F - harfiga oid izohli lug`atlar 

11 105

Faktor(lotincha faktor - ishlab chiqaradigan) - biron jarayonning, jumladan, ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonining asosiy sharti.
Faol aholi – o`z mashg`ulotidan kelgan ish haqi hisobiga yashaydigan aholi. Aksariyat mamlakatlarda ishlamasdan, bankka qo`ygan mablag`idan kelgan daromad evaziga yashaydigan kishi­lar ham faol aholi jumlasiga kiritiladi.
Faol qatlam – ko`p yillik muzloq tarqalgan joylarda yer betidan doimiy muzloq qatlamgacha bo`lgan va fasllarga qarab erib va yana muzlab turadigan qatlam.
Farvater(gollandcha faren - suzmoq va vater - suv) – ko`l, dengiz va boshqa suv havzalarida kemaning suzishi uchun xavfsiz bo`lgan, yetarli darajada chuqur qismlar. Daryoda farvater suv eng tez oqadigan chuqur joy. Farrvater mash’al va boshqa belgilar bilan ko`rsatib qo`yiladi.
Fauna (lotincha faunus - Qadimgi Rimda dala va hayvonlar xudosi) - Yer sharida yoki biron hududda geologik o`tmishda yashagan yoki hozir yashayotgan hayvonlar majmui (Masalan, O`rta Osiyo faunasi, dengiz fau­nasi); ayrim hayvon turlari ham fauna deyiladi (qushlar faunasi, hasharotlar faunasi).
Fauna komplekslari - ma’­lum bir geografik hududda pay­do bo`lib, umumiy areal hosil qilgan hamda hozirgi yashash sha­roiti bir xil bo`lgan hayvonlar guruhi. Masalan, O`rta Osiyo qumli cho`llarining fauna komplekslari, Zakavkaze nam subtropiklarining fauna komplekslari, tundra fauna komplekslari va h.k.
Faunistik rayonlashtirish, zoogeografik rayonlash­tirish - Yer sharini (ko`pincha quruqlikni) fauna tarkibi yoki hayvonot dunyosi xususiyatlariga qarab rayonlashtirish. Faunistik rayonlashtirishning asosiy regional birliklari: quruqlik (materik), zoogeografik o`lka, zoogeogra­fik kichik o`lka, zoogeografik provinsiya, okrug va uchastkalardir. Masalan, Yer shari 6 zoogeografik o`lka - Golarktika, Hind-Malayya, Avstraliya, Efiopiya, Neotropik va Antark­tika o`lkatlariga bo`linadi. Golarktika o`lka, o`z navbatida, quyidagi 7 o`lkachaga bo`linadi: Arktika, Sirkumboreal, O`rta den­giz bo`yi, Markaziy Osiyo, Xitoy-Himolay, G`arbiy Amerika va Sharqiy Amerika.
Fatsiya(lotincha fatsiyes - qiyofa) - 1) litogenez sharoiti bir xil bo`lgan hududda qisqaroq vaqtda vujudga kelgan tog` jin­si; 2) cho`kindi jins yotqiziqlari paydo bo`lgan sharoit, Masalan, ko`l fatsiyasi, dengiz fatsiyasi va h.k.
Federatsiya, federativ davlat (lotincha federatsio - ittifoq) - bir necha davlatning bitta davlat bo`lib birlashishi. Federatsiyaga birlashgan davlatlar mustaqilligini saqlaganlari holda yagona federativ davlat organlariga, yagona armiyaga, yago­na fuqarolikka ega. Qonunlari federatsiyaning butun hududi uchun majburiydir. 
Fenologiya(yunoncha fenome­na - hodisa, logos - fan) - yil fasllarining almashinishi va ob-havoning o`zgarishi munosabati bilan organik va anorganik tabiatning mavsumiy taraqqiyotini o`rganadigan fan; masalan, suvlarning muzlash va muzdan tushish, o`simliklarning ko`rtak chiqarish, gullash muddatlari, qushlarning uchib kelish va uchib ketish muddatlarini fenologiya o`rganadi.
Fyon– tog`li o`lkalarda tog`lardan esadigan issiq va quruq shamol. Shamol tepadan pastga tushayotganda havo sizib quriydi va uning issiqligi namning bug`lanishi uchun sarflanmaydi. Fyon Alp tog`larida, Kavkazda va O`rta Osiyo tog`larida kuzatiladi.
Ferroqotishma(lotincha ferrum-temir) - temirning marga­nets bilan (ferromarganets), krem­niy bilan (ferrosilitsiy), xrom bilan (ferroxrom), volfram bi­lan (ferrovolfram), molibden bilan (ferromolibden) va boshqa ele­mentlar bilan qotishmalari. Ferroqotishma po`lat eritib olish, erigan metallardan kislorodni chiqarib tashlash va metallga biron xossa be­rish uchun ishlatiladi.
Firi (qadimgi nemischa fir­na- bulturgi) - muz donachalaridan iborat zichlashgan havo rang qor. Firi qor bilan muz oralig`idagi bosqich bo`lib, tog`li o`lkalarda qor chizig`idan yuqorida va qutbiy o`lkalarda, ya’ni aksari qor yog`adigan va yozda erib ulgurmaydigan joylarda hosil bo`ladi. Firn (nemischa o`tgan yilgi, eski) - qorning qichlashib, qayta kristallashishi oqibatida hosil bo`lgan donador muz. U yana zichlashib muzga aylanadi.

Flishlar - o`rtacha balandliklardagi tog`lar. 

Fitotsenoz (yunoncha fito - o`simlik, senoz - umumiy) - yer yuzasining tabiati bir xil bo`lgan qismida o`sadigan, o`zaro va tevarak atrofdagi muhit sharoiti bilan chambarchas aloqada bo`lgan o`simlik turkumlari.
Fitotsenologiya(yunoncha fi­to - o`simlik, senoz - umumiy, logos - fan) - biologiya bilan geografiya oralig`idagi fan; fitotsenozlarni (o`simlik turkumlarini) o`rganadi.
Flora (lotincha flora - gul va bahor ma’budasi) - Yer sharining biron qismida o`sayotgan (hozirgi flora) yoki biron geologik davrda o`sgan (qazilma flora) o`simlik turlarining tarixan tarkib topgan majmui. Masalan, O`zbekiston florasi, Osiyo florasi, bo`r davri florasi va h.k.
Floristik rayonlashtirish, fitogeografik rayon­lashtirish - Yer sharini turli hududlarining florasi xususiyatlariga qarab rayonlashtirish. Floristik rayonlashtirishning asosiy regianal birliklari: floristik zona, o`lka, kichik o`lka, provin­siya, uchastka, okrug va rayon. Masalan, O`rta Osiyoda quyidagi 7 ta provinsiya ajratiladi: 1) Turon cho`l provinsiyasi; 2) Markaziy Qozog`iston provinsiyasi; 3) Ja­nubiy Turkiston provinsiyasi; 4) Turkmaniston-Eron provinsiyasi; 5) Jung`oriya-Tyanshan provinsiya­si; 6) Markaziy Tyanshan provin­siyasi; 7) Pomir-Tibet provinsiya­si. Turon cho`l provinsiyasi, o`z navbatida, Qoraqum, Misriyon, Janubiy Qizilqum va Buxoro okruglariga bo`linadi.
Flyuger(gollandcha flyugel - qanot) - shamolning yo`nalishi va tezligini aniqlaydigan asbob. Shamol ta’sirida vertikal o`qda aylanadigan flyugarka shamolning yo`nalishini ko`rsatadi. Shamol­ning tezligi metall taxtachaning vertikal holatdan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi, yoy hosil qilgan shtift nomeri shamolning sekundiga necha metr esganligini bildiradi.
Flyus - domna pechda ruda bi­lan yoqilg`i qatlamlari orasiga solinadigan modda ohaktosh, qum, dolomit va b.) qorishmasi. Flyus solinganda ruda orasidagi turli aralashmalar (bekorchi jins) bilan birga metallda oson ajraladigan shlak hosil qiladi.
Fosforit- fosfor birikmalariga boy cho`kindi tog` jinsi. Asosan fosforli o`g`it (fosforit uni, ammofos, superfosfat, tomasshlak va b.) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Fosforitdan bir qancha nodir metallar olinadi. Kon­lari - MDHda (Qozog`iston, Rossiya), AQSh (Flo­rida, Qoyali tog`lar), Shimoliy Afrika va b.
Fraxt - yuk va fuqarolar tashilganligi uchun transport vo­sitalari egasiga to`lanadigan haq. Fraxt tushunchasi dengiz orqali yuk tashishga nisbatan ko`proq ishla­tiladi.
Front, atmosfera fronti - fizik xossasi turlicha bo`lgan ikki havo massasi orasidagi chegara. Front harakat qilayotgan havo massalari orasida gorizont tekisligi bilan 1 darajadan kam bur­chak ostida kesishadi. Frontning eni bir necha o`n km, balandligi bir necha yuz metr, uzunligi bir necha yuz km bo`ladi. Sovuq havo ustida issiq havo yuqoriga ko`tarilishi na­tijasida bulutli front sistemalari paydo bo`ladi. Front o`tayotganda joy­da ob-havo ozmi-ko`pmi keskin o`zgaradi.

Fumarola(italyancha fumarola - vulkanning tutunli teshigi) - vulkan kraterlaridan yoki shlak bilan qoplangan lava oqimidan gaz va bug`lar chiqib turgan joy.
Feld- Skandinaviya yarim orolida tundra o`simliklari yoki muzliklar bilan qoplangan tepasi yassi tog`lar.
Ford - dengizlarning qirg`oqlari tik,  ko`pincha qoyali tog`, chuqur qo`ltiqlari. Daryo vodiylarini va soylarni muz o`yib keti­shi, so`ngra ularni dengiz suvi bosishi natijasida hosil bo`lgan. Uzunligi yuzlab kilometrga, chuqurligi 1000 metrga yetadi va un­dan ham oshadi. Grenlandiya, Nor­vegiya, Janubiy Amerikaning janubi-g`arbiy qirg`oqlarida fordlar ko`p. Ford- dengizlarning qirg`oqlari tik, ko`pincha qoyali, tor, chuquqr qo`ltiqlari.

Fyon - tog`li o`lkalarda tog`dan vodiyga esuvchi iliq va quruq shamol.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.