Odamxo`r sherlar 

5 734

1898-yilda Uganda davlatining Savo stansiyasida angliyalik injener Jan Patterson boshchiligida bir necha yuz ishchi temiryo‘l qurilishida ishlaydi. Har kuni ishchilaming bir-ikkitasi dom-daraksiz ketadi, ulami hech qayerdan topisha olmaydi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, bu yerda odamxo‘r sherlar bor ekan. Har kuni bir-ikki ishchining g‘oyib bo‘lishiga shu sher­lar sababchi ekanligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Dovyurak Jan Patterson odamxo‘r sherlaming iziga tushib, ular bilan olishganini shunday hikoya qiladi: «Bir kuni tong pal- lasida bir ishchi chodirimga chopib kirdi:
— Janob injener! Sho‘rimiz quridi, kechasi bir sher chodirimizga kirib, poygakda uxlab yotgan Ungan Singxni bo‘ynidan tishlab...

Men uning gapini oxirigacha eshitmadim, joyimdan irg‘ib turib ularning chodiri tomon yugurdim. Chodir atrofidagi qumda sheming izi yaqqol ko‘rinib turardi. Singxning yonida yotgan ishchining aytishicha, yarim tunda allaqanday hayvon chodirga boshini tiqib, yaqinroqda yotgan Ungan Singxni bo‘ynidan g‘ippa olganicha tashqariga sudrab ketibdi. Bechora Singx: «Qo‘yib yubor», — deb baqirishgagina ulguribdi. Chodirdagi odamlar qattiq qo‘rqqanidan nima qilishini ham bilishmabdi. Tong otguncha hech kim uxlamabdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu bahaybat sher ekan.

Qanday dahshat... Men chodirimdan miltiqni oldim va Xeslem degan kapitan bilan birga odamxo‘r sherni qidirib ketdim. Ikki yarim chaqirimcha yo‘l yurgach, fojia ro‘y bergan joydan chiqib qoldik: hammayoq qip-qizil qon... G‘ajib tashlangan odam suyaklari sochilib yotibdi; sal nariroqda irjaygancha qotib qolgan kalla. Kallani tanidik. Bu - bechora Singx. Biz uning qolgan-qutgan suyaklarini to‘plab bir joyga ko‘mdik.

Shu kuni men o‘zimga bu joyni odamxo‘r sherlardan tozalashga qat’iy so‘z berdim. Kech kirdi. Sher bugun ham o‘lja axtarib kelsa kerak, deb o‘ylab, chodir yaqinidagi daraxtga chiqib, sheming kelishini kuta boshladim. Qo‘limda ikkita miltiq. Yon-verimdagi daraxtlarga ham besh-olti ishchi chiqib oldi. Hammayoq jimjit. Ko‘p o‘tmay allaqayoqdan vahimali tovush eshitildi. So‘ngra bir chaqirimcha narida qiy-chuv ko‘tarildi. Nahotki yana kimdir sherga yem bo‘lgan bo‘lsa? Afsus, sher yana bir ishchini olib qochganini tong yorishgachgina bildik...

Temiryo‘lning bir qismi qurilib bitgach, lager markazi ancha nariga ko‘chdi. Lekin lagerda ahvol og‘irlashaverdi... Ahvol shunday davom etaversa, lagerda odam qoladimi?

Bir kuni ishdan endi qaytib kelgan edim, oldimga bir to‘da ishchilar kelib, lagerdagi notinch ahvoldan norozi ekanliklarini, sherga yem bo‘lmaslik uchun vatanlariga qaytib ketishga qaror qilganliklarini aytdilar.

Men ularni tinchitishga urindim va okrugning bosh chinovnigiga xat yozib, yordam so‘rashga va’da berdim. Ammo ishchilar to‘da-to‘da bo‘lib qocha boshladi. Temiryo‘l qurilishi to‘xtab qoldi.

Bosh chinovnik master Uaytxeddan maktubimga javob keldi: u iltimosimni qabul qilganini va 2-dekabr kuni bu yerga yetib kelajagini aytibdi. Biz chinovnikni kutib olishga tayyorlandik. Biroq nima uchundir undan darak bo‘lmadi... Shu kuni kechqurun yana «ovga» chiqdim. Pistirmada bir soatcha poylab o‘tirganimdan keyin ko‘zimga qandaydir sharpa ko‘rindi, keyin sheming o‘kirgani eshitildi. Men ovoz kelgan tomonga uch-to‘rt marta o‘q uzdim. Tong yorishgach, o‘sha joyga bordim. Ajabo, qarshimdan, mister Uaytxed chiqib qoldi. Uning rangi o‘chgan, kiyim-boshi dabdala bo‘lgan, yuzlari shilingan.
—   Iye, janob Uaytxedmilar?
—   Ko‘rib turibsiz-ku!
—   Sizni kecha tush paytida kutgan edik, nima bo‘ldi o‘zi?
—  Kecha stansiyada sherga yem bo‘lishimga sal qoldi...
—   Qo‘ysangiz-chi. Stansiyada sher nima qilsin.
U indamay o‘girildi-yu, kiyimini yechib orqasini ko‘rsatdi:
—  Bu sizningcha behuda gapmi?
Uning orqasi momataloq bo‘lib ketgan, jarohatlangan, sherning timoq izlari bilinib turardi. Ma’lum bo‘lishicha, Uaytxed tushgan poyezd kechikib, Savoga g‘ira-shirada yetib kelibdi. Stansiyadan lagerimizga olib keladigan so‘qmoq yo‘l butazordan o‘tgan. Uaytxed Abdulla degan seijant bilan birga poyezddan tushib shu so‘qmoq yo‘ldan kelishayotgan ekan.
 
Yo‘lning yarmiga yetganda butalar orasidan bahaybat sher chiqib ularga tashlanibdi. Uaytxed qoqilib yiqilibdi-yu, shu zahoti sherga qarab bir-ikki marta o‘q uzibdi. Sher miltiq ovozidan cho‘chib Uaytxeddan nariroq ketibdi-yu, keyinroqda kelayotgan Abdullaga tashlanibdi va uni butazorga sudrab olib ketibdi. Chinovnik yana ketma-ket o‘q uzibdi, lekin foydasi bo‘lmabdi.

9-dekabr tongida daryo bo‘yida ikkita sher eshakni g‘ajiyotgani haqida bir ishchi xabar keltirdi. Miltiqni ko‘tarib o‘sha ishchi bilan daryo tomon yo‘l oldim. Uzoqda butazor orasida sher ko‘rindi. Biz juda ehtiyotkorlik bilan ketayotgan edik, bir­daniga sherigim quruq shoxni bosib oldi. Shox-shabbaning qasir-qusuridan cho‘chigan sherlar bir-ikki o‘kirdi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib, lagerga qaytdim. Shunda miyamga bir fikr keldi: ishchilarga jom, tunuka idishlar, konserva bankalari va boshqa temir-tersaklami keltirishni buyurdim. Hamma narsa taxt bo‘lgach, ishchilarga yarim davra bo‘lib olishni buyurdim, ishora qilishim bilan ular bong urishi, xullas, quloqni batang qilgudek shovqin-suron chiqarishi kerakligini tushuntirdim. Shu alpozda sherni qidira bosh­ladik. Oradan bir soatcha o‘tgach, sher ko‘rindi. Men sherdan atigi besh-olti qadam narida pisib yotardim. Sherni umrimda birinchi bor shunchalik yaqindan ko‘rishim. Bahaybat yirtqich yashiringan joyidan chiqib nariga keta boshladi. U goh to‘xtab atrofga qarab qo‘yardi. Men ishchilarga imo-ishora qilishim bilan quloqni batang qiladigan darang-durung yangradi. Bu shovqin-surondan sher gangidi, shekilli, atrofga alanglab, qochmoqchi bo‘ldi. Men uni nishonga olib, miltiqning tepkisini endi bosay deb turganimda sher birdaniga men tomon qarab tishlarini g‘ijirlatdi, timoqlarini yerga qadab g‘azab bilan na’ra tortdi. Tepkini bosdim, lekin o‘q otilmadi, miltiq «shilq» etdi, xolos. Qarasam, sher biz tomon lapanglab kelyapti. Shosha-pisha yana o‘q uzdim. Sher qochib ketdi. Endi lagerga qaytishdan boshqa chora yo‘q edi.

Ketishdan oldin daryo bo‘yiga bordim. Sher o‘ldirgan eshakning o‘laksasi yotibdi, sher uning faqat bir sonini yebdi. Demak, u o‘ljasi oldiga yana qaytib keladi. Biz o‘laksa yotgan yerdan o‘n metrcha nariga balandligi besh metrcha keladigan taxtasupa yasadik. 0‘laksani yo‘g‘on arqon bilan boglab, arqonning uchini to‘nkaga tang‘ib qo‘ydik. Shundan keyin shay bo‘lib, taxtasupada sherni kuta boshladim. Hammayoqda sukunat, faqat yuragimning duk-duk urishigina qulog‘imga eshitilib turadi. Shu payt ancha yaqindan sherning chuqur va uzoq nafas olgani eshitildi; bu yirtqichning ochligini bildirardi. Men kuzata boshladim. Sher pisib-pisib, 2-3 metrcha yurgach, atrofga qaradi, oldingi panjalarini yerga qadab, o‘kirdi: bu yerda odam borligini sezdi. U o‘ljasiga e’tibor bermay men yotgan supa atrofini aylana boshladi. Sher shu tarzda meni ikki soat chamasi poyladi; supaga irg‘imasa edi, deb qo‘rqardim.

Vaqt yarim kechadan og‘gan. Banogoh nimadir gardanimga qattiq urildi, supadan tushib ketishimga sal qoldi... Sher irg‘idimikin, deb esxonam chiqib ketdi. Qarasam, boyqush ekan. Patir-putur ovozini eshitgan sher o‘kirganicha taxtasupaga yaqinlashaverdi. Fursatni boy bermay uning kallasini ni­shonga olib tepkini bosdim... Jarohatlangan sher ovozi boricha o‘kirdi, bir necha bor osmonga sapchidi-da, butalar orasida g‘oyib bo‘ldi. Uning orqasidan yana ketma-ket o‘q uzdim. Butalar orasidan sheming qattiq ingragan ovozi eshitildi...

Tong ham yorishib qolgandi. 0‘q ovozini eshitib atrofdan odamlar kelishdi. Biz sheming izidan yigirma qadamcha yurdik... Yerda harakatsiz cho‘zilib yotgan sherni ko‘rgan odamlarning sevinchi ichiga sig‘masdi.
Sherlaming odamxo‘r bo‘lish sababi to‘g‘risida xalq orasi­da har xil mish-mishlar yuradi. Bunga tipratikan sababchi emish, degan gaplar ham bor. Tipratikan go‘shti juda lazzatli bo‘ladi. Sher tipratikanni rosa dumalatib qornini (tikansiz joyini) ochadi, o‘sha joyidan yeydi. Ba’zan tipratikan ninalari sheming panjalariga sanchiladi, nina sanchilgan joy yallig‘lanib yiring boylaydi. Sher oqsab-oqsab yuradi, uzoqqa borolmaydi.

Shu boisdan och qolganida duch kelgan odamga tashlanadi, odam go‘shtining mazasini bilib olganidan keyin bunday o‘ljani qidira boshlaydi va bora-bora odamxo‘r bo‘lib qoladi. Ayrim sayyohlarning aytishicha, Afrikadagi ba’zi qabilalar murdani butazorga olib borib tashlasharmish. Och qolgan sherlar ana shu murdalarni yermish. Ular shu tarzda odam ovlaydigan bo‘lib qolarmish. Shuni ham aytish kerakki, urg‘ochi sher erkagiga qaraganda odamga ko‘proq hamla qila­di. Ehtimol, bunga urg‘ochi sherning ovga o‘ta moyilligi, abjirligi, vaznining yengilligi, harakatchanligi sabab bo‘lsa kerak. Urg‘ochi sherlar seijahl va tajovuzkor bo‘ladi».

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.