Zanjirband sher - yengaman der! 

8 180

  Hayvonlarning hayvonlarga ta’sirini yirtqichlik munosabatida aniq ko‘rish mumkin. Bunda bir tur ikkinchisini ta’qib etib, yeb qo‘yadi. Masalan, o‘simlik bilan oziqlanuvchi tuyoqlilarni vaxshiy hayvonlar, hasharotlarni qushlar, mayda baliqlarni yirik baliqlar yeb qo‘yadilar. Yirtqichlik umurtqasiz hayvonlar orasida ham kuzatiladi. Yirtqich hasharotlar, chuvalchanglar, molluskalar va bakteriyalar shular jumlasidandir.
  Bunday hayvonlarga ular yeb tirikchilik qiladigan organizmlarning tabiiy dushmanlari sifatida qaraladi. Bu noto‘g‘ridir.
 Tabiiy sharoitda hech bir tur boshqasining yo‘q bo‘lishiga intilmaydi. Odamlar o‘z manfaatlari yo‘lida yirtqich hayvonlarga har doim ham to‘g‘ri munosabatda bo‘lavermaydilar.
  Natijasida, juda ko‘p oqibatlarga sabab bo‘ladilar. Ko‘pchilik yirtqich hayvonlarni zararli deb, yo‘q qilishga harakat qilingan. Buning oqibatida ko‘pchilik hayvonlaming yashashi uchun juda noqulay sharoit yuzaga keldi. Ayrim hayvonlar yo‘q bo‘lib ketdi, ko‘pchilik hayvon turlarining vakillari esa muhofazaga olish maqsadida «Qizil kitob»ga kiritildi. Bolalar ham ko‘pincha yirtqich hayvonlardan qo‘rqib, ulami yo‘q qilishga harakat qiladilar. Hayvonlar hech qachon birinchi bo‘lib hujum qilmaydilar, balki o‘zlarini himoya qilish uchungina odamga tegishlari mumkin. Shuning uchun ham biz, tirik jonzotlarga qiron keltirishni emas, aksincha, ulaming sonini kamayib ketishiga yo‘l qo‘yimasligimiz va ko‘paytirish yo‘llarini qidirishimiz kerak.
 «Qizil kitob»dagi ko‘pgina yirtqich hayvonlar ham muhofazaga muhtoj. Masalan, qoplon, silovsin, sirtlon kabi hayvonlar, burgut, lochin, tuvaloq, qirg‘iy kabi qushlarni aytib o‘tish mumkin.
  Bu hayvonlarini behudaga yo‘q qilishga harakat qilish, ularning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lish demakdir. Shuning uchun ham mamlakatimizda bunday hayvonlaming ahvolini yaxshilash, sonini tiklash uchun ko‘pchina ishlar qilinmoqda. Masalan, tuvaloqlarning sonini tiklash uchun «Jayron» nomli ekomarkaz ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.