashkil qilingan yili  Shtab kvartitasi
Tinch okeani xavfsizligi Pakti (Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSH)  ANZYUS  1952 
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assosatsiyasi  ASEAN  1967  Bangkok 
Yevropa Ittifoqi  YI  1992  Lyuksemburg 
Arab davlatlari ligasi  ADL  1945  Tunis 
Lotin Amerikasi iqtisodiy tizimi  LAIT  1975  Karakas 
 Lotin Amerikasi integratsiyasi assosatsiyasi LAIA (LAAI)  1980 
 Atom energetikasi bo`yicha Xalqaro vakillik MAGATE  1957  Vena 
 Xalqaro valyuta fondi XVF  1944  Vashington 
 Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti NATO  1949  Bryussel 

 Amerika davlatlari tashkiloti  ADT 1948  Vashington 
 Afrika birligi tashkiloti ABT  1963  Addis-Abeba 
 "Islom konferensiyasi" tashkiloti IKT  1969  Jidda 
 Birlashgan Millatlar Tashkiloti BMT  1945  Nyu-York 
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti  YHXT (OBSE)  1975  Jeneva 
 Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti NEMT (OPEK)  1960  Vena 
 BMTning oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti OXT (FAO)  1945  Rim 
 BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti YUNIDO  1966  Vena 
 BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti YUNESKO  1946  Vena 
 BMTning bolalarga yordam ko`rsatish jamg`armasi YUNISEF  1946  Nyu-York 

 Xalqaro qizil Xoch va qizil yarim oy qo`mitasi   XQXQ  - Jenava 
 Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti  JSST  1946  Jeneva 
 Xalqaro mehnat tashkiloti XMT  1946  Jeneva 
 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti EKO  1985  Tehron 
 Qo`shilmaslik harakati QH  Jakarta 
 Jinoyat politsiyasining xalqaro tashkiloti Interpol  1923  Lion 
 Parlamentlararo ittifoq    1889  Jeneva 
 Jahon sayyohlik tashkiloti JST    Madrid 
 Shanxay yamkorlik tashkiloti SHHT  1996 
 Mustaqil Davlatlar hamdo`stligi MDH  1991 
 
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXXT)
 YeXHT - xavfsizlik sohasida ko`pqirrali faoliyat olib boruvchi yagona umumyevropa tashkiloti hisoblanadi.
Tashkilot o`z ishini Xelsinki yakunlovchi aktining imzolanishi bilan 1975-yilning 1-avgustida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YeXHK) sifatida boshlagan va unga 35 ta davlat a’zo bo`lgan.
1994-yilda Budapeshtda bo`lib o`tgan oliy darajadagi uchrashuvda YeXHK Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ga aylantirildi. O`zining maqomiga va BMT nizomining 8-bobiga ko`ra, YeXHT mintataviy tashkilot hisoblanadi. Uning qarorlari konsensus asosida qabul qilinadi va xalqaro-huquqiy kuchga ega bo`lmagan siyosiy kelishuvlar sanaladi.
 YeXHT tarkibiga 56 ta a’zo-davlat va 9 ta hamkor davlatlar kiradi. O`zbekiston Respublikasi YeXHTga 1992-yilning 30-yanvarida a’zo bo`lgan.

Yevropa Ittifoqi (YeI)
  Millatlararo vakolatlarga ega bo`lgan xalqaro birlashma. Uning yaratilish asosida Fransiya tashqi ishlar vaziri Rober Shumanning taklifiga ko`ra, 1950-yilning 9-mayida imzolangan GFR va boshqa manfaatdor davlatlarga ko`mir va po`lat ishlab barcha sohasidagi salohiyatlardan umumiy foydalanish bo`yicha Yevropa hamjamiyatini tuzish haqidagi bayonot yotadi.
  1983-yilning 19-iyunida Shtutgartda Yevropa Ittifoqi hahidagi deklaratsiya qabul qilingan. Yevropa Ittifoqini tashkil etish haqidagi shartnoma 1992-yilning 7-fevralida Maastrixtda (Niderlandiya) imzolangan.
Hozirgi vaqtda YeIga 27 ta davlat a’zo va ularning aksariyati yagona viza maqomi (Shengen shartnomasiga) va yagona valyuta tizimi (Yevro)ga ega. 

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)
  Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) 1949-yilning 4-aprelida BMT Nizomining 51-moddasiga binoan tuzilgan.
  NATO - hukumatlararo xalqaro tashkilot. Uning asosiy vazifasi - siyosiy va harbiy vositalar bilan o`z a’zolarining erkinligi va xavfsizligini himoya qilishdan iborat.
  Harbiy ittifoq sifatida alyans xavfsizlikni ta’minlash borasida dunyoda mavjud vositalarning rivojlangan tizimiga ega va Shimoliy Amerika va Yevropa xavfsizligini bog`lovchi transatlantik zveno sifatida tan olingan.
  Hozirgi vaqtda 28 ta davlat a’zo. 1994-yilda NATOning «Tinchlik yo`lida hamkorlik» dasturiga asos solingan va 2012-yilning iyul oyidan boshlab O`zbekiston ushbu dasturda ishtirok etib kelmoqda.
 Davlatlar A`zo bo`lgan yili  Davlatlar  A`zo bo`lgan yili  Davlatlar  A`zo bo`lgan yili 
 AQSH 1949  Daniya  1949  Polsha  1999 
Angliya  1949  Islandiya  1949  Slovakiya  2004 
 Fransiya 1949   Kanada 1949  Sloveniya  2004 
 Italiya 1949  Gretsiya  1952  Bolgariya  2004 
 Belgiya 1949  Turkiya  1959   Ruminiya 2004 
Niderlandiya  1949  Germaniya  1955  Latviya  2004 
Lyuksemburg  1949  Ispaniya  1986  Litva  2004 
Portugaliya  1949  Chexiya  1998  Estoniya  2004 
Norvegiya  1949 Vengriya  1998 
Albaniya
Xorvatiya 
2008 

 

Islom konferensiyasi tashkloti (IKT) 

  Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibiga 56 davlat kiradi. U 1969-yili Rabot (Marokash) da bo`lib o`tgan oliy darajadagi yig`ilishda tashkil etilgan.
  Tashkilotning asosiy maqsadi: a’zo-davlatlar o`rtasidagi islom birdamligini mustahkamlash, barcha a’zo-davlatlar va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik va hamfikrlilikni chuqurlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
  Davlat va hukumat boshliqlari sammiti IKTning oliy organi hisoblanadi. U uch yilda bir marta yig`iladi va unda islom dunyosining muhim va qoldirib bo`lmaydigan muammolari ko`rib chiqiladi, IKTning umumiy siyosati muvofiqlashtiriladi. Tashqi ishlar vazirlari sessiyasi yiliga bir marta yig`iladi.
Bosh kotibiyat a’zo-davlatlar o`rtasidagi aloqani ta’minlaydi, maslahatlar o`tkazishga, fikr almashishga ko`maklashadi, a’zo-davlatlar uchun kerakli bo`lgan axborotni tarqatadi. Xalqaro islom adolat sudi IKTning bosh huquqiy organi sifatida tashkil etilgan.
 Tashkilot BMTda kuzatuvchi maqomiga ega. O`zbekistan 1996-yil 2-oktyabridan boshlab IKTning teng huquqli a’zosidir.  

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti - EKO
 EKO - xalqaro mintaqaviy tashkilot bo`lib, a’zo-davlatlar o`rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnik hamkorlikni ta’minlash maqsadida tuzilgan. Uning tarkibiga 10 ta davlat kiradi. A’zo-davlatlar sonining kam bo`lishiga qaramasdan, tashkilot 350 millionga yaqin aholi yashovchi 7 mln kv.km. maydonni o`z ichiga oladi.
 EKO 1985-yilda tuzilgan va qarorgohi Tehron shahrida joylashgan. O`zbekiston EKOga 1992-yilning 28-noyabrida a’zo bo`lgan.

Shanxay hamkorlik tashkiloti - ShHT
  2001-yilning 15-iyunida Qozogiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi rahbarlari maxsus Deklaratsiya bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tuzilganligini e’lon qildilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy tashkilot hisoblanadi.
  Eron, Hindiston, Mongoliya va Pokiston kuzatuvchi davlat, Afgoniston, MDH, va ASEAN mehmon sifatida ShHTning tadbirlarida ishtirok etadi.
  Hozirgi kunda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar hududida 3 milliarddan oshiq aholi istiqomat qiladi va ularning umumiy maydoni Yevrosiyo materigining 61 foizini tashkil etadi.

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.