Mehnatkash chuvalchanglar 

4 874

  Xonaki gul parvarish qiladiganlar gul do‘konlarida sotiladigan "biogumus” deb atalgan o‘g‘itni yaxshi biladi. Ammo elimxaltaga qadoqlangan bu o‘g‘it qachonlardir axlatxonaga tashlangan chiqitlardan olinganini ko‘pchilik bilmasa kerak.
  Mo‘jiza. Eng asosiysi, ushbu mo‘jizani axlatni qayta ishlash zavodi texnologlari emas, balki oddiy chuvalchanglar sodir etishdi. Faqat bizga yaxshi tanish, nam erda yashaydigan yomg‘ir chuvalchanglari emas, balki Kaliforniya olimlari tomonidan maxsus yetishtirilgan chuvalchanglar.
  Kalifomiyalik chuvalchanglami yashash muhiti tuproq emas, balki organik axlat va chiqindilardir. Uzunligi o‘n santimetr bo’lgan bu chuvalchanglar barcha organik materiallar: qirindi, qog‘oz, karton, irigan sabzavot va boshqa shu kabi chiqitlar bilan oziqlanadi va ularni organik o‘g‘itlarga aylantiradi. Bu chuvalchangning "tishi” faqat polietilen, metal va shishaga o‘tmaydi.
  "Kaliforniyalik”ning ishtahasi juda zo‘r - u bir kunda o‘zining vazniga nisbatan ikki barobar ko'p ovqat yeydi. U o‘zini 4 daraja iliqdan 40 daraja issiqqacha bo’lgan haroratda ham yaxshi his qila oladi. Kalifomiyalik chuvalchangning umri ham uzoq - 16 yilgacha umr ko‘radi.
  Ushbu ajoyib xususiyatlari tufayli kalifomiyalik chuvalchanglar 15 yildan buyon nafaqat Amerikada, balki ko‘plab Yevropa mamlakatlarida ham axlat yoqish zavodlariga jiddiy raqobatchi bo‘lib kelmoqda. Chuvalchanglar Fransiya, Germaniya, Italiya, Daniya va Vengriyada axlatlarni qayta ishlamoqdalar. Balki yaqin kunlarda ular bizning axlatxonalar bilan shug‘ullanishni boshlasalar kerak.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.