R -harfiga oid izohli lug`atlar
Rabod - O`rta asrlarda Sharqdagi shaharlarning savdo
va hunarmandlik do`konlari joylashgan qismi. Joy nomlari tarkibida ko`p
uchraydi.
Rabot- dastlab islom dini tarqala boshlagan davrlarda harbiylar
uchun mo`ljallab qurilgan bino, istehkom. Keyinchalik karvonsaroy (mehmonxona)
ma’nosini ham anglatgan. Rabot atamasi ko`plab joy nomlari hosil qilgan.
Radiatsiya balansi, qoldiq radiatsiya - Yer yuzasiga tushadigan yalpi
quyosh radiatsiyasidan shu yuza tarqatgan effektiv nurlanishning ayirmasi. Radiatsiya
balansi yer yuzasi issiqlik balansining muhim ko`rsatkichi bo`lib, kal/s.kv da ifodalanadi. Radiatsiya balansi daqiqa, oy va
yil uchun hisoblab chiqarilishi mumkin. MDH hududida yillik radiatsiya balansi
shimolda 10 kal/sm.kv dan janubda 50- 52 kal/sm.kv gacha. Radiatsiya balansi odatda kechasi va qishda
manfiy, kunduzi va yozda musbat bo`ladi.
Radiozond - havo bosimi, harorati,
namligini o`lchashga xizmat qiladigan meteorologik asboblarni havoga
ko`tarib chiqarish uchun ichiga yengil gaz to`ldirilgan rezina shar. O`lchash natijalari radioto`lqinlar orqali
yerdagi radiopriyomnikka xabar qilib turiladi. Radiozond 30-35 km
gacha ko`tariladi.
Rayon (fransuzcha rayon -
bir nuqtadan taralgan) - biron-bir xususiyatlariga qarab ajratiladigan hudud; iqtisodiy,
tabiiy geografik, ma’muriy rayonlar bo`ladi; masalan, o`zining iqtisodiy-geografik
o`rni, ixtisoslashishi va ishlab chiqarishining proporsionalligi hamda o`zaro bog`liqlik
darajasi bilan farq qiladigan hudud iqtisodiy rayon
deyiladi.
Rayonlar - ajratishda asos qilib olingan umumiy xususiyatlariga ko`ra bir-biridan farq qiladigan hududlar.
Rayonlashtirish - hududda ma`lum qonuniyat asosida joylashgan va xususiyatlariga ko`ra geografik o`rniga bog`liq bo`lgan narsa va hodisalarni ilmiy asosda sistemaga solishga aytiladi.
Rangli
metallurgiya - temirdan boshqa barcha metall rudalari qazib
chiqarish, boyitish va metallar
ishlab chiqarish. Rangli metallar 4 guruhga bo`linadi: 1) og`ir metallar - mis,
nikel, qo`rg`oshin, qalay, kobalt, mishyak, simob va b.; 2) yengil metallar -
alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, kaliy va b.; 3) asl metallar -
oltin, kumush, platina, osmiy va b.; 4) nodir metallar - volfram, molibden
(tarqoq metallar - talliy, galliy, germaniy va boshqalar), siyrak yer
elementlari (lantan), radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy,
uran va boshqalar). Rangli metall rudalari tarkibida odatda metall kam miqdorda
bo`ladi (masalan, mis rudasi tarkibida 1 % mis bo`lsa, qazib olinadi); shuning uchun rudalar boyitiladi. Ruda -
tarkibida ko`pincha bir necha metall
bo`ladi va oltingugurt uchraydi.
Rapa– sho`r ko`l suvi.
Regionallik (inglizcha region - mintaqa, o`lka) - geografik qobiqda tabiat komplekslarining zonallik zonuniyatiga asoslanmagan holda tarqalishi. Masalan, o`lkalar, okruglar, rayonlar va h.k.
Regresiya - quruqlikning ko`tarilishi yoki okean suvining kamayishi tufayli dengiz suvining uzoq vaqt davomida quruqlikdan chekinishi.
Peg- qum, qumloq, qumli joy. O`rta Osiyodagi shaharlarda
jamoat to`planadigan markaziy maydonlarga quruq bo`lsin deb yerga qum solib qo`yilgan.
Bunday joylar registon, ya’ni qumli joy deb atalgan.
Region (lotincha
regio - o`lka) - yirik hududiy
birlik (masalan, tabiiy, iqtisodiy, siyosiy rayon); Region odatda rayonga
nisbatan kattaroq bo`ladi.
Regional
geografiya - ayrim materiklar, mamlakatlar, ma’muriy
birliklar (respublika, milliy okrug va h.k.) yoki tabiiy geografik birliklar (o`lka,
zona, provinsiya, okrug, rayon va h.k.) geografiyasi. Regional geografiyada hududlar
tabiati, xo`jaligi va aholisining mahalliy (shu joyga xos) xususiyatlarini
ajratib ko`rsatishga alohida e’tibor beriladi.
Regional
landshaft komplekslari - yer yuzasida faqat bir joyda
uchrab, boshqa joyda aynan takrorlanmaydigan tabiiy hududiy komplekslar. Ular
strukturasining o`ziga xosligi va paydo bo`lishi jihatidan bir butunligi
(yaxlitligi) bilan ajralib turadi. Tabiiy geografik rayonlashtirish birliklari:
tabiiy geografik o`lka, zona, provinsiya, okrug va
rayon gegional landshaft komplekslariga misoldir.
Regional tabiiy geografiya - tabiiy geografiyaning uch asosiy
tarmog`i (umumiy tabiiy geografiya, regional tabiiy geografiya va tabiiy
komponentlar geografiyasi)dan biri, tabiiy hududiy kompleks (geokompleks,
landshaft) haqidagi fan. Regional tabiiy geografiya geografik qobiqning turli
katta-kichiklikdagi komplekslarini, ularning tarkibi, strukturasi va
rivojlanishiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlarini, tabiiy sharoit va
resurslarining regional xususiyatlari hamda ulardan oqilona foydalanish yo`llarini
o`rganadi. Regional tabiiy geografiya bilan landshaftshunoslikning
mazmuni bir, ya’ni bir-birining sinonimi degan fikr tobora keng yoyilmoqda.
Regional tabiiy geografiyaning rivojlanishi
landshaftlar sathidagi ta’limotning, tabiiy geografik rayonlashtirish muammosining
va hududlarni tabiiy geografik tasvirlash metodikasining rivojlanishi bilan bog`liqdir.
Registon- qumli joy, qumli yer.
Regressiya- dengizning chekinishi. Regressiya quruqlikning ko`tarilishi
yoki okean tubining cho`kishi, yoinki, okean havzasida suv hajmining kamayishi oqibatida
ro`y beradi.
Rezervatsiya,
rezervat (lotincha rezervo -
saqlayman) - mamlakatning tub-joy aholisi majburan haydab chiqariladigan
rayonlar: AQShda indeetslar, JARda - afrikaliklar, Avstraliyada aborigenlar
uchun rezervatsiya ajratilgan.
Rekultivatsiya (lotincha re- qaytadan,
yangitdan, lotincha kultivo -
ekib obod qilaman) - kishilar faoliyati (konlar qazish, gidroinshootlar qurish,
o`rmonlarni kesish, shaharlar bunyod etish va b.) natijasida ekin bitmaydigan bo`lib
qolgan yerlarning unumdorligini
tiklash.
Relyef– yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi notekisliklar yig`indisi. Yunoncha ko`tarilaman degani.
Reliktlar (lotincha reliktuk -
qoldiq) - ilgarilari keng hududda tarqalib hozir kichik maydonda qolgan yoki asosiy arealidan ajralgan o`simlik
va hayvon turlari. O`tmish geologik davrlarning fauna va flora qoldiqlari ham relektlar
deyiladi.
Reylef
(fransuzcha reylef –
ko`taraman) - yer yuzasi shakllari: tog`lar, tekisliklar, pasttekisliklar,
adirlar, yassi tog`liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar, botiqlar, soyliklar,
jarlar va b.
Repatriantlar (lotincha repatriatsiya -
vatanga qaytish) - asirlikdan va majburiy kuchirib ketilganlikdan so`ng o`z
vataniga qaytib kelgan kishilar.
Respublika (lotincha respublika -
jamoat ishi) - oliy davlat hokimiyati muayyan muddatga saylanadigan saylov
organi qo`lida bo`lgan idora usuli.
Reeksport (re - qaytadan) - mamlakatga oldin
keltirilgan xom ashyo, tovarlarning boshqa mamlakatlarga sotish uchun shu
mamlakatdan chiqarilishi.
Riolit– lavaning ikkinchi nomi.
Ritmlar,
ritmlilik - tabiiy hodisa va
jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Ritmlar
davriy va siklli bo`ladi. Davriy ritmlar hodisa va jarayonlarning aniq bir
(deyarli teng) vaqt davomida takrorlanib turishini, siklli ritmlar esa turli
muddatda takrorlanib turishini aks ettiradi. Davriy ritmlarga
- kun bilan tunning, yil fasllarining almashinishi, siklli ritmlarga esa
iqlim tebranishlari (o`rtacha har 2-3, 5-6, 11, 22-23,
30-35, 80-90 yilda va h.k.),
ko`l suvlari sathining tebranishlari, muzliklarning
bosib kelishi va qaytishi misoldir. Ritmlar geografik qobiq rivojlanishining muhim
qonuniyatlaridan biri bo`lib, ularni o`rganish tabiiy hodisa
va jarayonlarni bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega.
Landshaftlar bir-biridan tarkibi va strukturasi jihatdangina emas, balki
ulardagi jarayonlarning ritmikasi xarakteri bilan ham ajralib turadi.
Rif- suvi sayoz joylarda dengiz tagidagi yoki suv
yuzasiga chiqib turgan balandliklar. Dengiz tubidagi qoyalar yoki qirg`oqlarning
yemirilishidan, yoinki marjon qurilmalaridan hosil bo`ladi. Marjon riflari qirg`oq
yaqinida bo`lsa, qirg`oq riflari
deyiladi (dengiz suvi qaytganda bunday riflar butunlay ko`rinib qoladi), qirg`oqdan
uzoqda bo`lsa, to`siq riflar
deyiladi; Masalan, Avstraliyaning shimoli-sharqiy qirgog`i yaqinidagi Katta To`siq
rifi 2000 km cho`zilgan. Riflar - suv osti ohaktosh qoyalari.
Rizosfera– o`simlik ildizlariga bevosita tegib turadigan tuproq qatlami. Mikroorganizmlarga boy qatlam.
Rosh- ekinlarni juyaksiz sug`organda pollarni bir-biridan
ajratish uchun yasalgan marza, ko`tarma. Buxoro viloyati G`ijduvon, Shofrikon,
Vobkent tumanlarida ko`p qo`llaniladi. Rosh bellik, chel deb ham ataladi.
Rub’i
maskun (arabcha-obod chorak)-
Yer sharidagi quruqlikning kishilar yashaydigan obod qismi.
Rud (tojikcha rud) - suv, daryo, ariq, kanal. Joy nomlari tarkibida ko`p uchraydi: Shoxrud, Harirud
va h.k.
Ruda -
sanoatda foydalanish uchun yaroqli miqdorda metallar yoki ularning
birikmalarini o`z ichiga olgan tog` jinslari. Tarkibida nometall foydali qazilmalar
bo`lgan tog` jinslari ham ruda deyiladi, masalan, asbest rudasi, grafit
rudasi, apatit rudasi va b.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.