Toshkentning suv ta`minoti 

5 151

 Xonadoningizdagi vodoprovod suvi qayerdan kelishini bilishni xohlaysizmi? Shahrimiz vodoprovod tarmoqlarini qaysi suv manbalari ta’minlaydi? Suv manbasidan vodoprovod jo‘mragiga yetib kelguncha u qancha yo‘l bosadi, ushbu yo‘lda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
  Toshkent shahrini suv bilan ta’minlovchi manbalar Chirchiq daryosidan suv oladigan Bo’zsuv va er osti yo’llari orqali daryo o‘zanidan suv oladigan quduqlardir.
  Bo’zsuv va er osti suvlari uyimizga murakkab muhandislik inshootlari yordamida etib keladi. Ular vodoprovod stansiyalari deyiladi. Bo’zsuv, Qibray, Qodiryo, Sirg‘ali, Bektemir, Qorasuv, Qo‘yliq va Janubiy vodoprovod stansiyalari Toshkent shahrini suv bilan ta’minlaydi. 8 ta stansiyadan faqat ikkitasi yer usti suvlaridan foydalanadi. Bular Bo’zsuv va Qodiryo vodoprovod stansiyalaridir.
 Quvurlarga yuborilishdan oldin suv vodoprovod stansiyalarida tindiriladi, turli aralashmalar, hid va bakteriyalardan tozalanadi. Stansiyalar beto ‘xtov ishlaydi.
Suvni loyqalantiruvchi va ifloslantiruvchi mayda zarrachalardan tozalash uchun koagulyant kimyo moddasi - algomin sulfatidan foydalaniladi. Koagulyantning ajoyib xususiyati bor - u mayda zarrachalarni o‘ziga tortadi. Koagulyant ta’sirida suvda yirik parchalar tashkil bo ‘lib, ular suv tubiga cho ‘kadi va suv tinib qoladi.
  Koagulyant faol ishlashi, og'ir va yirik parchalar tez paydo bo‘lishi uchun suvga koagulyant bilan birga flokulyant qo‘shiladi. Flokulyant ishtirokida koagulyantning faolligi bir necha bor oshadi, tozalangan suv hajmi ko‘payadi.
  Suv yaxshi tozalanishi uchun uni filtrdan o‘tkazishadi va zararsizlantirishadi. Filtrlar suvni koagulyatsiya boimagan mayda zarrachalardan tozalaydi.
  Vodoprovod stansiyalaridagi filtrlar beton hovuzlardan iboratdir. Ularning tubiga quvurlar - drenajlar yotqazilgan. Drenajlar ustiga balandligi 1,5-2 metrli kvarsli qum yotqizilgan. Qum zarrachalarining o‘lchami 0,5-1,2 mm. Qum ustida qalinligi 30-40 santimetrli toshko‘mir bo’laklari joylashtirilgan. Suv filtr orqali tepadan pastga o‘tadi. Filtr tagiga yetgan suv tiniq bo‘ladi.
 Tozalangan suv drenaj orqali xlorlash uchun hovuzlarga o‘tkaziladi. Suvni turli bakteriya, mikroorganizm, virus va zoolanktonlardan tozalash uchun xlor qo’shiladi.
  Xlor bilan qayta ishlangan suvni ichsa bo‘ladi. Vodoprovod stansiyalarida quvur orqali oqib ketayotgan suv tarkibida ham biroz xlor bo'lishi ta’minlanadi. Ushbu xlor quvurlardan uyimizga oqib kelayotgan suvni yo’llarda zararlanishdan saqlaydi. Krandan suv olganimizda biroz xlor hidi bo‘lsa, demak suvga to‘g‘ri ishlov berilgan bo‘ladi. Biroz xlor aralashmasi sog‘liq uchun bezarardir.
  Agarda xlor hidi bo‘lgan suvni ichishni xohlamasangiz, suvni qaynating, hidi yo‘qoladi.
  Vodoprovod stansiyalarida tozalangan suv shaharga - katta diametrli quvurlar orqali magistrallar bo‘yicha jo‘natiladi. Magistrallar shaharni o‘ragan halqali va shaharni o’rtasidan kesib o‘tib yana halqada birlashuvchi radial bo‘lishi mumkin. Barcha magistral quvurlari bir-biri bilan bog‘langan bo’ladi, bu esa zarur bo ‘lgan hollarda shahaming barcha tumanlariga suvni yetkazib berish imkonini beradi.
   Bugungi kunda Toshkent shahrining vodoprovod bilan ta`minlanganlik darajasi foizni, kanalizatsiya bilan esa 92 foizdan ortig`ini tashkil etadi.
   Eslatma:
  Biz uyda qancha ko`p suv sarflashimizni bilasizmi: yuvinish xonasida 20-60 litr, oshxonada - 8-20 litr, vannada 100-120 litr, 20-25 litr suv sarflaymiz. 
  Suvning behuda oqmasligi uchun xonadondagi barcha jumraklar sozligini doimo tekshirib turing!

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.