Yer Sayyorasining tuzilishi qanday? 

6 614

Yer – Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida, tartib bo‘yicha uchinchi, o‘lchamlariga ko‘ra beshinchi o‘rinda turuvchi sayyoradir. Shuningdek, ona sayyoramiz, insoniyatga ma’lum bo‘lgan sayyoralar ichida, tiriklik mavjud bo‘lgan yagona sayyora. Ilmiy farazlarga ko‘ra, Yer, Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar singari, Quyosh gaz-chang tumanligidan, bundan taxminan 4.5 milliard yil avval paydo bo‘lgan.

Yer sayyorasi shakliga ko‘ra, yassi ellipsoidga o‘xshash bo‘lib, «Geoid» deb ataladi. Geoid va unga o‘xshash (approksimatsion) ellipsoid orasidagi farq 100 metr atrofida. Sayyoramizning o‘rtacha diametri 12742 kilometr. Aylanasi esa ≈40000 kilometr. Yerning ekvatori, o‘ziga xos do‘nglikni hosil qilgan. Uning ekvatorial diametri, qutblar orasidagi diametridan 42.6 kilometr uzunroq. Yer sirtidagi eng baland nuqta, Everest cho‘qqisi (Jomolungma) bo‘lib, u dengiz sathidan 8848 kilometr balandlikda joylashgan. Eng chuqur botiqligi esa, Marianna botig‘i bo‘lib, u dengiz sathidan 994 metr pastda joylashgan. Ekvator do‘ngligi hisobiga, Yer markazidan eng uzoq joylashgan nuqta Everest cho‘qqisi emas, balki, ekvatorga yaqinroq joylashgan boshqa cho‘qqilar – Ekvadordagi Chimboraso vulqoni cho‘qqisi hamda, Perudagi Uaskaran tog‘i tepasi hisoblanadi.

Yer sirtining 70.8% qismini dunyo okeani egallagan. Qolgan qismi esa, materiklar va orollardan iborat quruqliklar tashkil qiladi. Quruqliklarda joylashgan ko‘llar, muzliklar, daryolar va yer osti suvlari, dunyo okeani bilan birgalikda gidrosferani tashkil qiladi. Yerdagi kabi tirik organizmlar uchun hayot sharoitiga muvofiq keluvchi suv, Yerdan boshqa sayyoralarda aniqlanmagan. Yerning qutblari qalin muz qatlamlari bilan qoplangan bo‘lib, u Arktika va Antarktika muz qalqonlarini, hamda, dengiz muzliklarini tashkil qiladi.
 
Yerning ichki qatlamlari ancha faol bo‘lib, u kimyoviy va fizik xossalariga ko‘ra, bir necha qatlamlarga bo‘linadi. Yer markazida ichki yadro va uni o‘rab turgan tashqi yadro mavjud. Yadroni o‘rab turgan qattiq qatlam Litosfera deb ataladi. Shuningdek, litosfera ostida Atenosfera qatlami mavjud bo‘lib, u, litosferaning o‘zidan yuqoridagi qatlamlarining harakatlanishi uchun omil bo‘ladi.

Yer sayyorasi, atrofini o‘rab turuvchi qalin gaz qobig‘i – atmosferaga ega. Yer atmosferasi bir necha qatlamlardan iborat. Atmosferaning yerdagi hayot va iqlimning barqarorligidagi o‘rni g‘oyat kattadir. Shuningdek, Yer sayyorasining gidrosfera, atmosfera, litosferasining tirik organizmlar yashaydigan barcha qismlari birgalikda – biosferani tashkil qiladi.

Yer yagona tabiiy yo‘ldosh – Oyga ega.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.