Kimyoviy energiya inson xizmatida 

6 263

  Ba’zi bir turdagi bakteriyalar organik moddalarni sintez qilish xususiyatiga ega. Bulling uchun ular anorganik moddalardan kimyoviy reaktsiyalardan ajralib chiqqan energiyadan foydalanadi. Organik moddalarni sintez jarayonida kimyoviy reaktsiyalarning energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirilishi xemosintez deb ataladi.
 Xemosintez jarayonini 1887-yil rus mikrobiolog olimi S.N.Vinogradskiy tomonidan o‘rganilgan.
  Xemosintez qiluvchi organizmlar guruhiga azot to'plovchi bakteriyalar kiradi. Ularning ba’zi birlari NH3(ammiak) oksidlanishidagi energiyadan foydalansa, ikkinchibirgumhlari nitrit kislotaning nitratlarga aylanishidagi energiyalardan foydalanadi. Bulardan tashqari, ikki valentli temir, uch valentligacha oksidlanishi, shuningdek, oltingugurtning sulfat kislotagacha oksidlanishi energiyasidan foydalanadigan temir va oltingugurt bakteriyalari ham ma’lum. Havodagi erkin azotni o‘simliklar o‘zlashtiradigan birikmaga aylantiruvchi va azot to‘playdigan bakteriyalar tabiatda moddalar almashinishida muhim rol o‘ynaydi.
  Azotning tabiatda aylanishiga inson juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatdagi azot sanoat miqyosida o‘zlashtiraladi. Buning ustiga dukkakdoshlar oilasining vakillari tomonidan ham uning birikma holda o‘tishi hisobiga, yuqoridagi ko‘rsatkich bir oz ortiqroq bo‘ladi. Okeanlarda har yili 10 mln.t. azot nitratlar shaklida va 20 mln.t. organik moddalar bilan oqib keladi.
  Tabiatda azotning aylanishi, muvozanatda saqlab turilishi uchun sun’iy ravishda, azot birikmalari parchalanish jarayonini tezlashtirish kerak.
  Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarning hosiidorligini, hayvonlar mahsuldorligini oshirishga qaratilgan insonning faoliyatini sun’iy ravishda atmosferaga erkin azotni qaytarish masalasiga yo‘naltirilgan bo`lishi kerak.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.