V - harfiga oid izohli lug`atlar 

14 447

Valunlar - muzlik qadimda keltirib tashlangan g`o`la toshlar. Ko`pincha salgina silliqlangan, tirnalgan bo`ladi. Yevropaning va Shimoliy Amerikaning shimoliy va o`rta qismlarida ko`p uchraydi. Ba’zilari katta bo`lib, diametri 10 m ga yetishi va undan ham ortishi mumkin. O`rta Osiyoda tog`larning baland yerlarida uchraydi. Valunlar qishloq xo`jaligi ishlariga xalaqit beradi.

Venera, Zuhra - Yerga eng yaqin planeta; diametri 12400 km, Quyoshdan 108 mln. km, Quyosh atrofini 224 sutka 16 soat 49 minutda bir marta aylanib chishadi.
 Venera bilan Yerning Quyosh atrofida harakat qilishi jarayonida Yer bi­lan Venera orasida masofa 40 mln. km dan 260 mln. km gacha o`zgarib tu­radi. O`z o`qi atrofini 13 yer sutkasida aylanib chiqadi. 1961-yildan boshlab rus va Amerika planetalararo avtomat stansiyalari yordamida Venera to`g`risida yangi ma’lu- motlar to`plandi. Venerada magnit maydoni va radiatsiya poyaslari yo`q. Venera atmosferasi deyarli butunlay karbonat angidriddan ibo­rat, suv bug`i deyarli yo`q. Venera yuzasida harorat 280 daraja, bosim 15-22 at­mosfera.

Vegetatsiya davri - 1) yilning o`simlik o`sishi va rivojlanishi uchun qulay davri. Mo’tadil iqlimli hududlarda vegetatsiya davri bahorning oxirgi sovuq kunidan kuzda tushadigan birinchi qora sovuq o`rtasidagi vaqtga to`g`ri keladi, tropik va subtropik iqlimga ega bo`lgan yerlarda esa bu davr yilning deyar­li hamma faslini o`z ichiga oladi; 2) biologiyada bir va ikki yillik o`simliklarda urug`ning o`nishidan o`simlik umrining tugashigacha yoki ko`p yillik o`simliklarda erta bahorda o`ygonishdan, qishda «uyqu»ga kirishgacha bo`lgan davr. Sovuqqa chidamliligi turlicha bo`lgan o`simliklarda vegetatsiya davri bir joyning o`zida har xil: issiqsevar o`simliklarda qisqa, sovuqda chidamli o`simliklarda uzun bo`lishi mum­kin. Vegetatsiya davri ketma-ket o`tuvchi bir qator fazalarga bo`linadi: g`o`zada - shonalash, gullash, ko`sak tugish va ochilish, g`alla o`simliklarida to`planish (chaylash), boshoq tortish, gullash, sut (dumbul) pishish va to`liq pishish fazalari. O`simliklarda vegetatsiya davrining uzun-qisqaligini hisobga olib, sovuq erta tushadigan shimoliy hududlarda ertapishar navlar, sovuq kech tusha­digan janubiy hududlarda kechpishar navlar ekiladi. Vegetatsiya davri tashqi sharoitga va navning irsiy xususiyatlariga ham bog`liq. Bir sharoitda ertapishar deb hisoblangan nav ikkinchi bir sharoitda kechpishar bo`lishi mumkin. Masalan, o`rtacha uzun tolali g`o`zalarning vegetatsiya davri shimo­liy hududlarda qisqa (110-130 kun), janubiy hududlarda uzun (120-150 kun) bo`ladi.

Vertikal zonallik – tog`li hududlarda iqlim, tuproq, o`simlik va hayvonlarning balandlikka qarab sekin-asta almashinishi. Balandlik oshgan sari harorat pasayadi, yog`in miqdori o`zgaradi, qor chizig`i (chegarasi)dan yuqorida tog`larda faqat qop va muz to`planadi. Bu o`zgarishlar tog`li hududlarda turli mintaqalarni ajratishga imkon beradi. 

Vest (nemischa) – g`arb. Qisqartirilib W harfi bilan yoziladi.

Vest-Indiya (inglizcha G`arbiy Hindiston) - Atlantika okeanida, Shimoliy va Janubiy Amerika orasida joylashgan orollarning umumiy nomi. X.Kolumb bu yerlarni Hindiston deb o`ylagan; keyinchalik bu yerlar Hindiston emasligi aniqlangandan so`ng bu nomga «G`arbiy» so`zi qo`shilgan.

Villi-villi - Avstraliyada chang-to`zonni ko`tarib ketadigan kuchli girdob shamol - quyun. Markaziy Avstraliyada tez-tez bo`lib turadi.

Vodiy - uzun cho`zilgan, bir tomoni ochiq va shu tomonga nishab hamda chuqur relyef shakli. Vodiy - oqar suvlarning yuvib ketishidan vujudga kelgan uzunasiga cho`zilgan egri-bugri soylik. Vodiylar shakliga ko`ra, dara, kan’on, tangi, qopchig`ay kabi turlarga bo`linadi. Vodiylarning yon bag`irlarida terrasalar bo`ladi. Tek­tonik cho`kish natijasida paydo bo`lgan ba’zi bir botiqlar ham vodiy deyiladi. O`rta Osiyodagi Oloy, Farg`ona vodiylari, Shimoliy Amerikadagi Kaliforniyadiysi ana shunday botiqlardir. Bunday vodiylarda aholi zich yashaydi. 

Vodiy muzligi – to`g`li o`lka­lar muzliklarining bir turi. Tog` tepasi, yon bag`irlaridagi qor muzga aylanib vodiylarga oqib tushishidan hosil bo`ladi. O`rta Osiyo tog`larida ko`p uchraydigan muzlik turi. Voha muzligi vodiy tuzilishi va muz­lik qiyofasiga ko`ra oddiy vodiy muzligi va murakkab vodiy muzligiga bo`linadi.

Vodiy shamoli – tog`li o`lkalardagi vodiylarda kunduzi vodiy bo`ylab yuqoriga, kechasi yuqoridan pastga esadigan shamol. Kunduzi siyrak  atmosferadan o`tadigan quyosh nurlari tog` yon bag`irlarini, toshlarni tez qizitib yuborishi na­tijasida tog`da bosimning shu ba­landlikka teng balandlikdagi erkin atmosferadagi bosimga nisbatan kamayib ketishi oqibatida hosil bo`ladi. Tunda tog`larda uzun to`lqinli (issiqlik) nur tarqatish kuchli bo`lganligidan havo vodiy bo`ylab pastga tomon oqib tushadi.
Volok (kema qatnaydigan ikki daryo oralig`idagi kambar joyning qadimgi ruscha nomi) - bir daryodan ikkinchi daryoga quruqlik bo`ylab kemalar va yuklar sudrab o`tiladigan joy. Volok atroflarida yirik aholi punktlari vijudga kelgan. Masalan, Vishniy Volochek, Volokolamsk va boshqalar. Keyinchalik voloklar o`rnida kanallar qazilgan.

Volfram rudalari - tarki­bida volfram bo`lgan minerallar birikmalari. Asosiy minerallari volframit va sheelit. Boyitish fabrikalarida turli aralashmalardan tozalanib, konsentrat (50-60%li) holiga keltiriladi. Volfram rudalarida volfram bilan birga ko`pincha qalay, molibden, oltin, mis, qo`rgoshin, rux va b. uchraydi. Volfram rudasi konlari granitlar keng tarqalgan hududlarda ko`p. Konlari: Qozog`iston, Sharqiy Sibir, Shi­moliy Kavkaz, O`zbekiston, chet mamlakatlarda - XXR, KXDR, Brazi­liya, Boliviya, Portugaliya. Volf­ram yuqori haroratga chidamli qotishmalar, lak-buyoqlar va korroziyaga chidamli materiallar olishda ishlatiladi hamda elektrotexnika, radiotexnika, tibbiyotda foyda­laniladi.
Voha - pul va chala cho`llarda suv chiqarib obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qo`shni hududlarga nisbatan ko`p, yer osti suvlari yuza bo`lib, buloqlar chiqib yotadi. Voha ko`pincha daryo, ko`l, kanal va quduqdan suv ichadi. Maydoni bir necha un km.kv dan bir necha o`n ming km.kv ga boradi. Shimoliy Af­rika, Old Osiyo va Markaziy Osiyo cho`llarida mashhur vohalar bor. Murg`ob, Xorazm, Buxoro vohalari, Farg`ona vodiysidagi vohalar ham ancha katta.  Odatda vohalarda aholi zich yashaydi.
Vulkanlar (lotincha vulkanus - olov xudosi), yonartog`- yer po`stida sodir bo`ladigan tekto­nik harakatlar natijasida paydo bo`lgan yoriq (kanal)lar orqali yer qa’ridan lava, issiq gaz, suv bug`lari va b. jinslar chiqib turishidan paydo bo`lgan tabiiy hosila. Vulkan konus shaklidagi, qalqonsimon, gumbazsimon tog`lar hosil qiladi. Vulkan og`zi - krateri, tagi - magma uchog`i va mo`riga o`xshash tik o`rta qismi - vulkan kanali deb ataladi. Vulkan krateridan oqib chiqadigan lava harorati 500-1300 daraja. Yer sharida 600 dan ortiq so`nmagan vulkan bor. Shulardan 400 dan ko`prog`i Tinch okean sohilidadir. 
Vulkan juyaklari, barrankoslar - konussimon vulkan tog`larida vulkan og`zidan tog` etagigacha tarqalgan chuqur juyaklar, daralar. Vulkan jinslarini yon bag`ridagi oqar suvlar yuvib ketishidan vujudga keladi.
Vulkan orollari - okean va dengiz tubidan vulkanlar otilib chiqishidan paydo bo`lgan orollar. Vulkan orollari u qadar katta bo`lmaydi, ba’­zan suv yuzasidan ancha baland ko`tarilib turadi va shaklan vulkanga o`xshaydi; Vulkan orollari ko`pincha qator tizilgan bo`ladi. Tinch okeanda vulkan orollari aynitqa ko`p (Kuril orollari, Gavayi orollari va b.).
Vulkan tog` jinslari, vulkanitlar - vulkanlar otilganda yer yuzasiga oqib chiqqan magma (la­va) ning qotishidan paydo bo`lgan jinslar.





Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.