Geosiyosatda kontinental yo`nalish
Geosioyatdagi kontinental yo‘nalish Angliya-Amerika
yo‘nalishidan farq qilib, mintaqaviy xususiyatga ega.
Fransiyalik olim
J.Gottman kommunikatsion nazariya asoschisi hisoblanadi. Uning
fikricha, faqat kommunikatsiyalar jarayonidagina makonning tabaqalanishi yuz
beradi. Ushbu tabaqalanishning markazlari bo‘lib shaharlar, davlatlar,
madaniyatlar (sivilizatsiyalar) xizmat qiladi. Ammo mazkur jarayon bir
yo‘nalishda sodir bo‘lmaydi, monarxiyalardan so‘ng mintaqaviy bo‘linish, undan
keyin yangi shakldagi birlashmalar vujudga kelishi mumkin. Birlashish, parchalanish
geosiyosiy makonning rivojlanishini aks ettiradi.
Yevrosiyoda katta muqobil makonlaming mavjudligi bu
yerda siyosiy mustaqil, etnomadaniy o‘zlikni anglash, g‘oyaviy va dunyoviy
qarashlarni aniqlashda erkinlikni saqlab qolishga imkon beradi.
Aynan mana shu jihatlar Rossiyani Germaniyadan, o‘z
navbatida AQSH yoki Angliyadan ajratib turadi.
Kontinental yo‘nalishning «kontinental blok»
nazariyasi asoschisi Karl Xausxofer hisoblanadi.
K.Xausxofer davlatning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi uning o‘z hayotiy makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblanadi,
deb ta’kidlagan. Bunga u qo‘shni, asosan, kichik davlatlarni bosib olib, o‘ziga
qo‘shish hisobiga erishishi mumkinligini asoslab bergan.
Xausxofer Germaniya qo‘shni davlatlar ustidan hukmdor
bo‘lishi kerak deb hisoblagan. Uning kontinental bloki yoki geosiyosiy o‘qi Berlin-Moskva-Tokio
yo‘nalishiga ega edi. U Rossiya va Yaponiya bilan tuzilgan ittifoq dengiz
davlatlari strategiyasini tutib turuvchi kuch deb hisoblardi. Mana shu maqsadga
erishish yo‘lida Xausxofer va uning safdoshlari «katta makon» konsepsiyasini
ishlab chiqdilar.
Xausxofer AQSHning G‘arb-Sharq yo‘nalishidagi geosiyosiy
muammolarini ochib berdi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.