X - harfiga oid izohli lug`atlar
Xalq
xo`jaligi - biron mamlakatning ishlab chiqarish va mehnatining
barcha sohalarini qamrab oladigan xo`jalik. Xalq xo`jaligi mamlakatning
sanoati, qishloq xo`jaligi va transportinigina emas, aloqa, bank, savdo-sotiq
korxonalarini ham o`z ichiga oladi.
Xalqaro
geofizik yil – 1957-yil 1-iyuldan
1958-yil 31-dekabrgacha
o`tgan davr; ana shu davr davomida kelishilgan dasturlar asosida turli
mamlakatlarning olimlari Yerni tadqiq etishgan. Bu «yil»- ikki marta o`tkazilgan
Xalqaro qutbiy yillar (1882-1883 va
1932-1933) davomidir. Yer
sharini tadqiq qilishda 65 mamlakat,
jumladan Antarktidani o`rganishda 12 mamlakat olimlari ishtirok etdilar.
Maxsus ekspeditsiyalar okean va dengizlarni o`rganib, yangi suv osti tizmalari,
o`ta chuqur botiqlarni, fanga noma’lum bo`lgan 200 dan ortiq hayvon turini
kashf etdilar. 3-Xalqaro geofizik yilda yangi tadqiqot usullari joriy qilindi;
aviatsiya, raketa, sun’iy yuldoshlar, suv osti fotografiyasi va boshqalardan
foydalanildi. 3-Xalqaro geofizik yil davrida barcha ekspeditsiyalarning
materiallari ikki markazda - Moskva bilan Vashingtonda yig`ildi va
saqlandi. 3-Xalqaro geofizik yil tugagandan so`ng
xalqaro ilmiy kuchlar yordamida yer bilan kosmik fazoni o`rganish davom etmoqda.
Xalqaro
mehnat taqsimoti - ijtimoiy hududiy mehnat taqsimotining
oliy formasi, ayrim
mamlakatlarning almashish (sotish) uchun muayyan turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashishi.
Xobub (arabcha
xobub - chang) - Sudanda ko`pincha yoz vaqtida tez-tez bo`lib
turadigan qum, chang bo`roni.
Xom
ashyo -
ishlab chiqarish uchun mehnat sarf bo`lgan, lekin hali ishlov berilmagan yoki qayta
ishlanmagan material yoki mahsulotlar. Xom ashyo ishlov beruvchi sanoat uchun
dastlabki materialdir. Energetika yoqilg`isi xom ashyosi (neft, tabiiy gaz, ko`mir,
yonuvchi slanets, uran), metallurgiya xom ashyosi (turli metall rudalari,
barit, plavik shpat, oltingugurt), texnik xom ashyo (olmos, grafit, slyuda) va
sun’iy xom ashyolar bo`ladi. Qishloq xo`jaligi, o`rmon, baliq sanoati xom
ashyolari – g`alla va texnika ekinlari, yog`och-taxta, g`usht, baliq, sut, xom
teri, jun va b. Ishlov berilgan, lekin hali tayyor mahsulot hisoblanmagan
(tayyor mahsulotga aylanishi uchun yanada ishlanadigan) Xom ashyo yarim
fabrikat deb ataladi.
