Shahar oqava suvlarini tozalash
Zavod
va fabrikalarning ifloslangan oqava suvlarini tozalash jarayoni bilan tanishib
chiqqansiz. Endi Toshkent shahrining kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan oqava
suvlarning taqdiri to‘g‘risida gapirib berish vaqti keldi.
Toshkent shahrining barcha hududlaridan
yig‘iladigan oqava suvlar kanalizatsiya quvurlari orqali kanallarga tushishdan
avval, aeratsiya stansiyalari deb nomlangan maxsus korxonalarga ishlov berish
uchun yuboriladi.
Toshkentda
bunday stansiyalardan ikkita: Salor va Bo’zsuv. Salor aeratsiya stansiyasi
shaharning janubiy qismida, Salor kanali Qorasuv kanaliga tushadigan
joydajoylashgan.
Bo'zsuv
aeratsiya stansiyasi shahardan janubi-g‘arbda, Qoraqamish va Quyi Bo’zsuv
kanallari tutashgan nuqtada joylashgan.
Aeratsiya
stansiyalarida oqava suvlar mexanik va biologik usul bilan tozalanadi, so‘ngra
maxsus filtrlarda yana bir bor tozalanadi.
Mexanik
tozalovchi inshootlar mayda teshikli panjaralar, qum tutgichlar va birlamchi
tindiruvchilardan iboratdir. Panjaralar oqava suvdagi yirik narsalar: latta,
qog'oz va axlatlami olib tashlash uchun mo'ljallangan.
Panjaralar
- bu katta metal ramkalardir, ularning ichiga qator parallel metal
o’qlaro'matilgan.
Panjaradan
o‘tgan suv qum tutgichlarga tushadi va undagi og‘ir mineral aralashma (qum,
tuproq) olib tashlanadi.
Qum tutgichlardan o‘tib suv mexanik tozalashning so‘nggi
bosqichi - "birlamchi tindiruvchilarga” tushadi. Ushbu tindiruvchilar silindr
shaklidagi katta hovuzlardir, ularning markaziga oqava suv yuboriladi. Suv
markazdan hovuz devorlari tomonga harakatlanganda uning tezligi kamayadi,
natijada suvdagi erimaydigan aralashmalar cho'kadi.
Cho‘kkan
aralashmalami chiqarib tashlash uchun birlamchi tindiruvchilarda maxsus
moslamalar - "qum cho’michlar” bor. Cho‘kadigan moddalami olib tashlashdan
tashqari suv yuziga chiqadigan aralashmalami olib tashlash uchun mo`ljallangan
moslamalar ham bor. Ular "yog‘ tutgichlar” deb ataladi.
Mexanik tozalash inshootlaridan
o‘tgan oqava suv aerotenkaga tushadi.
Aerotenkalar - bu maxsus dahlizlarga bo‘lingan to‘rtburchakli hovuzlardir, ularda
oqava suv va faol qum aralashmasi bo`ladi. Faol qum oqava suvdagi zararli
moddalami yeydigan ko'plab mikroorganizmlardan iborat. Ushbu mikroorganizmlar
yashashi uchun kislorod kerak, buning uchun aerotenka tubiga havo beruvchi
aeratorlar o‘rnatilgan. Oqava suvdagi moddalar bilan oziqlangan
mikroorganizmlar o‘sadi va ko‘payadi, natijada faol qumning hajmi va vazni
oshadi. Faol qum suvdan ikkilamchi tindirgichlarda ajratiladi, unda faol qum
cho‘kadi, tozalangan suv esa tindiriladi.
Ikkilamchi
tindirgichlarda suv qolgan moddalardan tozalanadi, mikroorganizmlaming o‘sishi
va ko‘payishi natijasida tashkil topgan faol qumning ortiqcha miqdori maxsus
inshootlar - "qum zichlagich”largaquritish uchun yuboriladi.
Oqava suvning so’nggi tozalanishi
filtr va baraban to ‘rlarda amalga oshiriladi, so'ngra tozalangan suv Bo’zsuv
va Salorga oqiziladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.