Daraxtlar nimalarga qodir? 

7 721

 Shahardagi yashil daraxtzor ahamiyatini yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun eslatib o'tamiz: 1 gektar daraxtzor yoki butazor 220-280 kg. karbonat angidrid yutadi va 180-220 kg. gacha kislorod chiqaradi.
  Daraxtzor havodagi changni kamaytiradi. Shahar ko'chalarida chang bog' va xiyobonlarga nisbatan 2-3 barobar ko'p bo' ladi. Daraxtlar aerozollarni (tutun va zaharli gazlar) 70-80 foizgacha ushlab qolish qobiliyatiga ega. O'simliklar havo namligini oshiradi. 1 gektar daraxtzor xuddi shunday maydonni egallagan suv havzasiga ko'ra 10 barobar ko'proq havo namligini oshiradi. Bog'larda ko'chalarga nisbatan havo namligi 1 -4 foiz ko'proqdir. Bu hali hammasi emas.                                                
 Daraxt barglari quyosh nurlarini 15 foizga ushlab qoladi, shamol kuchini kesadi. Daraxtlar shahar shovqinini ham kamaytirish xususiyatga ega, ayniqsa chirorva teraklar ham buni yaxshi udalaydi. O’simliklar atrof-muhitga alohida –fitonsidlar chiqaradi, ular esa mikroblarni yoqatadi. Shaxarlarda yo’l yoqalarga ekilgan archalarning bunday qobilyati kuchlidir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.