Konsumentlar 

609

  0‘simliklar to‘plagan organik moddalarni iste’mol qiluvchilar, bular hayvonlar bo‘lib, ular - konsumentlar deb ataladi. Konsumentlar ekotizimda moddalar aylanishida qatnashuvchi organizmlar hisoblanadi. Konsumentlar o‘z navbatida I, II, III tartiblarda bo‘lishi mumkin.
  Birinchi tartibdagi konsumentlarga o‘txo‘r hayvonlar kiradi. Ularga quruqlikdagi keng tarqalgan, ko‘pchilik qushlar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar kiradi. Suv havzalarida molluskalar va mayda qisqichbaqasimonlar hisoblanadi.
  II  va III tartibdagi konsumentlarga etxo‘r yoki yirtqich hayvonlar kiradi. Ular o‘z o‘ljalarini ushlab olishi, ovlashi yoki boshqa yo‘llar bilan qo‘lga oladi. Ayrimlari o‘laksa bilan oziqlanishi yoki parazit hayvon bo‘lishi mumkin.
  Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo‘lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
  Inson hamisha ham hayvonlarga to‘g‘ri munosabatda bo'lavermaydi. Natijada, hozirgi kunga kelib insonning ta’sirida dunyo bo‘yicha hayvonlarning 600 ga yaqin turi, jumladan sut emizuvchilarning 120 turi, qushlarning 150 turi yo‘q qilindi. Bular insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keldi. Kishilar ovchilik qilib, shunchaki ermak uchun, yerlarni o‘zlashtirib, yerlarga turli zaharli moddalar (pestitsidlar) ishlatib va boshqa yo‘llar bilan hayvonlarni yo‘q qilishdi. Buning natijasida burchal zebrasi, sayyoh kaptar, havo rang ot, karolin to‘tiqushi va boshqa hayvonlar Yer yuzidan butunlay yo‘q bo‘ldi.
Agar bunday holning oldini olishda, hayvonot dunyosini muhofaza qilishda, ularning sonini tiklashda ishtirok etmasak, oxir-oqibat bu tabiat muvozanatini saqlab turgan ajoyib mavjudotlar yana ham kamayib biosferadagi muvozanat butunlay izdan chiqishi mumkin. Bu esa yerdagi modda almashinishning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun har bir tirik organizmga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘laylik, ularni ayab - asraylik.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash