Quyosh yana qancha nur sochib turadi? 

4 018

Quyosh yadro reaksiyasi tufayli energiya ajratadi. Bu reaksiya vaqtida vodorod geliyga aylanadi. Quyosh tarkibidagi vodorod sarflanaverishi natijasida Quyoshning sekin-asta soviy borishi tabiiy holdir.

Vodorod geliyga aylangan sari energiyaning Quyosh chekkalariga tarqalishi qiyinlashadi. Binobarin, energiya Quyosh­ning markazida to‘planaveradi. Bu esa Quyoshda haroratning yanada ko‘tarilishiga va energiyaning tobora ko‘proq chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, Quyoshdagi vodorod zaxirasi tugashiga yaqin qolganda Quyosh radiatsiyasi hozirgiga nis­batan 100 barobar ortadi, Yerda harorat 1000 dan baland ko‘tariladi, okean, dengiz suvlari qaynab ketadi.

Quyoshda yadro energiyasi manbayi tugagach, Quyoshning hajmi kichraya boshlaydi, chiqadigan energiya miqdori kamaya boradi. Manba tugab, 5 million yil o‘tgach, Quyosh chiqaradigan energiya miqdori hozirgi darajasiga tenglashadi. Quyoshning o‘lchami hozirgi o'lchamidan o‘ndan bir hissa kichik bo‘ladi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Quyosh so‘na boshlaydi va Yer yuzasida harorat pasayib, 2000° gacha sovuq bo‘lishi mumkin. Quyosh tobora kichrayib, deyarli Yerdek bo‘lib qoladi va qorayadi. 10 milliard yildan keyingina shun­day bo‘lishi mumkin. Ammo bu vaqtgacha insoniyatning 100-150 million avlodi almashinadi. Insoniyatning yuksak rivojlangan aql-idroki ofatdan qutulish vositalarini topadi.

Quyosh, 9 ta yirik sayyora va ulaming yo‘ldoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda ko‘p meteorlardan iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Sa­turn, Uran, Neptun va Pluton Quyosh atrofida bir xil yo‘nalishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari atrofida ham aylanadilar.
Quyosh sistemasidagi sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralaming kattaligini va ular orasidagi masofalarni tasawur etish uchun 1:15000000000 (ya’ni 1 millimetrda 15000 kilo­metr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz.

Shu masshtabda olganda Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametri — 0,25 millimetr, Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi.

Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, Quyosh bilan Yeming oralig‘i 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr bo‘ladi. Quyosh sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi chizmadan ko‘rinib turadi. Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoqda bo‘lib, diametri mazkur masshtab bo‘yicha 0,33 millimetr­ga teng. Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 15 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.

Sayyoralaming eng ulkani — Yupiteming diametri chizma­da 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur masshtabda 52 metmi, Satumning diametri 8 millimetmi, Quyoshdan uzoqli­gi 100 metmi tashkil etadi.

Quyosh sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr.

Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizma­da Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 400 metmi tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi bo‘lsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi bo‘la olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalaming orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metmi tashkil etadi).

1:15000000000 masshtabli chizmada Quyosh sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometmi va maydoni 9 kvadrat kilometmi tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1 millimetr joyni egallaydi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.