Nitratlar nima uchun xavfli?
Nitratlar
(kimyoviy atamashunoslik tilida - azot kislotasi tuzlari) -
sayyoramizda bog‘langan azotning tabiiy shaklidir. Azot oqsillar, DNK,
xlorofill, dori-darmonlar va boshqa ko‘plab muhim biologik moddalar tarkibiga
kiradi. Shuning uchun dehqonchilikda yuqori hosil olish maqsadida azot
o‘g‘itlari qo‘llanadi.
Nitratlar
atrof-muhitda doimiy ravishda hosil bo’ladi. Ularni
o'simliklar o’zlashtiriladi va yig‘ib oladi, ular yer osti suvlariga tushadi va
yana o‘simliklarda paydo boiadi.
Boshqacha
aytganda, nitratlarning tabiatda aylanishi - oddiy jarayondir. Faqat
insonning noto’g’ri xo‘jalik faoliyati tufayli ushbu foydali modda haddan ziyod
ko‘payib ketadi. Ma’lumki, har qanday zararsiz birikmaning me’yordan oshib ketishi zaharga aylanadi. Nitratlar
ham shunday. Shuni aytish
joizki, nitradar muammosi yaqinda paydo bo'lgan.
Nitradarning
salbiy xususiyati mamlakatimizda kishilarga tomorqa yerlari bo’lib berilgandan
keyin ma’lum bo’ldi. Odamlar tomorqalaridan yuqori hosil olish uchun yerga
haddan ziyod kimyoviy o‘g‘it sola boshladilar. Xo‘jalik yuritishning bu yangi
usuli tufayli tarkibida nitratlar me’yoridan oshib ketgan sabzavot mahsulotlari
dasturxonimizda paydo bo‘ldi. Ayrim kishilar bir sotix yerga bir tonnadan ziyod
o‘g‘it solmoqda, bu esa bir gektar erga solingan 500 kg. azot bilan teng
degani.
Nitratlar nima
uchun sog‘liqqa xavfli?
Ko‘p
miqdordagi nitratlar jiddiy kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin. Bu
shifokorlarga avvaldan ma’lum. Nitratlar ko'proq yosh bolalarga ta’sir qiladi,
chunki ulaming oshqozonlarida kislota miqdori kamroqdir. Bunday muhitda esa
oshqozon bakteriyalari nitratni nitritga aylantiradi. Nitratlar inson
organizmida kislorod tashuvchi hisoblangan gemoglobin bilan bog‘lanib, uni
metgemoglobinga aylantiradi. Metgemoglobin esa gemoglobinga o‘xshab kislorod
tashimaydi. Natijada kislorod yetishmasligi paydo bo'ladi, undan, birinchi
navbatda, miya to’qimalari qiynaladi. Undan tashqari bolalarda metgemoglobin
qayta gemoglobinga aylanmaydi. Kattalar organizmida esa bu jarayon qaytariladi.
Chunki ularda ushbu vazifani bajaruvchi maxsus ferment bor.
Nitratlarning
yana bir yomon xususiyati bor. Ularni ko‘p vaqt davomida iste’mol qilish jigar
va oshqozonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nitritlardan, ayrim sharoitlarda,
organizmning о‘zida nitrozamin
deb ataladigan xavfli moddalar tashkil topadi. Olimlaming ta’kidlashicha, ular
oshqozon-ichak va jigarda saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin (bu
hoi hayvonlarda aniq topilgan).
Nitratlar
uy hayvonlariga ko’proq xavf soladi. Qoramol, qo‘y va otlar nitritlarga ko‘proq
sezgir bo‘lishadi, chunki ularning oshqozonlarida nitratlarni nitratlarga
aylantiruvchi bakteriyalar ko'pdir. Tovuq, g‘oz, o‘rdak va cho‘chqalarga
esadeyarli ta’sir qilmaydi.
Tarkibida
nitrat miqdori oshib ketgan o‘simliklarning tashqi ko'rinishidan aniqlash
mumkin. Odatda ulaming bo‘yi uzun, barglari yam-yashil, poyalari esa yotib
qolgan bo'ladi.
Barcha
o‘simliklar ham nitratlarni bir xilda yig‘maydi. Masalan, kartoshka, meva va
rezavor mevalarda ular juda oz miqdorda boiadi. Ammo turp, lavlagi, salat,
qizilcha, seldereylar nitratlarni yaxshi yig‘adi. Nitratlar miqdori bargdan
poyaga qarab ko‘payadi. Ukrop, petrushka, selderey barglaridagi nitrat poyasiga
nisbatan 60 foizga kamroqdir, sabzining ustki qismidagi nitratlar о‘rtasiga nisbatan 80 foizga
kamroqdir. Bodring va qizilcha po 'chog ‘ida nitratlar 70 foizga ко ‘proqdir.
Shuni yaxshi bilib olishingiz kerakki, sabzavot
muzlatgichda uzoq muddatda saqlansa nitratlar yanada zaharliroq bo iadi.
Mevalar yuvilganda nitratlar miqdori 35 foizgacha kamayadi. 40 daqiqa
qaynatilgan sabzavotda nitratlar 80 foizga kamayadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.