H - harfiga oid izohli lug`atlar 

21 000

Havo massasi - troposfera havosining harorati, namligi, harakat yo'nalishi va boshqa xususiyatlari bir xil bo'lgan katta hajmdagi qismi. Havo massalari - troposfera havosining bir-biridan harorat, nam­lik, harakat yo`nalishi va boshqa xu­susiyatlari bilan farqlanadigan katta qismlari. Havo massalarining harorati, namligi va boshqa xossalari sekin-asta o`zgaradi. Bir havo massasidan ikkinchi havo massasiga o`tganda bu xususiyatlar keskin almashinadi.O`zaro tutash ikki havo massa­si orasidagi chegara atmosfe­ra fronti deyiladi. Dengiz ustida shakllanadigan dengiz havo massasi va quruqlik ustida shakllana­digan kontinental havo massasi bo`ladi. Quyidagi havo massalari mavjud: 1) Arktika va Antarktika havo massalari. 2) o`rtacha kenglik havo massalari. (Qutbiy havo massalari) 3) tropik havo massalari. 4) ekvatorial havo massalari. (havosi issiq va sernam) bo`ladi. Havo massalarining boshqa hududlardan kirib kelishi ob-havoga ta’sir ko`rsatadi Shu sababli havo massalari xos­salari va ularning harakatini o`rganish ob-havoni oldindan aytib berishda katta ahamiyatga ega. 


 

Harorat inversiyasi - atmosferaning biror qatlamida yuqoriga ko`tarilgan sari haroratning ortishi. Harorat inversiyasi havoning yer yuzasiga yaqin qismida va erkin atmosferada ro`y berishi mum­kin. Yer yuzasi yaqinidagi harorat inversiyasi tuproqning va undan keyin yer ustidagi havoning qattiq sovub ketishidan bo`ladi. Soyliklarda sovuq havo turib qolib ham inver­siya ro`y beradi. Erkin atmosferadagi inversiya troposferadan stratosferaga o`tishda, stratosferada ro`y beradi. Inversiyada havo harorati 10-15 daraja ortishi mumkin.


Harakatchan kapillyar suv - tuproqdagi kapillyar naychalarda suv ko`payib, erkin harakat qiladigan kapillyar suv. Kapillyar naychalardagi suv ko`paysa, u er­kin harakat qila boshlaydi hamda o`simlik oson o`zlashtira oladi.


Hududiy ishlab chiqarish komplekslari, ishlab chiqarish hududiy kom­plekslari - jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini hududlar bo`ylab joylashtirish formasi bo`lib, fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ishlab chiqaruvchi kuchlarni taraqqiy ettirish vazifalariga mos tushadi. Hududiy ishlab chiqarish komplekslari iqtisodiy ray­on xo`jaligining tarkibiy qismi hisoblanadi va o`zaro bog`langan sanoat va qishloq xo`jaligi korxonalari majmuidan iborat; Hududiy ishlab chiqarish komplekslari muayyan hududda (ma’muriy chegaraga mos kelishi shart emas) tarkib topadi, hududiy mehnat taqsimoti sistemasida faol ishtirok etadi.


Hududiy suvlar - dengiz yoki okeanning yon-veridagi davlat sohiliga yaqin joylashgan va shu davlatning milliy hududi hisoblanadigan qismi. Hududiy suvlarning kengligi sohildagi davlat tomo­nidan yoki xalqaro bitim bilan belgilanadi.


Hovar - tekis joy. Tekis, keng yer, tep-tekis joy hovarlik deb yuritiladi (Surxondaryo vodiysida). 


Hovuz - O`rta Osiyoning suv tanqis joylarida suvni saqlash uchun qaziladigan kichik suv ombo­ri. Hovuzlar odatda to`g`ri to`rtburchak shaklida qazilgan.


Homa- gryada, qator tepa, uzun cho`zilgan balandlik. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. Masalan, qum homalari (gryadalari).


Hosildorlik- bir ga ekin maydonidan S hisobida olingan qishloq xo`jaligi mahsuloti miqdori.


Hut- 1) Zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi; 2) Shamsiya (Quyosh yili) hisobidagi o`n ikkin­chi oy, 22-fevraldan 21-martgacha davom etadi. Quyosh bu vaqtda os­mon sferasida Hut yulduzlar turku­midan o`tadi. Hut qishning oxirgi oyi. «Yaxshi kelsa hut, yomon kelsa yut» maqoli bor. Hut oyi yaxshi kelganda qorlar erib, kunlar isib ketadi, chorvani haydab boqsa bo`ladi. Ba’zan sovuq kelib, avji yem-xashak tugagan vaqtda chorva mollarini haydab boqish qiyin bo`lib, yut bo`ladi. 


Havo namligi - havodagi suv bug`lari miqdori. Havo qancha is­siq bo`lsa, unda suv bug`lari shuncha ko`p bo`lishi mumkin. Agar havo muayyan haroratda suv bug`larini boshqa yuta olmasa, to`yingan havo, havo namni yuta oladigan bo`lsa, quruq havo deyiladi. Agar to`yingan havo sovusa, suv bug`lari tomchilarga (shudring, tuman, bulut) ayla­nadi. 5 m.kub havo tarkibidagi suv bug`larining gramm, hisobidagi miqdori havoning muqlaq nam­ligi deyiladi. Havodagi suv bug`lari miqdorining ayni haroratda to`yingan havo uchun zarur bo`lgan suv bug`lari miqdoriga nisbati havoning nisbiy namligi deyiladi va foiz hisobida ifodalanadi. Masalan, agar 0 daraja haroratda 1 m.kub havoda 3 g suv bug`i bo`lsa, to`yinishi uchun esa 5 g so`z bug`i talab qilinsa, bunda nisbiy namlik 3/5 x 5/5 x 100= =60 % ga teng bo`ladi. 

Masalan, 1 m.kub havoda suv miqdori quyidagicha:

Harorat 1 m.kub da suv miqdori
-20 1 gr
-10 2 gr
-5 3 gr
0 5 gr
+10 9 gr
+20 17 gr
+30 30 gr
+40 51 gr
  

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.