Xazonga hech qachon o’t qo’ymang!
Kech
kuzda shahar ko‘chalari, bog` va xiyobonlar xazonga to’ladi va
odamlar ularni yig‘ib yoqishadi.
Afsuski bu ishning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proqdir.
Eslab
ko‘raylik, barglar yoz bo‘yi o‘zlariga yo'ldagi chang, og‘ir metal va avtoulov
gazlarini yig‘ib, shahar havosini tozalab tabiiy filtr sifatida ishlagan.
Yoqilgan xazondan ko‘tarilayotgan tutun ushbu zaharli moddalami yana havoga
ko‘taradi. Kuz shamoli esa ularni shahar bo‘ylab tarqatadi va salomatligimizga
salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Bundan
tashqari, yaproqlarda tuproq uchun zarur bo'lgan organik moddalar bor, ularni
yoqib yuborish bilan biz organik o‘g‘itlarning tabiiy almashuv jarayoni va
tuproqning ustki qatlamini buzmoqdamiz. Unda xazonni nima qilish kerak?
Xiyobon va bog‘lardagi xazonni yig‘ib, shamol uchirib ketmasligi
uchun ustiga tuproq tortish
kerak.
Ko‘cha
va yo‘laklardan yig‘ilgan xazonni chiritib, o‘g‘it sifatida yana yerga
qaytarish kerak.
Xazonga
hech qachon o’t qo’ymang!
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.