16-sentyabr -Xalqaro Yerning ozon qatlamini himoya qilish kuni 

9 554

 Strotosferadagi Yerning ozon qatlamining muhofazasi muhim xalqaro tashabbuslardan biri bo‘lib, muhofazaga qaratilgan vazifalar "Ozon qatlamini muhofaza qilish” Vena konvensiyasida yoritilgan va keyinchalik 1987-yil 16-sentyabrda qabul qilingan ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli bilan amalga oshirilgan.
  Vena konvensiyasining provard maqsadi, insoniyat salomatligi va atrof muhitni ozon qatlamini yemirilish oqibatlaridan muhofaza qilishdan iboratdir.
 Monreal protkoli va uning to‘rta (London, Kopengagen, Monreal, Pekin) tuzatishlariga muvofiq, ozon yemiruvchi moddalarning barcha global chiqindilarini boshqarilishi bo‘yicha joiz bo‘lgan choralarning olib borilishi ta’minlanmoqda.
 Hozirgi vaqtda, 193 davlat Vena konvensiyasining tomonlari, 193 mamlakat protokolning tomonlari hisoblanadi, shulardan 189 tasi London, 184 tasi Kopengagen, 167 tasi Monreal va 143 tasi Pekin tuzatishlarini ratifikatsiya qilishgan.
 Xalqaro hamjamiyat 2008 yildagi tadbirni "Monreal protokoli – umum hamkorlik umummanfaat uchun” shiori ostida o‘tkazishni taklif etmoqda.
 Odat tusiga kirgan an’anaga ko‘ra, bu kunda ushbu ekologik muhim sanaga bahishlangan uchrashuvlar, seminarlar, televedeniye va radiolarda chiqishlar ko‘rinishida tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, bolalar va yoshlar agitbrigadalarining bolalarcha samimiyatga ega bo‘lgan chiqishlari tayyorlanmoqda. Ular o‘zlarining tengqurlarini Yerning ozon qatlamini muhofaza qilish qanchalik muhimligi bilan tanishtiradilar. Taalluqli tashkilotlar, vazirliklar va idoralarda esa, ushbu dolzarb mavzuga bahishlangan yihilishlar bo‘lib o‘tadi.
 Butun dunyoda shu jumladan, O‘zbekistonda ham ozon qatlamini muhofaza qilishdek murakkab va ko‘p qirrali ekologik muammolarni hal etishda nimalar qilinmoqda va  qilib bo‘lindih
 Monreal protokoli imzolangandan so‘ng, uning Tomonlari halqaro hamjamiyatdagi global ekologik muammolarni hal etilishida imkoniyatlarini namoyish etib, ko‘p narsalarga erishdilar. 2007 yil yakuniga kelib, Monreal protokolining 193 Tomonlari 95 foizdan ortiqroq ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni bekor qilib, 1987 yilda ishlab chiqariladigan ozon qatlamini buzuvchi moddalarning ishlab chiqarilish yillik xajm ko‘rsatgichi 1.8 mln. tonnaga nisbatan taxminan, yillik ishlab chiqarish darajasini 83 000 tonnagacha kamaytirilishini hamkorlikda ta’minladilar. Monreal protkoliga muvofiq, bosqichma-bosqich ozon yemiruvchi moddalardan ishlab chiqarish va foydalanishni bekor qilish Yer iqlimining ikki nuqtasidan ko‘rinishi xushmanfaatliligi aytilmoqda. Birinchidan, aksariyat ozon yemiruvchi moddalar shuningdek, kuchli buhli gazlar ham hisoblanadi, yana ulardan foydalanishni bekor qilish, buhli gaz chiqindilarini kamaytirish maqsadi ham nazarda tutilgan. Ikkinchidan, o‘tish jarayonida, ozon yemiruvchi moddalardan foydalaniladigan taalluqli uskunalarni modernizatsiyalash almashtiruv-materiallarini to‘hridan-to‘hri atrof-muhitga tashlanish darajasini kamaytirish, bexosdan tashlanishini qisqartirish va energiyaviy samaradorligini oshirish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda
  Mahalliy va halqaro darajadagi omma va ularning hamkorlari va Monreal protokoli ishtirokchilari – hukumatlarlarning xarakatlarisiz, qo‘llab-quvvatlashlarisiz hozirgi vaqtdagi qisqartirishlarga erishilmagan bo‘lardi. Ushbu ishtirokchilar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari chuqur ma’noda dunyo hamjamiyatida tijorat faoliyati tartibini tubdan o‘zgartirdi, ozon qatlamini himoya qilishda xizmat qiluvchi yangi muqobil texnologiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha izlanishlarni tezlashtirdi.
  O‘zbekiston Respublikasi Vena konvensiyasi, Monreal protokoli va uning to‘rt tuzatishlarining tomoni hisoblanadi.
  Xalqaro hamjihatlikni chuqurlashtirish doirasidagi faoliyatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha Milliy dasturning amalga oshirilishi asosida, Vena konvensiyasi va Monreal protokoli majburiyatlari bajarilishi hisoblanadi. Ushbu Dasturning strategik yo‘nalishi Monreal protokolining xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga rioya etilishini bosqichma-bosqich nazorat qilish deb tan olindi.
   Zikr etilgan Milliy dasturga muvofiq, davlat boshqaruvi choralari, shuningdek, Global ekologik fond (GEF), Birlashgan millatlar tashkilotning atrof muhit dasturi, Birlashgan millatlar tashkilotining tarraqqiyot dasturi (BMTTD) kabi xalqaro tashkilotlarning ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasi 3.4 mln. AqSH dollari atrofidagi beshta loyihani ro‘yobga chiqardi. hozirgi vaqtda, Global ekologik fond tomonidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ikkita summasi 220 ming AqSH dollaridan ortiqroq bo‘lgan yangi loyihalarni imzolash uchun joiz bo‘lgan xujjatlar tayyorlanmoqda.
  Yuqorida keltirilgan xalqaro kelishuvlardagi talablarni bajarish bo‘yicha majburiyatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasida Monreal protokolining 4V moddasiga muvofiq, ozon yemiruvchi moddalar eksporti va importiga ruxsatnomalar berish tizimi to‘liq faoliyat yuritmoqda. 3 ta hukumat qarori qabul qilindi, shu jumladan, O‘zbekiston Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Kotibyati tabrigini olgan 2005 yil 11 noyabrdagi 247 – sonli "Ozon buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi olib kirish va O‘zbesiton Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘hrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroridir.
 O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi bilan doimiy ravishda o‘zaro aloqalar amalga oshirilmoqda.
Haqiqatda, ozon yemiruvchi moddalardan foydalanish tahlili shuni ko‘rsatdiki, Milliy dastur bilan rejalashtirilgan ozon yemiruvchi moddalarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish jadvalidan o‘zish bilan umumiy ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda. hozirgi vaqtda ozon yemiruvchi moddalardan foydalanish 1986 yildagi vaqtga nisbatan 2900.0 tonnadan 2.4 tonnagacha yoki 99.85 % qisqartirilishiga erishildi.
 O‘zbekiston Respublikasi ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish natijasida,  Monreal protokoliga rioya etish holatida turibdi.
  Ko‘p yillik kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, kuzatuvlar olib boriladigan hududlarning ustidagi stratosferadagi ozonning umumiy saqlanish miqdori 303-397 Dobson birligini tashkil etmoqda. Shuningdek, kuzatuvlarning natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Toshkent shahri ustidagi ozonning antropogen siyraklashuvi kuzatilmayapti.
 Global ekologik fond tomonidan sezilarli ajratilgan mablah hisobiga, ozon yemiruvchi moddalardan foydalanish asta-sekin qisqartirilishi, ozon yemiruvchi moddalar bo‘yicha tugatilgan loyihalar, erishilgan natijalar, shuningdek, to‘liq rivojlanish salohiyatining kuchli ta’sirlari hisobga olinib, Global ekologik fond tomonidan, ushbu loyihalarni misol sifatida foydalanish uchun atrof-muhit bo‘yicha global dasturlarni yaxshilash uchun ta’sir baholarini o‘tkazish maqsadida,  O‘zbekiston Respublikasi tanlangan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.