Geosiyosatda kontinental yo`nalish 

5 364

 Geosioyatdagi kontinental yo‘nalish Angliya-Amerika yo‘nalishidan farq qilib, mintaqaviy xususiyatga ega.
 Fransiyalik olim J.Gottman kommunikatsion nazariya asoschisi hisoblanadi. Uning fikricha, faqat kommunikatsiyalar jarayonidagina makonning tabaqalanishi yuz beradi. Ushbu tabaqalanishning markazlari bo‘lib shaharlar, davlatlar, madaniyatlar (sivilizatsiyalar) xizmat qiladi. Ammo mazkur jarayon bir yo‘nalishda sodir bo‘lmaydi, monarxiyalardan so‘ng mintaqaviy bo‘linish, undan keyin yangi shakldagi birlashmalar vujudga kelishi mumkin. Birlashish, parchalanish geosiyosiy makonning rivojlanishini aks ettiradi. 
 Yevrosiyoda katta muqobil makonlaming mavjudligi bu yerda siyosiy mustaqil, etnomadaniy o‘zlikni anglash, g‘oyaviy va dunyoviy qarashlarni aniqlashda erkinlikni saqlab qolishga imkon beradi.
  Aynan mana shu jihatlar Rossiyani Germaniyadan, o‘z nav­batida AQSH yoki Angliyadan ajratib turadi.
  Kontinental yo‘nalishning «kontinental blok» nazariyasi asoschisi Karl Xausxofer hisoblanadi.
  K.Xausxofer davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning o‘z hayotiy makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblana­di, deb ta’kidlagan. Bunga u qo‘shni, asosan, kichik davlatlarni bosib olib, o‘ziga qo‘shish hisobiga erishishi mumkinligini asoslab bergan.
  Xausxofer Germaniya qo‘shni davlatlar ustidan hukmdor bo‘lishi kerak deb hisoblagan. Uning kontinental bloki yoki geosiyosiy o‘qi Berlin-Moskva-Tokio yo‘nalishiga ega edi. U Rossiya va Yaponiya bilan tuzilgan ittifoq dengiz davlatlari strategiyasini tutib turuvchi kuch deb hisoblardi. Mana shu maqsadga erishish yo‘lida Xausxofer va uning safdoshlari «katta makon» konsepsiyasini ishlab chiqdilar.
  Xausxofer AQSHning G‘arb-Sharq yo‘nalishidagi geosiyosiy muammolarini ochib berdi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.