Z - harfiga oid izohli lug`atlar
Zakazik -
hudud yoki akvatog`iyaning bir qismi. Zakaznikda barcha tabiiy kompleks emas,
balki uning alohida elementlari: o`simliklar, hayvonlar yoki ba’zi bir hayvon
turlarigina muhofaza qilinadi.
Zandrlar (islandcha sand - qum) - muzliklar (asosan to`rtlamchi davr muzliklari) ning oxiri va chekkasida morena jinslarini muz suvlari yuvib ketishi hamda qayta yoqizishi natijasida vujudga kelgan qumloq-toshloq tekisliklar. Tipik zandr tekisliklariga Yevropagi Polese va Meshchyora tekisliklari misol bo`ladi.
Zarang yer - qattiq, zich tuproqli yer. Zarang yer tuproq hosil qiluvchi jinslar juda mayda zarrali (chang), chirindi kam, tarkibida gips, tuz mavjud bo`lganda vujudga keladi. Bunday yerga suv singmaydi. Yog`ingarchilik davrida ko`lmaklar hosil bo`ladi. Qurgoqchilik vaqtda yer yuzasi yorilib-yorilib ketadi. Tuproq berch bo`ladi.
Zax - sizot suvlar yer yuzasiga yaqin bo`lgan yoki chiqib yotadigan, asosan botqoq o`simliklari o`sadigan yer.
Zaxkash - yer osti suvlari ta’sirida namiqib yotadigan yer; oqova va zax suvi oqadigan ariq, zovur ham zaxkash deyiladi.
Zayak (sug`diycha zoy - yer va suffiks - ak) - oldin ekin ekilib, keyin tashlab qo`yilgan joy - partov yer; ko`pincha g`alla ekib kelingan yerlar zayak deyiladi. Joy nomlari tarkibida ham uchraydi.
Zenit(arabcha samt - yo`l, yo`nalish) - osmon sferasining kuzatuvchi tepasidagi nuqtasi; shoqul (vertikal) chiziq osmon sferasini ana shu nuqtada kesib o`tadi.
Zibun - qirg`oqdan birdaniga chuqurlashib ketadigan ko`llarda suv betini kigizga uxshab qoplab oladigan o`simliklar qoplami. Zibun qirg`oqdan ko`l ichkarisiga o`sib borib, ko`lni butun qoplab ketishi mumkin. Zibun odatda sabelnik, belokrilnik, sfagn yo`sini, qiyoq, bagulnik o`simliklaridan hosil bo`ladi.
Zilzila, yer qimirlash - Yer po`stining ichki qismidagi tabiiy kuchlar ta’sirida sodir bo`ladigan silkinishlar. Sabablariga qarab tektonik vulkan va o`pirilish zilzilalariga bo`linadi. Silkinish paydo bo`lgan joy zilzila o`chog`i, uning markazi esa giposyentr deyiladi. Zilzila o`chog`i Yer po`stidan 50 km gacha, ba’zan 700 km gacha chuqurlikda bo`lishi mumkin. Gipotsentrning yer yuzasidagi nuqtasi epitsentr deyiladi. Silkinishlar epitsentrda qattiq bo`lib, undan uzoqlashgan sari silkinish kuchi susaya boradi. Zilzila kuchi seysmik stansiyalarda seysmograflar vositasida o`lchanadi. Kuchli zilzilada yer yuzasida jarlar, yoriqlar paydo bo`ladi, qoyalar ag`darilib tushadi, daryo o`zanlari to`siladi, fontanlar yuzaga keladi, bularning hammasi suv toshqini, yong`inlarga sabab bo`ladi. Natijada zilzila bo`lgan joyning qiyofasi o`zgaradi.
Zilzila ko`pincha tektonik harakatlar tez-tez yuz beradigan tog`li hududlarda sodir bo`ladi (Tinch okean va O`rta dengiz bo`ylari, Alp, Kavkaz-Himolay tog`lari). MDHda bo`ladigan zilzilalarning ko`pchiligi Karpatdan Kamchatkagacha bo`lgan zonada sodir bo`ladi. O`rta Osiyo ham juda faol seysmik hudud hisoblanadi. 1966-yil 26-apreldagi Toshkent zilzilasi o`rta quvvatli bo`lishiga qaramay, zilzila o`chog`i yer yuziga yaqin joylashganligi tufayli qisman vayronagarchilikka sabab bo`lgan. Zilzila kuchi seysmik ballar bilan aniqlanadi. Jahonda 12 balli seysmik shkala qabul qilingan. Zilzila sabablarini seysmologiya fani o`rganadi. Bir yil mobaynida 100 mingdan 1 mln. martagacha zilzila bo`lishi mumkin. Shulardan bir necha mingtasigina kishilarga seziladi. Xalq xo`jaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa yiliga bir necha yuz marta bo`ladi.
Zimiston - 1) qish fasli. Qattiq, serbulut qish, ko`pincha qish chillasi zimiston deb yuritiladi; 2) tim qorong`ilik.
Zov - tik qoya, jarlik ba’zan chuqur dara. Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, Qirg`izistonda, shuningdek Eron va Afgonistonda joy nomlari tarkibida ko`p uchraydi: Ko`kzov, Qizilzov (Zomin tumani) va h.k.
Zovur, drenaj - yer sho`rini yuvish, yer osti va sizot suvlar sathini pasaytirish, to`qay va zax yerlarni quritish maqsadida qazilgan ariq va yoqizilgan quvurlar sistemasi. Hozir ochiq yoki yopiq ariq va quduq tipidagi zovuqlar mavjud.
Zodiak - ekliptika bo`ylab joylashgan yulduz turkumlari mintaqasi. Zodiak mintaqasida 12 ta yulduzlar turkumi bor. Ularni arabcha nomi bilan atash kengroq tarqalgan. Bular: Damal (Qo`y), Savr (Sigir), Javzo (Egizak), Saraton (Qisqichbaqa), Asad (Arslon), Sunbula (Boshoq), Mezon (Tarozi), Asrab (Chayon), Qavs (yoy), Jaddi (Tog` echkisi), Dalv (Qovg`a), Hut (Baliq). Quyosh osmon sferasida harakati vaqtida bu yulduzlar turkumlaridan taxminan bir oy-bir oy davomida o`tadi. Quyosh qaysi yulduzlar turkumidan o`tayotgan bo`lsa, Shamsiya kalendaridagi oylar shu nom bilan ataladi.
Zona (yunoncha zone - poyas, mintaqa) - Yer yuzining boshqa joylaridan bir qancha xususiyatlari bilan farq qiladigan va qo`shni ikki parallel yoki meridian orasida joylashgan qismi, mintaqasi.
Zonal hudud - tabiiy geografik rayonlashtirishdagi taksonomik birlik. Zonal hudud geografik zonaning o`lka doirasidagi qismini o`z ichiga oladi. Chunonchi, shimoliy mintaqaning tayga zonasi, Rossiya tekisligi taygasi, G`arbiy Sibir taygasi, O`rta Sibir taygasi, Shimoli- Sharqiy Sibir taygasi kabi zonal hududlarga bo`linishi mumkin.

Zonallik qonuniyatlari - geografik qobiqda tabiat komplekaslarining geografik kenglik bo`yicha ekvatordan qutblar tomon qonuniy almashinishi.
Zonallikning davriy qonuniyati - turli geografik mintaqalarda bir-biriga o`xshash landshaft zonalarining takrorlanishi, masalan cho`l landshaft tipi va binobarin, cho`l zonasi mo`tadil mintaqada ham, subtropik mintaqada ham, tropik mintaqada ham uchraydi; o`rmon zonasi ham turli mintaqalarda takrorlanadi. Zonallikning davriy qonuniyati asosida turli hududlar namlanish darajasidagi o`xshashlik yotadi. Bu qonuniyatni A.A.Grigorev va M.I.Budiko kashf etganlar. Zonallikning davriy qonuniyatining asosiy ko`rsatkichi quruqlikning radiatsion indeksidir. Quruqlikning radiatsion indeksi zona radiatsiya balansining shu zonaga tushadigan yillik yalpi yog`inni bug`latishga ketadigan issiqlikka bo`lgan nisbati bilan ifodalanadi. Bu ko'rsatkich har bir zonadagi tabiiy jarayonlarning intensivlik darajasini aks ettiradi. Quruqlikning radiatsion indeksi birga teng bo`lsa, tabiiy jarayonlar eng intensiv rivojlanadi.
Zoogeografiya, hayvonlar geografiyasi - zoologiya va tabiiy geografiyaning bir bo`limi, hayvonlarning Yer sharida o`tmishda va hozirgi zamonda geografik tarqalishini, bunnng hozirgi va tarixiy tarqalish omillari hamda qonuniyatlarni o`rganadi.
Zootsenoz - tabiiy sharoiti bir xil bo`lgan joyda tarqalgan hayvonlar guruhi. Masalan, qumli cho`l zootsenozi.
Zyuyd (gollandcha) – janub qisqartirilib S harfi bilan yoziladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.