Dunyoda nechta til bor? 

27 547

 Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi. Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada o‘sha tilni ro‘yxatga kiritmay qo‘yish hollari uchrab turadi. 
 Kurrai zaminimizda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir. 
 Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O’sha 40 tilning orasida o‘zbek tili ham bor. 
 Shuningdek, Himolayda 160 xil til bor. Afrikaning Niger daryosi havzasida 280ta til mavjud bo‘lsa, Yangi Gvineyadagi Papua davlati bu borada mutloq chempion. U yerda jami 3 million aholi 1010 xildagi til va shevada so‘zlashadi. 
 Xitoyda ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni Amerika Qo‘shma Shtatlaridagidan ko‘proq. 
Endi e’tiboringizga yuqoridagi ma’lumotlar bilan qiyoslash uchun quyidagi raqamlarni taqdim etamiz. Jahonning 2007-yil yanvar oyi statistika xabarlariga ko‘ra, dunyoda hududi bo‘yicha eng katta sanalgan o‘nta eng katta davlat quyidagilar hisoblanadi: 
1. Rossiya - 17.098.242 km.kv. 
2. Kanada - 9.970.610 km.kv. 
3. AQSh - 9.629.091 km.kv. 
4. Xitoy - 9.598.086 km.kv. 
5. Braziliya - 8.514.877 km.kv. 
6. Avstraliya - 7.741.220 km.kv. 
7. Hindiston - 3.166.414 km.kv. 
8. Argentina - 2.780.400 km.kv. 
9. Qozog‘iston - 2.724.900 km.kv. 
10. Sudan - 2.505.813 km.kv. 
  Ilmiy taxminlarga qaraganda, 2057 yilga borganda Xitoy Xalq Respublikasining aholisi dunyo ahlining yarmini tashkil qilar emish. 
Eng boy tillar 
 Dunyodagi so‘z jihatdan eng badavlat tillar bular arab va ingliz tillari bo‘lib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million)dan oshiq so‘z bo‘lsa (qarang: Paxotin A.I. «112 otvetov na vashi voprosi ob angliyskom yazike». Moskva. 2005.), arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lug‘at boyligi bor (Bu ma’lumotni menga ustozim marhum Muzaffar Xo‘jaev bergan). O’zbek tilida taxminan 1400000-1600000 atrofida so‘z bor ekan (bu raqam yuqoridagi ma’lumotlar va shaxsiy tajribamga suyangan holda berilmoqda). Biz yuqorida keltirgan hozirgi ma’lumotlar, albatta, ko‘proq ijtimoiy sohalar bo‘yicha nisbatan olingan xolos. 
 A.I.Paxotinning so‘zlariga qaraganda, kimyo faniga oid atamalarning o‘zi 2000000 (ikki million)dan ziyodroq ekan. Endi o‘ylab ko‘ring, biologiya yoki matematikada yoxud fizikada qancha ilmiy atamalar bor ekan- a!? 
  Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda «sinonim» - «ma’nodosh» so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng boy til hisoblanadi. Shuningdek, qaysi tilda «omonim» - «shakldosh» so‘zlar ko‘p uchrasa, demak o‘sha til eng kambag‘al tillar sirasiga mansub deya yuritiladi. Masalan, shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida «qor» so‘zining yigirma xil sinonimi mavjud bo‘lsa, arab tilida «cho‘l» so‘zining yuzdan ortiq varianti bor. Sinonim so‘zlar aslida arab tilida eng ko‘p uchraydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1