1773-yil 17-yanvar kuni Jeyms Kuk tarixda birinchi bo‘lib Janubiy qutb doirasini kesib o‘tdi. 

2 868


Jeyms Kuk mashhur ingliz dengizchi-sayyohi va kartografi, qator yangi yerlarni kashf etgan shaxs hisoblanadi. Dunyo okeanini tadqiq qilish maqsadida amalga oshirilgan Yer shari bo‘ylab uchta aylanma sayohatlarga boshchilik qilgan va talay muhim geografik kashfiyotlar qilgan. Jumladan, sayyoh XVIII asrgacha juda kam o‘rganilgan Nyufaundlend oroli va Kanadaning sharqiy qirg‘oqlarini, Avstraliyani, Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlarini, Tinch, Hind va Atlantika okeanlarini tadqiq etgan va xaritaga tushirgan.

Jeyms Kuk Yer shari bo‘ylab amalga oshirilgan uchta aylanma sayohatga boshchilik qilgan. Jumladan, 1768-1771-yillarda "Indevor” kemasida Tinch okeaniga amalga oshirilgan birinchi ekspedisiya Janubiy materikni topish va Avstraliya qirg‘oqlarini, ayniqsa, uning hali o‘rganilmagan sharqiy qismini tadqiq etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandi.

 
Jeyms Kukning birinchi, ikkinchi va uchinchisayohati

1772-1775-yillarda "Rezolyushn” va "Edvencher” kemalarida Jeyms Kukning ikkinchi ekspdisiyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi Janubiy materikni (Antarktida) topish va Yangi Zelandiya orollarini to‘laroq tadqiq etish edi. Mazkur Yer shari bo‘ylab aylanma sayohat XVIII asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan geografik kashfiyotlar va tadqiqotlar ichida eng ko‘zga ko‘ringan voqea bo‘ldi. Kuk boshchiligidagi ekspedisiya Okeaniya va Janubiy Atlantika orollari xaritalariga aniqlik kiritish, ularning geologiyasi, hayvonot va nabotot olamini o‘rganish bo‘yicha katta hajmdagi tadqiqotlarni amalga oshirgan. Kukning ekspedisiyasi 1773-yilning yanvarida dengiz sayohatlari tarixida birinchi bo‘lib 400 sharqiy uzoqlikda Janubiy qutb doirasini kesib o‘tib, 660 janubiy kenglikdan ham janubroqqa suzishga erishdi. O‘sha yili Janubiy materikni qidirib topish maqsadida yana ikki marta 71 daraja 10’ janubiy kenglikkacha suzib bordi. Birinchi marta usti yassi aysberglarni uchratgan sayyoh ularni "suzib yuruvchi muz orollari”, deb atagan.

1935-yil 17-yanvar - Jondor tumani tashkil etilgan.
Jondor tumani – Buxoro viloyatidagi tuman (1935-yil 17-yanvarda tashkil etilgan. 1962-yil 24 dekabrdan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida bo‘lgan, 1967-yil 9-yanvarda qayta tuzilgan). Jondor tumani janubiy-g‘arbdan Olot, Qorako‘l tumanlari, sharq va shimoliy-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,17 ming km.kv. Jondor tumanida 1 shaharcha (Jondor), 13 qishloq fuqorolari yig‘ini bor. Markazi – Jondor shaharchasi.
 
Tabiati. Jondor tumani Buxoro vohasida Zarafshon daryosi quyi oqimining shimoliy-g‘arbida, cho‘l zonasida joylashgan. Relefi, asosan, tekislik, qisman botqoq va sho‘rxoklar ham bor. Hududining qolgan qismi cho‘l (Urganchcho‘l va O‘rtacho‘l) yaylovlaridan iborat. Tekisliklar bag‘rida alohida do‘ngliklar (Uchbosh, Sho‘rquduq) uchraydi. Iqlimi keskin kontinental, cho‘l iqlimi. Ba’zan, Urganchcho‘ldan garmsel esib turadi. Vegetatsiya davri 218 kun. Bahor sernam, yoz uzoq davom etadi, serquyosh, quruq, jazirama issiq, kuz qisqa va qishi iliq, ba’zan ayozli.

Aholisi, asosan, o‘zbeklar (95,6%); shuningdek, rus, tojik, qozoq, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 
 
Jondor tumanida to‘rtta yirik tarixiy obida mavjud: Mahmud Tarobiy dahmasi (XIII asr), Varaxsha yodgorligi (VII asr), Shahri Islom qal’asi, Qizbibi me’moriy majmuasi (XVI asr). 1935-yildan "Jondor ovozi” gazetasi chiqadi. 

17-yanvar bolalar ixtirolari kuni
17-yanvar – bu qanday kun? Bilasizmi, suv chang'ilarini, issiq quloqchinlarni, yog'och cho'plardagi mevali muzqaymoqlarni va Brayl yozuvini nima birlashtiradi? Ha, shak-shubhasiz bu narsalar bolalar tomonidan ixtiro qilingan. Har yili 500 dan ortiq bolalar va o'smirlar tomonidan turli xil gajetlar, robotlar va texnikalar yaratiladi va o'zgartiriladi. Bolalar tomonidan yaratilgan har bir ixtiro, shubhasiz bizning hayotimizni engillashtiradi va qiziqarli qiladi. Bu kun albatta, bolalarning har tomonlama iqtidorini taqdirlash, ularning harakatini to'g'ri baholash va ularning muvaffaqiyatidan g'ururlanish, bu aynan shunday kundir.

 Bugun dunyo bo'yicha Bolalar ixtirolari kuni qayd qilinmoqda, boshqacha aytganda, ixtirochi-bolalar kuni. Bu kunning ramziyligi yana shundaki, amerikalik mashhur davlat arbobi, diplomat, olim, ixtirochi, jurnalist Bendjamin Franklinning tavallud kunida nishonlanadi. Qizig'i shundaki, Bendjamin Franklin o'zining birinchi ixtirosini ya'ni, qo'lga kiyiladigan bir juft suzish uchun mo'ljallangan last (kurakoyoq)larni 12 yoshida ixtiro qilgan. Keyinchalik u o'zining ilmiy tadqiqotlarini davom ettirib, ko'plab ilmiy tajribalar o'tkazib, dunyo ilm-faniga beqiyos hissa qo'shgan. Bendjamin Franklin «+» va «-» elektr zaryadi holatini ishoralarini kiritdi, chaqmoqning tabiiy elektrligini isbotlab berdi, 1752-yilda yashin qaytargich loyihasini taklif qildi, birinchi bo'lib poroxni portlatish uchun elektr uchqunini qo'lladi, kreslobelanchak tuzilishi uchun patent oldi, 1784-yilda bifokal ko'zoynaklar ixtiro qildi. Bu hali olimning ixtirolari me'rosining bir qismidir. Alyaskaning bayrog'i ham – bolalarning ixtirosidir, yana bolalar ixtirolariga qaytamiz. 

 Bendjamin Franklinning yosh vatandoshi, 13 yoshli Benni Benson 1926-yili Alyaska Davlatining bayrog'i tanloviga o'zining namunasini jo'natgan. Moviy rang – osmon timsoli va bo'tako'z (nezabudka) shtatning rasmiy guli, Katta Ayiq va Qutb yulduzi timsollari bolani g'alabaga olib keldi. Haqiqatdan, Alyaskaning bayrog'i hozir ham zamonaviy ko'rinishda. Batutchi ? Uning yaratilishi ko'rinishidan yuzaki. Mana, 1930 yilda havo gimnastlarining musobaqasini kuzata turib, Djordj Nissen gimnastlarning chiqish oxirida himoya setkasiga sakrayotganiga e'tiborni qaratadi. Odatda shu bilan akrobatlarning chiqishi tugardi, lekin 16 yoshli o'smir o'ylab ko'rib "sakrash moslamasi”ni yaratdi, unda havoga sakrab turli tryuklar bajarsa bo'ladi. Bolalar ixtirolarining oxiri yo'q, masalan, barmoqlarsiz qo'lqoplar, to'rtburchak tagli qog'oz xaltalar, hisoblash mashinasi – bularning hammasini yosh ixtirochilarning zakovati orqali hayotimizga kirib kelgan. Bolalar ixtirolari kuniga ko'plab yana yangi ixtirolar ko'rgazmalari, tanlovlar taqdirlash marosimlari bo'lib o'tadi. Shu kunda hazil-mutoyiba, kulgu va musiqalar yangraydi – chunki ixtirochilik - bu bolalarning kundalik holatidir. Hozirgi kunda turli mamlakatlarda bolalar ixtirolarining ko'rgazmalari, tanlovlari, festivallari bo'lib o'tmoqda. Yosh ijodkorlar diplomlarga, mukofotlarga sazovor bo'lmoqdalar, ularning ota-oanlari esa o'z farzandlarining yutuqlaridan faxrlanib g'ururlanmoqdalar. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.