Qo`riqxonalar - Respublikamizning oltin jamg`armasi 

37 789

  O‘ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo ‘jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go ‘zal hay vonlar o‘z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo‘q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o‘nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g‘arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog‘-archa qo‘riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi.
  0‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona bor. Ularning umumiy maydoni 2164 km.kv va ular davlat tomonidan himoyalanadi. Ushbu hududlarda barcha xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan.
Qo‘riqxonalar - o‘simliklar va hayvonlaming ayrim turlarini yoki ekotizimni himoya qilish uchun moijallangan tabiatning hech kim tegmagan hududlaridir.
  Davlat qo‘riqxonalari doimiy ilmiy-tadqiqot o’tkazuvchi xodimlar va qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtdan buyon yigib kelinadigan (ayrim hollarda 30- 40 yil davomida) hujjatli materiallarga ega. Bundan tashqari, qo‘riqxona sharoiti ekologik izlanishlar o‘tkazish uchun qulaydir.
  Qo‘riqxonalar dastlab tashkil qilinganda ilmiy ishlar tabiiy sharoitlami o‘rganish, fauna va florani ro’yxatga ohshdan iborat edi, xolos. Hozirgi vaqtda ayrim qo ‘ riqxonalarda j onivorlar va о‘simliklarning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
  Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. 
  O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimigakiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.
  Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.
  Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda. 0‘zbekiston tog‘larida Nurota yong‘oq-meva qo‘riqxonasi tashkil qilinguncha Qizilqum qo‘yi (Seversov qo‘yi)ning soni yuztaga ham yetmasdi, hozir esa ularning soni 1000 taga yetib qoldi.
  20 yillar avval Amudaryo qirg‘oqlaridagi to‘qaylarda 100 dan ziyod Buxoro kiyigi yashab kelar edi. Beshta qo‘riqxona tashkil qilingach ushbu go’zal jonivorlar soni 1000 boshdan oshib ketdi.
  1976-yilda Buxoro yaqinida jayronlarni ko‘paytirish va keyinchalik ularni Turkistonning barcha cho‘lli hududlari bo‘yicha tarqatish va shuningdek, ushbu hayvonlaming biologiyasini o‘rganish uchun maxsus qo‘riqxona tashkil qilingan edi. So‘nggi 15 yil ichidajayronlar soni 44 tadan 1000 tagacha yetdi.
  Biz o’nlab qo‘riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar tashkil qilmaylik, inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdon bilan yondashmasa barcha harakatlar behuda ketadi.
Tabiatni kelgusi avlodlar uchun tabiiy, buzilmagan holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.