Olimlar Afrikada odam bo‘yiga teng sherlar yashaganligini ma’lum qilishdi 

2 830

Keniya va Amerika tadqiqotchilari Keniyada 200 ming yil avval odam bo‘yiga teng sherlar yashaganligi haqidagi xulosaga keldi.

Olimlarning xalqaro jamoasi Keniya shimolida o‘lchamlari zamonaviy hayvonlardan ancha katta bo‘lgan g‘or sheri qoldiqlarini topdi. Uning o‘lchamlari haqidagi xulosalar hayvonning bosh suyagi va tishlarini o‘lchash asosida olingan.

"Mazkur bosh suyagi Afrika sharqida o‘rta va kechki pleystotsen davrida ulkan sherlar mavjud bo‘lganligining birinchi dalilidir. Bosh suyagi Yevroosiyo hududidagi g‘or sherining eng katta bosh suyagi o‘lchamiga teng o‘lchami bilan diqqatga sazovor”, — deya ta’kidlaydi olimlar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.