Detergentlar 

4 087

 Detergent deb o‘z ta’siri bilan hammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan sovunni eslatuvchi sintetik moddalarni atashadi. Detergentlar ham, sovun ham suvning yuvish ta’sirini kuchaytirish qobiliyatiga ega. Detergentlar esa ushbu vazifani yaxshiroq uddalaydi.
Agarda suv qattiq bo‘lsa (bunday suv haqida sizlarga keyinroq gapirib beramiz) sovundan foydalanish qiyinlashadi. Kir yuvganda sovunni ko‘pirtirish uchun uni ko‘proq sarflash kerak. Buni suvda gidrokarbonat kalsiy turidagi tuzlar mavjudligi bilan tushunish kerak. Ular sovun bilan reaksiyaga kirishib, erimaydigan birikmalar hosil qilishadi.
Sintetik kir yuvish vositalarining sovundan afzalligi shundaki, ular qattiq suvda ham, yumshoq suvda ham bir xil harakat qiladi, gidrokarbonatga e’tibor bermaydi. Ko'plab detergentlar mikroblarga qarshi yaxshi kurashadi, shuning uchun detergentlar dezinfeksiyada ham qo‘llanadi.
 Bugun detergentlarni har bir xonadonda uchratish mumkin. Ulardan kir va idish-tovoqlami yuvishda foydalaniladi. Yuz va qoilarni yuvishda ishlatiladigan sovun haqiqatan sovun bo‘lishi mumkin yoki detergent.
 Sizlarni ogohlantirmoqchimiz! Detergentlardan foydalanganda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki, uy sharoitida qoilanadigan detergentlarning ko‘pchiligidan allergiya kelib chiqishi mumkin.
  Undan tashqari, detergentlardan ko‘p miqdorda foydalanish daryo va hovuzlar suvining ifloslanishiga olib keladi. Suvga tushgan detergentlar ko‘pik sifatida suv tepasiga chiqadi va suv sathida yashaydigan tirik organizmlarning nafas olishiga xalaqit beradi. Ayniqsa, detergentlarga qo‘shiladigan fosfatlar bilan suvni ifloslantirish xavfli hisoblanadi.
  Fosfatlarga boy bo‘lgan oqava suvlar ko‘llarga tushganda suv o‘tlarining o’sishi tezlashadi. Oqibatda ko’lda erigan kislorod ko‘p sarflanadi. Ko‘lning "nafas olishi” qiyinlashadi va kislorod yetishmasligidan baliqlar halok bo ‘lishi mumkin.
  Bugungi kunda suvning detergentlar bilan ifloslanishi jiddiy ekologik muammoga aylandi. Uning ta’sirini sanoat korxonalari va aholi yashaydigan joylaming oqava suvlari bilan ifloslangan dengiz qirg‘og‘idagi suvlarda, ayniqsa, yaqqol sezish mumkin.
  Dengiz suvi ko‘tarilgan paytda qirg‘oqqa chiqarib tashlanadigan ko'pikda detergentlar shunchalik ko‘pki, bu biz kundalik hayotda kir va idishlarni yuvganda duch keladigan ko‘pikni eslatadi. Shuning uchun detergentlardan me’yorida foydalanish lozim. Hamma vaqt yodingizda bo`lsin, detergentlar ekologik jihatdan o‘ta xavfli.
 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.