Hovuzlar - kecha va bugun 

3 681

 Vodoprovod paydo bo'lguncha respublikamizning daryolardan uzoqda joylashgan shahar va qishloqlarida ariqlar suv ta’minotining asosiy manbai bo`lib xizmat qilgan.
 Ammo ariqlar yilning faqat issiq kunlarida aholini suv bilan ta’minlab turgan, xolos. Qishda ular muzlab qoladi, shunda suv tanqisligi seziladi. Qish kunlaridagi suv tanqisligi oldini olish uchun odamlar sun’iy suv havzalari - hovuzlar qazib, suv yig‘ishgan.
Hovuzlar barcha mahallalarda qazilgan va aholi ulami toza tutgan. Hovuz qirg’og’i o’pirilib ketmasligi uchun atrofiga daraxt ekib, chetlariga tosh bostirib chiqilgan. Kuzda hovuzlar tozalanib, suv bilan toidirilgan.
 Vodoprovod qurilguncha Toshkentda 500 ga yaqin hovuz bo‘lgan. Ayrim mahallalaming nomi hovuzlar nomi bilan atalgan - Katta hovuz, Hovuz bog‘ va h.k. Vodoprovod paydo bo'lgandan keyin hovuz va boshqa suv yig‘uvchi inshootlarga ehtiyoj qolmadi. Ayrim mahallalarda hovuzlar hozirgi kungacha bor, ular faqat issiq kunlarda kishilaming salqinlashi uchun sun’iy havza rolini o‘ynaydi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.