Kenguru haqida qiziqarli dalillar 

5 317

1. Kenguru dumi bilan tik turgan holda orqa oyoqlari yordamida dushmanga juda kuchli zarba bera oladi. Bu zarbalar odatda dushmanlar uchun o’lim bilan tugaydi.
2. Kenguruning bolalari «cho’ntak»ni 10 oylik bo’lganda tark etadi.
3. Kenguruning ko’rish va eshitish imkoniyatlari juda yuqori.
4. Kenguru soatiga 60 km tezlikda yuguradi. 9 metr balandlikka sira qiynalmasdan sakraydi.
5. Kenguru faqat havo salqinlagandagina o’ziga ovqat topish ilinjida inidan chiqadi.
6. U faqat oldinga sakray oladi xolos.
7. Kulrang kengurularning uzunligi 3 metrgacha yetadi.
8. Urg’ochi kenguruning homiladorlik davri 27 dan 40 kungacha davom etadi.
9. Kenguruning ayrim urg’ochilari yil o’n ikki oy homilador holatda bo’ladi. Ularni qahramon ona deb atalsa to’g’riroq bo’lsa kerak.
10. Avstraliyada kengurular mamlakat aholisidan uch hissa ko’proqni tashkil etadi.
11. Xavf sezilsa, kenguru yer tepina boshlaydi.
12. «Cho’ntak» faqat kenguruning urg’ochisida bo’ladi. Bu cho’ntakda yog’lilik darajasi juda yuqori sut mavjud.
13. Kenguruning quloqlari 360 darajagacha buriladi.
14. Avstraliyada 1980-yildan kenguru go’shtini yeyishga rasman ruxsat berilgan.
15. Kenguruning oyoqlari shu qadar metinki, yoshi ulug’, baquvvat odamni ham bir marta ursa kifoya qiladi. U odam o’lbatta o’lim topadi.
16. Urg’ochisi tug’ilajak bolalarining jinsini oldindan aniqlash xususiyatiga ega.
17. Kenguru tanasida atigi 2 foizgina yog’ bor. Shuning uchun bu hayvon go’shtini iste’mol qilish ozishni istagan odamlar uchun juda foydali hisoblanadi.
18. Kenguru qancha tez chopsa, shuncha kam kuch sarflaydi.
19. Kenguru suvda suzishni ham qoyillatadi.
20. Kenguruning dumi 30 dan 110 santimetrgacha uzunlikka ega.

Olimjon HAYIT tayyorlagan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.