R -harfiga oid izohli lug`atlar 

21 491

Rabod - O`rta asrlarda Sharqdagi shaharlarning savdo va hunarmandlik do`konlari joylash­gan qismi. Joy nomlari tarki­bida ko`p uchraydi.

Rabot- dastlab islom dini tarqala boshlagan davrlarda harbiylar uchun mo`ljallab qurilgan bino, istehkom. Keyinchalik karvonsaroy (mehmonxona) ma’nosini ham anglatgan. Rabot atamasi ko`plab joy nomlari hosil qil­gan.

Radiatsiya balansi, qoldiq radiatsiya - Yer yuzasiga tusha­digan yalpi quyosh radiatsiyasidan shu yuza tarqatgan effektiv nurlanishning ayirmasi. Radiatsiya balansi yer yuza­si issiqlik balansining muhim ko`rsatkichi bo`lib, kal/s.kv da ifodalanadi. Radiatsiya balansi daqiqa, oy va yil uchun hisoblab chiqarilishi mumkin. MDH hududida yillik radiatsiya balansi shimolda 10 kal/sm.kv dan janubda 50- 52 kal/sm.kv gacha. Radiatsiya balansi odatda ke­chasi va qishda manfiy, kunduzi va yozda musbat bo`ladi.

Radiozond - havo bosimi, harorati, namligini o`lchashga xizmat qiladigan meteorologik asboblarni havoga ko`tarib chiqarish uchun ichiga yengil gaz to`ldirilgan rezina shar. O`lchash natijalari radioto`lqinlar orqali yerdagi radiopriyomnikka xabar qilib turiladi. Radiozond 30-35 km gacha ko`tariladi.

Rayon (fransuzcha rayon - bir nuqtadan taralgan) - biron-bir xususiyatlariga qarab ajratiladigan hudud; iqtisodiy, tabiiy geografik, ma’muriy rayonlar bo`ladi; masalan, o`zining iqtisodiy-geografik o`rni, ixtisoslashishi va ishlab chiqarishining proporsionalligi hamda o`zaro bog`liqlik darajasi bilan farq qiladigan hudud iqtisodiy rayon deyiladi.

Rayonlar - ajratishda asos qilib olingan umumiy xususiyatlariga ko`ra bir-biridan farq qiladigan hududlar.

Rayonlashtirish - hududda ma`lum qonuniyat asosida joylashgan va xususiyatlariga ko`ra geografik o`rniga bog`liq bo`lgan narsa va hodisalarni ilmiy asosda sistemaga solishga aytiladi.

Rangli metallurgiya - temirdan boshqa barcha metall rudala­ri qazib chiqarish, boyitish va metallar ishlab chiqarish. Rangli metallar 4 guruhga bo`linadi: 1) og`ir metallar - mis, nikel, qo`rg`oshin, qalay, kobalt, mishyak, simob va b.; 2) yengil metal­lar - alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, kaliy va b.; 3) asl metallar - oltin, kumush, platina, osmiy va b.; 4) nodir me­tallar - volfram, molibden (tarqoq metallar - talliy, gal­liy, germaniy va boshqalar), siy­rak yer elementlari (lantan), ra­dioaktiv metallar (poloniy, ra­diy, aktiniy, toriy, uran va boshqalar). Rangli metall rudalari tarkibida odatda metall kam miqdorda bo`ladi (masalan, mis ruda­si tarkibida 1 % mis bo`lsa, qa­zib olinadi); shuning uchun ruda­lar boyitiladi. Ruda - tarkibida ko`pincha bir necha metall bo`ladi va oltingugurt uchraydi.

Rapa– sho`r ko`l suvi.

Regionallik (inglizcha region - mintaqa, o`lka) - geografik qobiqda tabiat komplekslarining zonallik zonuniyatiga asoslanmagan holda tarqalishi. Masalan, o`lkalar, okruglar, rayonlar va h.k.

Regresiya - quruqlikning ko`tarilishi yoki okean suvining kamayishi tufayli dengiz suvining uzoq vaqt davomida quruqlikdan chekinishi.

Peg- qum, qumloq, qumli joy. O`rta Osiyodagi shaharlarda jamoat to`planadigan markaziy maydonlarga quruq bo`lsin deb yer­ga qum solib qo`yilgan. Bunday joylar registon, ya’ni qumli joy deb atalgan.

Region (lotincha regio - o`lka) - yirik hududiy birlik (masalan, tabiiy, iqtisodiy, siyosiy rayon); Region odatda rayonga nisbatan kattaroq bo`ladi.

Regional geografiya - ayrim materiklar, mamlakatlar, ma’mu­riy birliklar (respublika, milliy okrug va h.k.) yoki tabiiy geografik birliklar (o`lka, zona, provinsiya, okrug, rayon va h.k.) geo­grafiyasi. Regional geografiyada hududlar tabiati, xo`jaligi va aholisining mahalliy (shu joyga xos) xususiyatlarini ajratib ko`rsatishga alohida e’tibor beriladi.

Regional landshaft komplekslari - yer yuzasida faqat bir joyda uchrab, boshqa joyda aynan takrorlanmaydigan tabiiy hududiy komplekslar. Ular strukturasining o`ziga xosligi va paydo bo`lishi jihatidan bir butunligi (yaxlitligi) bilan ajralib turadi. Tabiiy geografik rayonlashtirish birliklari: tabiiy geografik o`lka, zona, provinsiya, okrug va rayon gegional landshaft komplekslariga misoldir.

Regional tabiiy geografiya - tabiiy geografiyaning uch asosiy tarmog`i (umumiy tabiiy geogra­fiya, regional tabiiy geografiya va tabiiy komponentlar geogra­fiyasi)dan biri, tabiiy hududiy kompleks (geokompleks, landshaft) haqidagi fan. Regional tabiiy geografiya geografik qobiqning turli katta-kichiklikdagi komplekslarini, ularning tarkibi, strukturasi va rivojlanishiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlarini, tabiiy sharoit va resurslarining regional xu­susiyatlari hamda ulardan oqilona foydalanish yo`llarini o`rganadi. Regional tabiiy geografiya bilan landshaft­shunoslikning mazmuni bir, ya’ni bir-birining sinonimi degan fikr tobora keng yoyilmoqda.
 Regional tabiiy geografiyaning rivojlanishi landshaftlar sathidagi ta’limotning, tabiiy geografik rayonlashtirish muammosining va hududlarni tabiiy geografik tasvirlash metodikasining rivojla­nishi bilan bog`liqdir.

Registon- qumli joy, qumli yer.

Regressiya- dengizning chekinishi. Regressiya quruqlikning ko`tarilishi yoki okean tubining cho`kishi, yoinki, okean havzasida suv hajmining kamayishi oqibatida ro`y beradi.

Rezervatsiya, rezervat (lotincha rezervo - saqlayman) - mamlakatning tub-joy aholisi majburan haydab chiqariladigan rayonlar: AQShda indeetslar, JARda - afrikaliklar, Avstraliyada aborigenlar uchun rezervatsiya ajratilgan.

Rekultivatsiya (lotincha re- qaytadan, yangitdan, lotincha kultivo - ekib obod qilaman) - kishilar faoliyati (konlar qazish, gidroinshootlar qurish, o`rmonlarni kesish, shaharlar bunyod etish va b.) natijasida ekin bitmaydigan bo`lib qolgan yerlarning unumdorligini tiklash.

Relyef– yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi notekisliklar yig`indisi. Yunoncha ko`tarilaman degani.

Reliktlar (lotincha reliktuk - qoldiq) - ilgarilari keng hududda tarqalib hozir kichik maydonda qolgan yoki asosiy arealidan ajralgan o`simlik va hayvon turlari. O`tmish geologik davrlarning fauna va flora qoldiqlari ham relektlar deyiladi.
Reylef (fransuzcha reylef – ko`taraman) - yer yuzasi shakllari: tog`lar, tekisliklar, pasttekisliklar, adirlar, yassi tog`liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar, botiqlar, soyliklar, jarlar va b.

Repatriantlar (lotincha re­patriatsiya - vatanga qaytish) - asirlikdan va majburiy kuchirib ketilganlikdan so`ng o`z vataniga qaytib kelgan kishilar.

Respublika (lotincha respub­lika - jamoat ishi) - oliy dav­lat hokimiyati muayyan muddatga saylanadigan saylov organi qo`lida bo`lgan idora usuli. 

Reeksport (re - qaytadan) - mamlakatga oldin keltirilgan xom ashyo, tovarlarning boshqa mamlakatlarga sotish uchun shu mamlakatdan chiqarilishi.

Riolit– lavaning ikkinchi nomi. 

Ritmlar, ritmlilik - tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Ritmlar davriy va siklli bo`ladi. Davriy ritmlar hodisa va ja­rayonlarning aniq bir (deyarli teng) vaqt davomida takrorlanib turishini, siklli ritmlar esa turli muddatda takrorlanib turishini aks ettiradi. Davriy ritmlarga - kun bilan tunning, yil fasllarining almashinishi, siklli ritmlarga esa iqlim tebranishlari (o`rtacha har 2-3, 5-6, 11, 22-23, 30-35, 80-90 yilda va h.k.), ko`l suvlari sathining tebranishlari, muzliklarning bosib kelishi va qaytishi misoldir. Ritmlar geografik qobiq rivojlanishining muhim qonuniyatlaridan bi­ri bo`lib, ularni o`rganish tabiiy hodisa va jarayonlarni bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega. Landshaftlar bir-biridan tar­kibi va strukturasi jihatdangina emas, balki ulardagi jarayon­larning ritmikasi xarakteri bi­lan ham ajralib turadi.

Rif- suvi sayoz joylarda dengiz tagidagi yoki suv yuzasiga chiqib turgan balandliklar. Den­giz tubidagi qoyalar yoki qirg`oqlarning yemirilishidan, yoinki marjon qurilmalaridan hosil bo`ladi. Marjon riflari qirg`oq yaqinida bo`lsa, qirg`oq riflari deyiladi (dengiz suvi qaytganda bunday riflar butunlay ko`rinib qo­ladi), qirg`oqdan uzoqda bo`lsa, to`siq riflar deyiladi; Masalan, Avstraliyaning shimoli-sharqiy qirgog`i yaqinidagi Katta To`siq rifi 2000 km cho`zilgan. Riflar - suv osti ohaktosh qoyalari.

Rizosfera– o`simlik ildizlariga bevosita tegib turadigan tuproq qatlami. Mikroorganizmlarga boy qatlam.

Rosh- ekinlarni juyaksiz sug`organda pollarni bir-biridan ajratish uchun yasalgan marza, ko`tarma. Buxoro viloyati G`ijduvon, Shofrikon, Vobkent tumanlarida ko`p qo`llaniladi. Rosh bellik, chel deb ham ataladi.

Rub’i maskun (arabcha-obod chorak)- Yer sharidagi quruqlikning kishilar yashaydigan obod qismi.

Rud (tojikcha rud) - suv, daryo, ariq, kanal. Joy nomlari tarkibida ko`p uchraydi: Shoxrud, Harirud va h.k.

Ruda - sanoatda foydalanish uchun yaroqli miqdorda metallar yoki ularning birikmalarini o`z ichiga olgan tog` jinslari. Tarki­bida nometall foydali qazilmalar bo`lgan tog` jinslari ham ruda deyiladi, masalan, asbest rudasi, gra­fit rudasi, apatit rudasi va b.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.