Yuklanmoqda...

Bilib qo`ygan yaxshi! 

1697

1.Kilimanjaro (o`chgan vulqon) Afrikaning eng baland cho`qqisi hisoblanadi. Uning balandligi 5895 metrga teng. "Kilimanjaro” so`zi suaxil tilidan tarjima qilinganda "Qorlari porlagan” ma`nosini bildiradi.

2.Afrikaning jaziramasida fillarning shalpang quloqlari maxsus sovutgich vazifasini o`taydi. Quloqlarini qimirlatar ekan, fil tanasidagi ortiqcha issiqni quloqlari ichidagi ko`plab qontomirlari orqali havoga chiqarib turadi.

3.Tuyoqli sut emuzuvchilarning o`ziga xos qattiq "boshmoqlari”, ya`ni tuyoqlari bo`lib, ular oyoqlarining himoya vositasi sifatida xizmat qiladi. Tuyoq qattiq modda – keratindan tashkil topganligi jonivor tuyoqlarini yeyishidan muhofaza qiladi.

4. Tabiatda 3000 dan ortiq turdagi ilonlar mavjud bo`lib, ular 13 ta biologik oilaga mansub. Bular: yolg`onoyoqlilar, suvilonlar, dengiz ilonlari, aspidlar, qora ilonlar, shaqildoq ilonlar va boshqalar. Ilon turning qariyb yarmini suvilonlar tashkil qiladi.
 Ilonlar Antarktidadan boshqa yer yuzining barcha materiklarida uchraydi. Ularning aksariyati tropik hududlarda – Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyada yashaydi. Xususan, mamlakatimizning Qarshi dashti va Mirzacho`lda ko`zoynakli ilon – kobra, o`qilon, qum bo`g`ma iloni ancha keng tarqalgan.
 Zaharli ilonlar (mamba, efa, gyurza, kobra va boshqalar) odan va uy hayvonlari uchun xavfli hisoblanadi. Ularning zaharidan tibbiyotda keng foydalaniladi.
 Ilonlarning ayrim turlari bolalarini tirik holda dunyoga keltirsada, ularning aksariyati tuxum qo`yish yo`li bilan ko`payadi. Ular bir martada 2-5 tadan to bir necha o`nlab tuxum qo`yadi. Ilon bolalarining soni 10 tadan oshmaydi. Tuxum inkubatsiyasi 2-3 haftadan 2-2,5 oyhacha davom etadi. Bolasini tirik tug`adigan ilonlarda homiladorlik 2,5-4 oygacha cho`ziladi.
 Ilonlar 20 yildan 40 yilgacha umr ko`radi. Barcha ilonlar yirtqich hisoblanib, ular kaltakesaklar, qurbaqalar, qushlar, ularning tuxumlari, baliqlar, hashoratlar va boshqa umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi. Ilon o`ljasini tiriklayin yoki o`ldirib yoki bo`lmasa zahari bilan o`ldirgach yutadi.

5. Qog`oz miloddan avvalgi 105-yilda Say Lun tomonidan Xitoyda tayyorlangan. Ilk qog`oz lattalar, yog`och va smola aralashmasidan tayyorlangan.

6. Elektr lampochkasi - kashfiyot samarasidir: tok o`tadigan sim oq bo`lguncha qizib yorug`lik taratadi. Yoritgichning bunday turi 1872-yilda ixtiro qilingan.

7. Soyabon bundan 2000 yil oldin ixtiro qilingan.

8. 1814-yil Djorj Stefenson bug` dvigateli lokomotiv qurgan. Bu 47 km/soat tezlikda otdan tezroq yuradigan ilk transport vositasi edi.

9. 1895-yilda rossiyalik olim Aleksandr Stapanovich Popov radiopriyomnikni ixtiro qilgan.

10. Qaychilar 3000 yil oldin deyarli bir vaqtning o`zida bir nechta mamlakatlarda ixtiro qilingan. Ularning ilk ko`rinishi juda qo`pol bo`lgan. Hozirgi qaychilarda o`q va richag prinsipi qulayroq bo`lishiga sabab bo`lgan.

11. Shprislar qadimgi Hindiston, Xitoy va Shimoliy Afrikada paydo bo`lgan. Hozirda shpris shishali yoki plastik silindr bo`lib, porshan yordamida ingichka igna orqali undan suyuqlik siqib chiqariladi. Bunday shprisni birinchi marta 1850-yilda fransuz Shari Gariel Travaz qo`llagan. 

12. Shaxmat tartibida joylashgan metall tishchalardan iborat molniya (kiyim uchun zamok)ni 1851-yilda amerikalik muhandis Utkom Djadson o`ylab topgan.

13. XVIII asrdan XX asr boshigacha og`ir cho`yan dazmollar qo`llanilgan. Ularni juft holda ishlatishgan: bittasi ishlatilayotganda ikkinchisi yonib turgan ko`mirda qizdirilgan.

14. Zamonaviy gugurtni 1827-yili angliyalik kimyogar Djon Uoker ixtiro qilgan. Ular mayda tarashachalar ko`rinishida bo`lib, bir tomondan kimyoviy aralashma bilan qoplangan. U najdak qog`ozga ishqalanganda alangalangan.

15. 1890-yilda fransiyalik aka-uka Ogyust va Luk Lyumerlar kinokamera va proyeksion apparatni birlashtirib ilk ommaviy tomoshani namoyish etganlar va kinemotografiyaga asos solgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash