BMT rahbarlari faoliyati tarixiga nazar 

10 798

 Hammamizga ma’lumki, 1945-yil 24-oktabrda tashkil topgan BMTga mustaqil O’zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda a’zo bo’lgan va xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’yektiga aylangan. Xalqaro munosabatlarning hozirgi rivojlanish bosqichida BMTning tutgan o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Prezidentimiz I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi o’z nutqlarida ushbu tashkilotning faoliyati to’g’risida gapirib: ,,BMT barcha davlatlarning, mintaqalarining, butun jahon ham jamiyatining eng muhim muammolarini muhokama qilish va yechish uchun tuzilgan noyob tashkilotdir”,- deb ta’kidlagan edilar.
  Ushbu tashkilot boshqaruvida Bosh Kotib va Kotibiyat BMTning bosh organlaridan biri hisoblanadi. Hozirda Kotibiyat  hodimlari soni 25 mingdan ziyod bo’lib, ular 150 dan ortiq davlat vakillaridir. 
  BMTda Bosh Kotibning shaxsi ushbu tashkilot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. BMT tashkil topgandan buyon Bosh kotiblikni quyidagilar bajargan: 

 1. Li Pryugve Xolvdan (1896-1968) - Norvegiya davlat va siyosiy arbobi, diplomat, huquqshunos.
 Pryugve Li Xolvdan  1919-yili Oslo universitetini tugatib, huquqshunos mutaxassisligini oldi. U 1935-yildan  savdo va sanoat, ta’minot va suv xo’jaligi ishlari, tashqi ishlari vaziri lavozimlarida ishlab, 1936-yili Norvegiya parlamentiga a’zolikka saylandi.
 Pryugve Li Xolvdan  1946-yil yanvarda Londonda bo’lib o’tgan Bosh Assambleya sessiyasida  Norvegiya  delegatsiyasini boshqardi. 
  1946-yil 1-fevralda  Pryugve Li BMT  birinchi Bosh Kotibi etib saylandi. 1950-yil 1-noyabrda Bosh Assambleya Pryugve Lining faoliyatini 1951-yil 1-fevraldan boshlab yana uch yilga uzaytirdi. 1952-yil noyabr oyida Pryugve Li  BMTning Bosh Kotibi lavozimidan bo’shash haqida ariza berdi.
  
  2. Xammarsheld  Dag Yalmar Agne Karl (1905-1961) shved davlat arbobi va diplomati. 1941-1948 yillarda  Milliy bank raisi  lavozimida ishlagan.
  1947-yili Tashqi ishlar vazirligining kotibi, 1949-yili tashqi ishlar vazirligining bosh kotibi va 1951-yili tashqi ishlar vazirligining hay’at a’zosi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.
  Dag Yalmar Agne Karl Xammarsheld 1953-yil 10-apreldan 1961-yil 18-sentabrgacha BMT bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.
  Dag Xammarsheld Afrika qit’asidagi siyosiy ahvolni bartaraf etish va qit’adagi qabilalar o’rtasidagi nizolarni hal qilishga ketayotganda, kutilmaganda samolyot portlashi natijasida halok bo’ladi. BMT qarorgohiga kiraverishga unga haykal o’rnatilgan.
      
 
  3. U Tan (1909-1974) - Myanma (Birma) diplomati va davlat arbobi. Rangun universitetini tugalab, faoliyatini jurnalistika sohasida boshlagan. U Tan 1961-yildan boshlab BMT iroiya kengashining a’zosi  va 1962-yildan 1971-yilgacha BMT Bosh Kotibi lavozimida  ishlagan. U Tanning ta’rificha: ,,BMT Bosh Kotibi bo’lish – bu BMTning ,,xizmatchisi” bo’lish demakdir, chunki u BMTga a’zo – davlatlar va tashkilotlar bilan doim hamkorlik ishlarini olib borishi lozim”.
  U Tan dunyodagi eng ko’zga ko’ringan 30 ta universitetning faxriy unvoniga sazovor bo’lgan.

 
 

 
 
  4. Kurt Val’dhaym - Avstriya davlat arbobi va diplomati. 
  1944-yil Vena universitetini tomomlagan vaqtida u yuridik fanlar doktori unvonini olgan hamda Vena akademiyasining bitiruvchisi hisoblangan. 1971-yildan 1981-yilgacha BMT Bosh Kotibi lavozimida ishlagan. 
 Uning uchinchi marotaba BMT Bosh Kotibi bo’lishi ancha munozarali bo’lib, barcha asosiy da’vogarlar yetarli ovoz olomadilar va u iste’foga chiqishga majbur bo’ldi.
 Kurt Val’dhaym navbatdagi saylovlarida g’olib chiqib Avstriya federatsiyasining prizdenti lavozimiga tayinlandi. Kurt Val’dhaym  BMT doirasida olib borilgan bir qancha ishlarda faol qatnashdi. Masalan, 1972-yili Afrika va Lotin Amerikasida, OAEning 10 yiligi munosabatiga doir ishlarida, qolaversa, 1973-yil fevral oyida Jeneva Konvensiyasi bo’yicha Yaqin Sharq masalalariga doir tadbirlarda qatnashgan. 
 
 5. Xav’er Peres de Kuel’yar – olim, diplomat va davlat arbobi.
  Xav’er Peres de Kuel’yar 1981-yil dekabr oyida  BMTning Bosh Kotibi lavozimiga saylandi va 1982-yil 1-yanvardan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. 1986-yil 10-oktabrda ikkinchi navbatga saylanadi.
  U, ,,BMT Nizomini o’zgarishsiz qolishi kerak, - deb ta’kidlardi, - chunki BMT doirasidagi davlatlar uning bosh dasturi va Nizomini o’rganib chiqqan holda bu tashkilotga qo’shilgan, qolaversa, BMT tinchlik va hamkorlik tashkilotidir”, degan fikrni doim olg’a surib kelgan.
  Xav’er Peres de Kuel’yar jahondagi 22 ta universitetning faxriy doktori, 25 davlat mukofotlari sovrindori, bundan tashqari, Assuriya qurolligi, Ulofa Palma va Javoharlal Neru mukofotlarining sovrindoridir.
 

 6. Butros Butros Goliy – Misr davlat arbobi, diplomat olim. 1946-yili Qohira universitetining huquq bo’yicha bakalavr diplomini olgan.
  1991-yil 3-dekabrda Butros Butros Goliy BMT Bosh Kotibi etib saylanadi va 1992-yil 1-yanvardan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. 
  Butros Butros Goliy o’z faoliyati davrda bir qancha xalqaro huquqiy va xalqaro siyosiy masalalarni  hal etdi, u davlatlar o’rtasidagi diplomatik aloqalarga katta e’tibor beradi.
  Uning ta’kidlashicha, BMT uchun hech qanaqa unchalik qimmatga ega bo’lmagan narsa yo’q, lekin o’zining ish tajribalaridan kelib chiqqan holda u to’rtta tamoyilga asoslanadi.: qo’rqmaslik, tenglik, ixchamlik va vazifani o’z vaqtida bajarish. Beshinchi tamoyil – mustaqillikdir.
 

 
  7.Kofi Annan (1938-yil) – Gana davlat arbobi va diplomati. 
 1961-yildan Gena davlatining Kumasi shahridagi Ilmiy va tehnika  universitetini tamomlagan, Sent – Poli (Minnesota shtati) makalester kollejida  iqtisod fanidan diploma himoya qildi.
 1996-yil 17-dekabrda BMT Bosh Kotibi etib saylandi. Kofi Annan o’zining ko’p chiqishlarida BMTning xalqlar o’rtasidagi tinchlik va xavfsizlik, ijtimoiy  tenglik, qolaversa, eski sarqidlardan qutulish kabi bir qancha shunga o’xshash masalalarini ko’rib chiqdi. Tinchlik va xavfsizlik bo’yicha yangi shunchalar va g’oyalar paydo bo’lishi kerak, deb ta’kidlab, insoniyatning asosiy muammolarini iqtisod bilan bog’laydi. 
  2001-yil Kofi Annan BMT Bosh Kotibligiga qayta saylangan.

  
 
 8.Pan Gi Mun (1944-yil 13-iyun) Janubiy Koreya Respublikasi davlat arbobi va diplomati. 
  Pan Gi Mun Birlashgan Millatlar Tashkilotining joriy bosh kotibidir. Bu mansabga Kofi Annandan so`ng, 2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat bo`lib ishlagan. Diplomatlik karyerasini universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan. 2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri bo`lgan.
 2006-yil 13-oktabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning o`rnini Pan egalladi. 2011-yili Pan bosh kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qo`ygan. 2011-yil 21-iyunida u bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylangan, u bu mansabda 2016-yil 31-dekabrigacha faoliyat yuritadi. 71 yoshli diplomat bugungi kunda 192 ta mamlakatni birlashtirib turuvchi tashkilotning sakkizinchi rahbaridir. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.