Suv havzalari va daryolar oqava suvdan qanday himoya qilinadi 

9 734

  Zavod va fabrikalar tinimsiz ishlashi va mahsulot chiqarishi uchun ularga xom ashyo, elektr quvvati, yoqilg‘i va albatta, suv kerak.

  Elektr quvvati dastgohlar va mexanizmlar ishlashi uchun sarflanadi. Yoqilg'i turli maqsadlarda ishlatiladi va gazga aylanib atmosferaga chiqadi. Xom ashyo esa gazmol, avtomobil, qog‘oz, dori-darmon kabi tayyor mahsulotga aylanadi. Suvchi? U o‘z ishini bajarib bo‘lib, ko‘p hollarda daryo vahovuzlarga qaytib keladi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, zavod va fabrikalar suvni tabiatdan qarzga olib, vaqtincha foydalangach, yana qaytarib beradi. Unda muammo nimada? Muammo shundaki, ular toza suv olib, ishlab chiqarish jarayonida turli aralashmalar bilan ifloslangan suv qaytaradi.

  Ko‘p hollarda ushbu aralashmalar suvni nafaqat zararli, balki daryo va havzalardagi jonzotlar uchun xavfli qiladi.

  Inson uchun ham ushbu suv zararlidir.

  Sanoat korxonalari chiqargan oqava suv tarkibi korxona ishlab chiqaradigan mahsulot turiga bog`liqdir. mineral o'gitlar va qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavodlaming oqava suvlari, asosan, eriydigan va erimaydigan mineral moddalar bilan ifloslangan. Polimer plyonka, plastmassa va kauchuk ishlab chiqaradigan kimyo va neft zavodlarining oqava suvlari, asosan, organik moddalar bilan ifloslangan.

  Ammo korxonalarning aksariyati oqava suvlarni mineral va organik moddalar bilan haddan ziyod ifloslantiradi. Bunday korxonalarga neftni qayta ishlash zavodlari, sellyuloza-qog‘oz kombinatlari, to‘qimachilik fabrikalari va mashinasozlik zavodlari kiradi.
Zavod va fabrikalar daryo va ko‘llarni iflos qilmasligi uchun nima ishlar qilinmoqda?
Bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun ular oqava suvdan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash uchun tozalash inshootlari barpo etishi kerak.

  Oqava suvlardagi aralashmalarni chiqarib tashlash uchun turli usullami qo‘llash mumkin: ularni shartli ravishda mexanik, kimyo, biologik va fizik-kimyo usullarga bo ‘lish mumkin. Mexanik tozalash oqava suvlardan erimaydigan mineral va organik moddalarni tozalash uchun qo‘llanadi. Undan keyin tozalashning boshqa usuli qo‘llanadi.

  Oqava suvlardan yirik moddalar(asosan qum)ni chiqarib tashlash uchun maxsus mayda teshikli panjaralar qo`llanadi.

  Panjaralardan ham o'tib ketgan erimaydigan moddalar maxsus inshootlar-tindirish havzalarida tozalanadi. Bu jarayondan ham omon qolgan zararli moddalar filtrlar yordamida chiqarib tashlanadi.

 Kimyoviy tozalash oqava suvlarni neytrallash uchun, eriydigan aralashmalarni erimaydiganga o'tkazish va shuningdek, dezinfeksiya uchun, oqava suvlarni rangsizlantirish uchun va noyob komponentlarni chiqarib olish uchun qoilanadi.

  Oqava suvni neytrallash uning sifatini tabiiy havzalar sifatiga yaqinlashtirish uchun, dezinfeksiya esa suvdagi xavfli mikrob va bakteriyalarni o’ldirish uchun zarur.

  Agar oqava suvdagi aralashmalar о‘rtasida kimyoviy reaksiyalar va o'zaro ta’sirlar ikki chegara orasida, ya’ni, qattiqlik va suyuqlik yoki suyuqlik va gazsimon holatda yuz bersa, ushbu tozalash jarayoni fizika-kimyoviy usul deb ataladi. Ularga koagulyatsiya, flokulyatsiya, sorbsiya, flotatsiya va shuningdek, elektr toki, ion almashuvi materiallarini qoilash asosidagi usullar kiradi.

  Oqava suvlarini koagulyatsiya bilan tozalash uchun suvga sizga tanish bo`lgan alyumin sulfati va shuningdek, alyumin va temirning boshqa tuzlari qo‘shiladi.

  Agarda ushbu tuzlar o‘rniga flokulyant deb ataladigan polimerlaming suv eritmalari qo`llansa, ushbu usul flokulyatsiya deb ataladi.

  Organik moddalar bilan ifloslangan oqava suvlarni tozalashda ko‘pincha oqava suvlarni maxsus (aktivlashgan) ko‘mirdan o‘tkazish usuli qoilanadi. U ushbu moddalarni suvdan chiqarib yutadi.

  Darhaqiqat, bunday ko‘mir dorixonalarda ham sotiladi va oshqozonimizga tushgan sifatsiz mahsulotlami chiqarib tashlaydi.

  Suvdan katta molekulali organik moddalar va mayda erimaydigan aralashmalarni chiqarib tashlash uchun flotatsiya usuli qoilanadi. Unda suv katta bosim ostida havo bilan to‘ydiriladi, keyin esa ochiq hovuzga chiqarib yuboriladi.

  Havo pufakchalari gazli suv ochilgani kabi tepaga intilib, o‘zi bilan turli aralashmalarni olib chiqib ketadi. Ular suv yuzida ko‘piklar hosil qiladi. Ko‘piklar esa keyin maxsus cho’michlar bilan yig'ibolinadi.

  Oqava suvlar tarkibida zaharli aralashmalar bo`lmagan ayrim hollarda biologik usul qoilanadi. Ushbu usulning ta’siri tabiatda boiib o‘tadigan jarayonga o'xshab ketadi.

Oqava suvni turli bakteriya, suv o‘tlari, zamburugiar va h.k.lardan iborat boigan mikroorganizmlar yordami bilan tozalanadi. Ular suvdagi organik moddalarni iste’mol qilib, kattalashib, suv ostigacho‘kib yo‘q bo`ladi.

  Biologik usul nafaqat sanoat, balki maishiy, jumladan, katta va kichik shaharlar oqava suvini tozalashda ham qoilanadi.

  Biz oqava suvlarni tozalashning asosiy usullari haqida gapirib berdik, bu kabi usullar juda ko‘p, ammo ular juda qimmatga tushadi va zavod-fabrikalarning mablagi yetmaydi.
Ammo shuni tan olish kerakki, har qanday usul ham suvning tabiiy xususiyatlarini qaytarib berolmaydi.

  Tozalangan suvda korxonalarda qoilanilgan turli aralashmalar qoldiqlari baribir saqlanib qoladi, lekin oz miqdorda boigani uchun o’ta xavfli emas.

Eng oxirida esa ishga suv havzalarning o‘zi tushib ketadi, ular bakteriya, mikroorganizm va suv o‘tlari yordamida suvdagi begona aralashmalarni chiqarib tashlaydi, chunki ular ham o‘z salomatliklari uchun qayg’uradi. Mutaxassis-ekologlar suv havzalarining bu xususiyatiga o‘zini-o‘zi tozalash usuli deb nom qo'ygan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.