Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza asoslari 

11 663

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida  jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus  kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar- ni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha taklifl ar o‘rtaga qo‘yildi.  Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga  bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan  fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlanti- radigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.
 
Monitoring  –  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  atrof-muhitni  muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini  kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
 
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli  boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir.
 
Monitoring  asosida  atmosfera  havosi,  suv havzalari,  yerosti  suvlari,  tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifl  oslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning  ma’lum ekologik sharoitda yashashining  buzilishiga qaratiladi.  Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
 
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
 
Bioekologik monitoring bosqichida atrof-muhitning iflslanishi uning  inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur bosqichda odamlarning kasallanishi, o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit  o‘zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish  shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi.
 
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan chiqindi  va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil qiladi.
 
Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen  geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur  bosqich uchun tabiatni ifl oslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori  va geotizimlarning  o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi  ma’lumotlar  muhim hisoblanadi. Kuzatishlar  geografl  k statsionarlarda,  maxsus zona  yoki poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq,  o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuzatish tashkil etiladi. Bu borada  geotizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim.
 
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo  miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor  beri ladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga  qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari kiradi.
 
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon  qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
 
O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa  sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivoj- lanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy  va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini  muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati yuzaga keldi.
 
Atrof-muhit  monitoringi mamlakatimizdagi  bir qancha  muassasa  va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya  Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy  geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori,  kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan,  atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatilib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi  va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
 
Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat  ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
 
Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan  e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari  mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb  ataladi. 
 
Ekspertiza  deb,  yirik  muhandislik  inshootlarini qurish  loyihalarining  mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza  o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv  xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga  ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geograf k va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.
 
Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.
 
Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baho lashga  aytiladi.
 
Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va  bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geograf k-ekologik ekspertiza deb  ataladi. Geograf k-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida muhandislik  inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi.
 
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik  ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik  ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha  ekspertiza Ekologiya  va  atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu  tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud.
 
O‘zbekistonda geografik-ekologik  ekspertiza o‘tkazish. O‘zbekistonda o‘tgan  asrning 90-yillaridan  boshlab  yirik inshoot  va  obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Hozirgi  paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos  holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat  berilmoqda. Mamlakatimizda  qurilayotgan yirik  va  o‘rtacha  korxonalar  ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga  ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda  bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi  yengil avtomobil  zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar  ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.