Dioksinlar 

3 487

  Dioksinlar sayyoramizda mavjud bo‘lgan zararli moddalar orasida eng zaharlisidir.
Masalan, dioksin turlaridan biri sianli kaliydan 67 ming marta zaharliroqdir. Dioksinlaming hatto mikrogrammda o‘lchanadigan miqdori ham o’ta zaharlidir.
  Dioksinlar atrof-muhitda qanday paydo bo’ladi?
Dioksinlar manbasi xlor va uning hosilasi qatnashadigan sanoat hisoblanadi. Bu qog‘oz, mato, og’it va pestitsidlar ishlab chiqaruvchi korxonalardir.
  Dioksinlar polivinilxloridlar - deraza, eshik, panel, gazlangan ichimliklar uchun idish, sun’iy charm, qadoqlash materiallari ishlab chiqariladigan plastmassa tarkibida bor.
 Portlashga qarshi qo‘shimcha sifatida tetraetilqo‘rg‘oshin va 1,2-dixloretaplarni qo`llaydigan avtomobillar ham dioksinlar manbasi hisoblanadi. Har bir kilometr yo‘l bosgan avtomobil 500 pg dioksinning zaharli ekvivalentini chiqaradi.
  Atrof-muhitga dioksinlaming eng ko'p miqdori axlat yoqish zavodlaridan va shuningdek, axlatxonalardan tushadi.
 Dioksinlar uzoq vaqt yashovchi kuchli moddadir. Organizmga tushgan dioksin juda mahkam o’mashib oladi. Ulaming ta’siri hali oxirigacha o‘rganib chiqilmagan, chunki u birdaniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi.
 Taxminlarga ko‘ra, dioksinlar saraton kasalligini qo’zg’atish kuchiga egadir. Ular kuchli mutagen ta’sirga ega va naslning patologik o‘zgarishiga olib keladi.
  Dioksinlardan o‘zimizni himoya qilishimiz mumkinmi?
 Dioksinlami organizmga tushishini cheklash mumkin. Birinchidan, tarkibida dioksin bo’lgan oziq-ovqatlami iste’mol qilishni kamaytirish kerak. Dioksinlar yog‘ to‘qimalarida yig‘iladi, shuning uchun ular tuxum, yog‘li go‘sht, seld balig‘i va boshqa dengiz baliqlari hamda sut mahsulotlari tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi.
 Ikkinchidan, dioksinlar havo orqali organizmga tushmasligi uchun polivinilxlorid mahsulotlari, sun’iy charm, linoleumlami o’choq yoki gulxanlarda yoqmaslik kerak.
Shunday qilib, o'zingizni, o‘z yaqinlaringizni va atrofingizdagi kishilarni zaharli dioksinlardan saqlash imkoningiz bor. Ammo bugungi kunda ularni butunlay organizmga ta’sir qilmasligini istisno qilib bo`maydi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.