Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kuni munosabati bilan murojaat 

4 194

  Dunyo xalqlari bundan chorak asrdan sal ortiqroq vaqt ilgari koinotning zararli nurlaridan Yerni himoya qiluvchi atmosferaning ozon qatlamini jadal sur’atlar bilan yemirilishini bartaraf etish uchun birlashdilar. Bugun ozon qatlami yaqin bir necha o'n yilliklarda tiklanish yo'lida.
  Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal protokoli atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha tarixdagi eng muvaffaqiyatli xalqaro kelishuvlardan biri sifatida keng e’tirof etilgan. Ushbu hujjat milliy darajada ozon yemiruvchi moddalarni ishlab chiqarish hamda iste’moli bo'yicha nazoratning huquqiy jahatdan majburiy elementlarini o'rnatib, barcha 197 a’zo Tomonlar tomonidan ratifikatsiya qilingan.
  So'nggi ilmiy ma’lumotlar Monreal protokolining muhimligini ta’kidlamoqda. Protokolsiz hamda u bilan bog'liq kelishuvlarsiz atmosferadagi ozon yemiruvchi moddalar darajasi 2050-yillarga kelib o'n barobar oshib ketishi mumkin edi. Kelishilgan harakatlar millionlab teri saratoni kasalliklarini bartaraf etdi.
  Shuningdek, Protokol iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish bo'yicha o'zining munosib xissasini qo'shdi. Negaki, ko'pgina ozon yemiruvchi moddalar kuchli bug' gazlari hisoblanadi. Iqlim o'zgarishi butun dunyo bo'ylab hamjamiyatga, iqtisodiyotga va ekotizimlarga ta’sir ko'rsatadi. Bizga, ozon qatlamini yemirish tahdidlariga qarshi kurashganimizdek, maqsadga erishish uchun ham bunday birdamlik bilan tahdidlarni yumshatish uchun harakat qilmog'imiz zarurdir.
  Kelinglar, ozon qatlamini saqlash bo'yicha barcha sa’y-harakatlarimizdan kuch, ilhom olaylik. Monreal protokoli xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan hal qiluvchi harakatlar umum manfaat uchun tub o'zgarishlarni ta’minlab berishi muikinligini ko'rsatmoqda. Kelinglar, ushbu misoldan o'rnak olaylik va iqlim o'zgarishi muammolarini hal qilish bo'yicha chetga surib bo'lmaydigan vazifaga saboq sifatida qo'llaylik.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.