0‘tmishsiz - kelajak yo‘q! 

9 305

  G‘orlar sirliligi va mo‘jizaga boyligi bilan qadim zamonlardanoq kishilarni o‘ziga maftun etib kelgan. Insoniyat tarixida g‘orlar muhim o‘rin tutadi, chunki insoniyat madaniyati birinchi marta g‘orlarda yuzaga kelgan desak, to‘g‘riroq bo‘ladi.
  Yer sharida g‘orlar juda keng tarqalgan: ba’zi hududlarda uzunligi bir necha o‘n va yuz kilometr, chuqurligi esa ming metrdan ziyodroq ko‘pgina g‘orlar topilgan. Ularning ichida uzun-uzun Yer osti daryolari, bularda ko‘plab sharsharalar, katta-kichikligi va chuqurligi har xil Yer osti ko‘llari, ushbu suv havzalarida umr bo‘yi yorug‘lik ko‘rmagan baliqlar uchratilgan; katta-katta zallar, kishi zo‘rg‘a o‘ta oladigan tor yo‘laklar, tosh va muzliklardan yasalgan ajoyib ko‘rinishga egabo‘lgan shakllarni kuzatishgan.
  G‘orlarning hosil bo‘lishi juda murakkab geologik jarayondir. Bu jarayonni speleologiya (lotincha-spulinsa-g‘or) fani o‘rganadi. Bu nom fanga 1890-yilda fransuz olimi E.Rivera tomonidan kiritilgan.
  0‘zbekistonda karst g‘orlari keng tarqalgan o‘lkalardan biri hisoblanadi. Bizda g‘orlarni o‘rganish, 60-yillardan boshlab avj olib ketdi. 0‘lkamizda lOOOga yaqini g‘orlar topilgan va tekshirilgan.
  G‘orlar tabiatning noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Chunki ular tabiatning tinimsiz qudratli mehnati natijasida bir necha ming, hatto mln. yillar mobaynida yaratilgan.
  G‘orlar faqat bir marta hosil bo‘lib, ularga to‘liq o‘xshagani qayta hech qachon bunyod bo‘lmaydi. Keyingi yillarda jonli tabiatni (hayvonot va o‘simlik dunyosi) muhofaza qilishga katta ahamiyat berilib, hayvon va o‘simliklarni kamayib ketayotgan turlarini saqlab qolish uchun maxsus qo‘riqxonalar, hatto «Qizil kitob»lar tashkil qilingan. Bulardan tashqari jonsiz tabiat yodgorliklarini, shu jumladan g‘orlar inson faoliyati natijasida shikastlansa yoki yo‘q bo‘lib ketsa, ularni qaytadan tiklab bo‘lmaydi. Ularning yangisi yaratilishi mumkin, lekin biri ikkinchisiga aslo o‘xshamaydi. Shuning uchun tabiat tomonidan geologik davrlar mobaynida yaratilgan jonsiz tabiat ob’ektlarini mashhur nemis olimi Aleksandr Gumbolg‘t «tabiat yodgorliklari» deb atashni taklif qilgan. Chunki ularning ahamiyati juda kattadir. Tabiat yodgorliklarini o‘rganibgina ona-Yerimizning o‘tmishi va uning taraqqiyoti haqida ilmiy ma’lumotlar olishimiz mumkin. Keyingi yillarda g‘orlarni tomosha qilish maqsadida keluvchi sayyohlarning soni oshib bormoqda. Lekin bunday sayohatlar juda tartibsiz bo‘lib, g‘orlarga katta ziyon etkazilmoqda. G‘orlar ichida bir necha ming yillar mobaynida bunyod etilgan juda ajoyib va go‘zal hosilalar sindirilib, yo‘q qilinmoqda, sayyohatdan keyin turli axlatlar qoldirilib, ifloslantirilmoqda.
  0‘lkamizdagi g‘orlarni muhofaza qilish deganda, ularni berkitib hech kimni kiritmaslikni tushunmaslik kerak. G‘orlarni muhofaza qilishning asosiy vazifasi - ular tabiat tomonidan qanday bunyod etilgan bo‘lsa, shu holda saqlash va ularni kelgusi avlodlarga qoldirishdir. Buning uchun avvalo, g‘orlarga ko‘plab kishilarni tez-tez kirib turishi shart emas. Chunki bu hoi g‘orlarning mikroiqlimiga ta’sir qiladi, chiroyli hosilalar ham o‘zgarib, chiroyini buzadi. Shuning uchun muhofazaga olingan g‘orlarni avvalo jihozlash, ya’ni ichida maxsus yo‘llar, zinapoyalar, ko‘priklar qurish, yoritish asboblari o‘rnatishdir. Shu bilan birga g‘orlarni kirish qismida ularning ahamiyati va muhofaza qilinishi haqida maxsus taxtachalarga yozib, osib qo‘yish kerak.
  G‘orlarni muhofaza qilish, ona Tabiatimizni muhofaza qilishdir. G‘orlarni muhofaza qilish o‘tmishimizni, tariximizni muhofaza qilishdir. Axir bu yurtdan, bu muqaddas tuproqdan ne-ne ulug‘ insonlar, aziz-avliyolar, daholar, qolaversa, ota-bobolarimiz o‘tishgan.
Shundayjoylarni buzishga, toptashga, o‘zgartirishga aslo haqqimiz yo‘q. Aks holda ajdodlarimiz qarg‘ishiga qolamiz!
Ota-bobolarimiz o‘tgan tuproq, aziz va muqaddasdir! 0‘tmishimizni asrasak, kelajagimiz buyuk boMadi! Har qanday haroba bir buyuk tarixdir.
Yodgorliklarni asrash insoniy burchimizdir!



Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.