Xonadonimizdagi gullar 

57 354

 Yomg‘ir yog‘yapti, uydan chiqqingiz ham kelmaydi. Deraza tokchalarida esa yashil o‘simliklar - yoz va quyosh elchilari - xonaki gullar. Tokcha yoki balkonlardagi bu yashil gullar sizga qancha quvonch baxsh etadi!

  Quvonchdan tashqari xonadagi o‘simliklaming foydasi ham katta. Ular ko‘cha shovqini va uyga kiradigan changni kamaytiradi.

  Sizga ma’lumki, o‘simliklar kunduzi uglekislota yutib, kechasi uni chiqaradi. Bu xavfli emasmi? Yo’q, bu xavfli emas ekan. Maxsus kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, 600 ta xonaki o‘simlik tuni bilan chiqargan uglekislota bir odam chiqargan uglekislotadan kamroq ekan.
Xonaki gullar o’z barglaridagi namlikni bug‘lantirib, havoni namlab turadi, bu esa, ayniqsa, qishda yaxshi foyda keltiradi, chunki sovuq kunlarda markaziy isitish tizimi ishlaydi, xonalar harorati ko‘tariladi, namlik kamayadi. Bunday hollarda insonning bakteriyalarga qarshi kurashish qobiliyati pasayadi.

  O‘simliklar qancha ko‘pbo‘lsa, chang shuncha kambo'ladi. Barglarjonli changyutgich kabi ularni yig‘adi. Agarda gullarparvarish qilinib barglari yuvilib turilmasa, ular changyutgichlardan chang yig‘uvchilarga aylanib qolishadi.

 Xonaki gullarni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak. Ayrim xonaki o‘simliklar inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin va ularni ehtiyotkorlik bilan parvarishlash kerak. Ko'p o‘simliklar siz o‘ylagancha xavfsiz emas. Agar ular teringizga tegib ketsa, zahar chiqarishi mumkin.

  Ayniqsa, allergiyasi borlar e’tiborli va ehtiyot bo‘lishi kerak.

  Xonaki gullar albatta kishiga quvonch bag‘ishlaydi. Faqat ularni to‘g‘ri parvarishlang: ular parvarish qilish chog’i rezina qo‘lqop kiyib oling, o‘simliklaming sharbatlari ko‘z va og‘zingizga tushmasin. Agarda uyingizda yosh bolalar bo‘lsa, ular katta bo‘lguncha xavfli o‘simliklardan voz keching.

  Qaysi xonaki o'simliklardan ehtiyot bo‘lish kerak?

  Bular sutlama oilasiga mansub o‘simliklar, ulaming sharbati teringizga tegsa ekzema keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim xonaki o‘simliklaming, masalan monstera sharbati tomoq, ko’z uchun zartarli. Narsis va lola kabi gullarining sharbati ko‘ngil aynashiga sabab bo`lishi mumkin.

  Ituzumlar oilasiga mansub o‘simliklar ham zaharlidir, ayniqsa ularning mevalari bolalar uchun xavfli.

  Sambitgul ham o‘ta xavfli o‘simlikdir, ayniqsa uning gul va barglarini ko‘p miqdorda iste’mol qilib qo‘ysangiz, yuragingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

  Allergiyasi borlar navro‘zguldan ehtiyot bo‘lishlari kerak.

 Kaktusning zirapchasini o‘zida sinab ko‘rmagan odam kam topilsa kerak. Aloe va agavaning qattiq yaproqlari ham teringizni tirnab yuboradi.

  Bundan nima kelib chiqadi? Xonaki o‘simliklami uyda parvarish qilmaslik kerakmi? Yo‘q, albatta. Faqat ularni parvarishlaganda, qayta ekkanda ehtiyot bo'lish lozim. Allergiya chiqaruvchi o‘simliklami uyingizda o‘stirmang. O‘simliklarning sharbati sachragan qo'lingizni sovun bilan yuving. Ehtiyot choralarini ko‘rsangiz, uyingizdagi o‘simliklar sizga quvonch keltiradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.