Quyosh yana qancha vaqt nur sochib turadi? 

3 556

Quyosh yadro reaksiyasi tufayli energiya ajratadi. Bu reaktsiya vaqtida vodorod geliyga aylanadi. Quyosh tarkibidagi vodorod sarflanaverishi natijasida Quyoshning sekin-asta soviy borishi tabiiy holdir.

Vodorod geliyga aylangan sari energiyaning Quyosh chekkalariga tarqalishi qiyinlashadi. Binobarin, energiya Quyosh­ning markazida to‘planaveradi. Bu esa Quyoshda haroratning yanada ko‘tarilishiga va energiyaning tobora ko‘proq chiqishi- ga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, Quyoshdagi vodorod zaxirasi tugashiga yaqin qolganda Quyosh radiatsiyasi hozirgiga nis­batan 100 barobar ortadi, Yerda harorat 1000 dan baland ko‘tariladi, okean, dengiz suvlari qaynab ketadi.

Quyoshda yadro energiyasi manbayi tugagach, Quyoshning hajmi kichraya boshlaydi, chiqadigan energiya miqdori kamaya boradi. Manba tugab, 5 million yil o‘tgach, Quyosh chiqaradigan energiya miqdori hozirgi darajasiga tenglashadi. Quyoshning o‘lchami hozirgi o'lchamidan o‘ndan bir hissa kichik bo‘ladi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Quyosh so‘na boshlaydi va Yer yuzasida harorat pasayib, 2000° gacha sovuq bo‘lishi mumkin. Quyosh tobora kichrayib, deyarli Yerdek bo‘lib qoladi va qorayadi. 10 milliard yildan keyingina shun­day bo‘lishi mumkin. Ammo bu vaqtgacha insoniyatning 100-150 million avlodi almashinadi. Insoniyatning yuksak rivojlangan aql-idroki ofatdan qutulish vositalarini topadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.